2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (310-son)
07.06.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda yoshlar bilan “mahallabay” ishlash, ular oʻrtasida olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni 10-bandiga muvofiq:
yoshlar tomonidan koʻtarilgan taklif va tashabbuslar, muammo hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni arafasida Hukumatning dasturi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining alohida hududiy dasturlarini qabul qilish;
mazkur dasturlar yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlardan iborat boʻlishi;
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yildan boshlab har yili 1-iyunga qadar Hukumat dasturi loyihasini hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, jumladan, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
“Yoshlarning boʻsh vaqti — yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida besh bosqichli “mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika” besh tashabbus olimpiadasini oʻtkazish, shuningdek, yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish, bunda uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida koʻchama-koʻcha tadbir va loyihalar, tanlovlar, musobaqalar hamda toʻgaraklarni tizimli ravishda tashkil etish;
yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish;
yoshlar infratuzilmalarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, yoshlar siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilash.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar uchun masʼul etib belgilangan vazirlik va idoralar rahbarlari ularning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har oy yakunida Yoshlar ishlari agentligiga tegishli maʼlumotlarning taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish masʼul ijrochilarning oʻz mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Vazirlik va idoralar Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil 20-iyunga qadar Dasturda nazarda tutilgan tadbirlardan kelib chiqqan holda, 2022-2023-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha oʻz idoraviy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari 2022-yil 20-iyunga qadar Dasturda nazarda tutilgan tadbirlardan kelib chiqqan holda, hududiy yoshlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Yoshlar ishlari agentligi Dastur, idoraviy chora-tadbirlar dasturlari hamda hududiy yoshlar dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilgan holda, uning natijalari yuzasidan har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Dasturda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni, uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
310-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 310-son qaroriga ILOVA
2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish
DASTURI
T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash 1. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning (keyingi oʻrinlarda — yoshlar) ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammolarini hal etish hamda ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish. 1. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji boʻlgan ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash. 2022-yil iyun-avgust “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank va tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari 2. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish. 3. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va nazorat qilish. 2023-yil alohida reja asosida 2. “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashishga qaratilgan monitoring ishlarini tashkil etish. 1. “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar bilan ishlash va monitoring olib borishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2022-yil iyun-iyul - Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 3. “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar bilan tizimli ishlashni yoʻlga qoʻyish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 3. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlarida bepul dam olishlarini tashkil etish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Oromgohlarni tayyorlash va jalb etiladigan voyaga yetmaganlar roʻyxatini tuzish. 2022-yil iyun Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 3. Oromgohlarda bolalarning dam olishini sifatli tashkil qilish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 4. Mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlarni turar joy bilan taʼminlash. 1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Uy-joy bilan taʼminlanmagan mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil iyun Mahalliy budjet mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi 3. Mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlarni uy-joy bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 2022-2023-yillar davomida 5. Oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga toʻlov-kontrakt mablagʻlarining 50 foizgacha boʻlgan (bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha) miqdorini toʻlab berishga qaratilgan “Talabaga madad” loyihasini amalga oshirish. 1. Oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, mehribonlik uyida tarbiyalangan talabalar roʻyxatini shakllantirish. 2. Talabalarga toʻlov-kontrakt mablagʻlarining 50 foizgacha boʻlgan (bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha) miqdorini toʻlab berish. 2022-2023 oʻquv yili davomida Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 6. Mehribonlik uyi, “SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari” va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari uchun “Iqtidor” kasb-hunar oromgohini tashkil qilish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Oromgohni tayyorlash va jalb etiladigan voyaga yetmaganlar roʻyxatini tuzish. 2022-yil iyun-iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi 3. Kasb-hunar oromgohini Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da tashkil qilish. 2022-2023 oʻquv yili davomida 7. Muammoli va ajralish holatiga kelib qolgan yosh oilalar uchun mahallalarda haftada bir marotaba psixolog qabullarini tashkil etish. 1. Ishchi guruh tuzish. 2. Muammoli va ajralish holatiga kelib qolgan yosh oilalar roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 3. Malakali psixologlarni jalb qilgan holda, mahallalarda qabullarni tashkil etish. 2022-2023-yillar davomida 8. Ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan yoshlarning Oʻzbekistonning diqqatga sazovor qadamjolariga sayohatini uyushtirish. Shuningdek, har oyda kamida bir marotaba teatr va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarga tashriflarini tashkil etish. 1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mablagʻlari Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Reja asosida ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan yoshlarning diqqatga sazovor qadamjolar, teatr va boshqa madaniy muassasalarga tashriflarini tashkil etish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 9. Mahallalardagi ishsiz yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish. 1. Zamonaviy kasb-hunar oʻrganishga qiziqishi boʻlgan ishsiz yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlar bilan ishsiz yoshlarni muntazam tanishtirib borish. 