23-modda. Pochta aloqasi operatorlarining nomli buyumlari
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (O‘RQ-777-son) · Sana: 09.06.2022 · Amalda
Pochta aloqasi operatorlarining nomli buyumi ilova qilinadigan hujjatlarga, pochta va kuryerlik joʻnatmalariga pochta aloqasi obyektining nomi, pochta, kuryerlik joʻnatmasi qabul qilingan hamda kelib tushgan sana va boshqa axborot koʻrsatilgan izlarni tushirish uchun moslamadan (shtampdan) iboratdir.
Pochta aloqasi operatorlari pochta aloqasi obyektlarini ilova qilinadigan hujjatlarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini rasmiylashtirish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan nomli buyumlar bilan taʼminlaydi.
Pochta aloqasi operatorlari tomonidan nomli buyumlardan foydalanish tartibi Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalari bilan belgilanadi.