2022-yil iyul Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi, sektor rahbarlari 3. Yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 10. “Mahallabay” oʻrganishlar natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularga kredit ajratilishida koʻmaklashish. 1. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish. 2022-yil iyun-avgust Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank va tijorat banklari mablagʻlari Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, sektor rahbarlari, Markaziy bank va tijorat banklari 2. Tadbirkorlikka oʻqigan yoshlarga kredit ajratilishida koʻmaklashish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 11. Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida taniqli tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” va “Agro marafon” motivatsion treninglar tashkil etish hamda yirik tadbirkorlik subyektlariga “Biznes sayohatlar” uyushtirish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun-avgust “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2. Yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar roʻyxatini shakllan-tirish. 3. Hududlarda treninglar tashkil qilish va tadbirkorlik subyektlariga sayohatlar uyushtirish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 12. Ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida hududlarda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etish. 1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Yarmarkalar ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish. 3. Yarmarkalarni barcha tuman (shahar)larda tashkil etish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 13. Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim bilan qamrab olinmagan bitiruvchilarni kasb-hunarga oʻqitish va boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish. 1. Taʼlim bilan qamrab olinmagan ishsiz yoshlar roʻyxatini tuzish. 2022-yil avgust Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, sektor rahbarlari 2. Bitiruvchilarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 3. Bitiruvchilarning munosib ish topishlariga koʻmaklashish. doimiy II. “Yoshlarning boʻsh vaqti — yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish 14. Yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida besh tashabbus olimpiadalarining “mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika” bosqichlarini tashkil etish. 1. Ishchi guruhini shakllantirish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy budjet mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Olimpiadalarning mahalliy bosqichlarini oʻtkazish. 3. Olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarini oʻtkazish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 15. 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan respublikaning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallarini oʻtkazish. 1. Ishchi guruh tuzish va loyiha konsepsiyasini tasdiqlash. 2. Yoshlar festivali dasturi va ishtirokchilar roʻyxatini shakllan-tirish. 3. Yoshlar festivallarini yuqori saviyada tashkil etish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy budjet mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 16. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining navbatdagi Qurultoyiga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish. 1. Tashkiliy guruh tuzish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Qurultoy delegatlari roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil avgust Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish. sentyabr-oktyabr 17. Turli sohalarda yuksak natijalarga erishgan yoshlar vakillar�ni “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni va “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlash. 1. Tanlov komissiyalarini tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Mukofotga nomzodlar roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 3. Nomzodlarni oʻrganish va taqdirlanuvchilar roʻyxatini tasdiqlash. 4. Tantanali taqdirlash marosimlarini oʻtkazish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 18. Mahallalardagi yoshlar yetakchilari oʻrtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovini tashkil oʻtkazish. 1. Tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Tanlovni OAV orqali targʻib qilish, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi 3. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlarini oʻtkazish. 4. Tanlovning hududiy va respublika bosqichlarini oʻtkazish. 2022-2023-yillarda reja asosida 19. Yoshlar orasida xorijiy tillarni ommalashtirish maqsadida hududlarda xorijiy tillar bilimdoni marafonini oʻtkazish hamda mavsumiy “Ibrat tillar oromgohi”ni tashkil etish. Shuningdek, “Ibrat media markazi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 1. Tashkiliy guruh tuzish, chora-tadbirlar rejasi va konsepsiyasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. “Ibrat tillar oromgohi”ga va xorijiy tillar bilimdoni marafoniga respublikaning barcha hududlaridan yoshlarni jalb qilish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 20. Shaxmatni yoshlar oʻrtasida ommaviylashtirish, professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeysterlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda trenerlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni belgilash. 1. Ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shaxmatni ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi va konsepsiyasini tasdiqlash. 2. Amalga oshirilgan ishlarni OAV orqali targʻib qilish. 2022-yil iyun-avgust Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarm�si mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, 3. Yoshlar orasida shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan musobaqalarni tizimli ravishda oʻtkazib borish. 2022-2023-yillarda alohida reja asosida 21. 7 dan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning madaniyat va sanʼat sohasidagi iqtidorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular oʻrtasida “Kamalak yulduzlari” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish, tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil avgust Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Tanlovni OAV orqali targʻib qilish, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini oʻtkazish. 4. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish. oktyabr-noyabr 22. Yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Ilm innovatsiya va taraqqiyot” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish, tanlov nizomi, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirlik va idoralar 2. Tanlovni OAV orqali targʻib qilish, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. �Ilm innovatsiya va taraqqiyot” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish. iyul — dekabr 23. Oʻquvchi va talaba yoshlarning mantiqiy fikrlash, tanqidiy tahlil va mohirona munozara olib borish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Munozara” toʻgaraklarini tashkil etish va respublika turnirini oʻtkazish. 1. “Munozara” toʻgaragining nizomi, uslubiy hujjatlarini tasdiqlash, malakali trenerlarni tayyorlash. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2. Toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularga yoshlarni jalb qilish. 3. Toʻgarak aʼzolaridan tashkil topgan hududiy jamoalar oʻrtasida respublika turnirini oʻtkazish. iyul — noyabr 24. Intellektual musobaqalar gʻoliblari va iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual maktab” mavsumiy oromgoh loyihasini amalga oshirish. 1. Ishchi guruh tuzish, intellektual musobaqalar gʻoliblari va faol ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2. Musobaqalar gʻoliblari va faol ishtirokchilar uchun Toshkent viloyatining, Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da trening oʻtkazish. 2022-2023-yillarda reja asosida 25. Yoshlar oʻrtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʻib etish, ularning kitobga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va ragʻbatlantirish maqsadida “Yosh kitobxon” respublika tanlovini oʻtkazish. 1. Ishchi guruh tuzish, tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi 2. Tanlovni OAV orqali targʻib qilish va ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. Tanlovning saralash bosqichlarini oʻtkazish. 4. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish. 2022-2023-yillarda reja asosida 26. Oʻquvchi yoshlarni Vatanga sadoqat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Vatan taqdiri mening qoʻlimda” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Tanlovning saralash bosqichlarini oʻtkazish. 2022-yil sentyabr-oktyabr Xalq taʼlimi vazirligi mablagʻlari Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 3. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. noyabr 27. Yoshlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinlari tanlovini oʻtkazish. 1. Ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Zakovat” NNT 2. Tanlovning saralash bosqichlarini oʻtkazish. 3. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish. 2022-2023-yillarda reja asosida 28. Milliy kino sanʼati ahamiyatini oshirishga qaratilgan “Kino va yoshlar” forumi hamda yosh kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar respublika tanlovini tashkil etish. 1. Ishchi guruh tuzish, tanlov nizomi, dasturi va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi, Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hamda homiylik mablagʻlari Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi 2. Tanlovni OAV orqali targʻib qilish, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. iyun-iyul 3. Forum va tanlovni Toshkent shahrida oʻtkazish. oktyabr 29. Yoshlarning axborot texnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish hamda “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini oʻtkazish. 1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi 2. Tadbirlarni OAV orqali targʻib qilish, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish. 2022-2023-yillar davomida 4. Tanlovni Toshkent shahrida oʻtkazish. 2022-yil noyabr 30. Ilmda va jamoat ishlarida katta yutuqlarga erishgan talabalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Yil talabasi” tanlovini tashkil etish. 1. Ishchi guruh shakllantirish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. 2022-yil avgust Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar 2. Tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish. sentyabr 3. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish. 2023-yil yanvar 31. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini oʻtkazish. 1. Ishchi guruh tuzish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. 2022-yil sentyabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar 2. Tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish. oktyabr-noyabr 3. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish. 2023-yil yanvar 32. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jismoniy kamol toptirishga qaratilgan “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Temurbeklar” harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish. 1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarorlari va tadbirlar rejalarini tasdiqlash. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi 2. Musobaqalarning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini oʻtkazish. oktyabr 3. Musobaqalarning respublika bosqichini oʻtkazish. noyabr 33. Yoshlarning ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularda tabiatni asrashga daxldorlik hissini shakllantirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish. 1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Loyiha boʻyicha targʻibot tadbirlari va aksiyalar tashkil etish. 3. Hududlarda mevali va manzarali koʻchatlar ekish. 2022-yil sentyabr — dekabr Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 34. Yoshlar oʻrtasida istirohat bogʻlari, dam olish maskanlari, suv havzalari va boshqa jamoat joylarini ozoda saqlashga qaratilgan ekologik loyihani amalga oshirish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish, loyiha konsepsiyasi, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston ekologik harakati, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Tuman va shaharlarda yoshlardan iborat tashabbuskor guruhlarni shakllantirish hamda joylarda ekologik tadbirlarni amalga oshirish. 2022-2023-yillar davomida III. Yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish 35. Mahallalarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularda fidoiylik va masʼuliyat tuygʻularini shakllantirish maqsadida mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovini tashkil etish. 1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Tanlov oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. 2022-yil iyul-avgust Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 3. Tanlov toʻgʻrisida OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. sentyabr-noyabr 4. Tanlov bosqichlarini har tomonlama sifatli qilib oʻtkazilishini taʼminlash. dekabr 36. Oʻzbek�ston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlab, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” targʻibot loyihasini amalga oshirish. Loyiha doirasida “Yoshlar va qonun”, “Yosh huquqshunos” tanlovlarini oʻtkazish. 1. Targʻibot materiallarini (maʼruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, koʻrgazmali targʻibot vositalari) tayyorlash. 2022-yil sentyabr Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Targʻibot guruhlarini shakllantirish, ular uchun oʻquv-seminar tashkil qilish, targʻibot materiallari bilan taʼminlash. 3. Targʻibot ishlarini reja asosida barcha taʼlim muassasalari, mehnat jamoalar� va mahallalarda tashkil etish. oktyabr-noyabr 4. “Yoshlar va qonun”, “Yosh huquqshunos” tanlovlarini oʻtkazish. dekabr 37. Yoshlarda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan video va maxsus targʻibot materiallarini yaratish. 1. Ijodiy guruh tuzish, video va maxsus targʻibot materiallari konsepsiyasini ishlab chiqish. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi 2. Video va maxsus targʻibot materiallarini yaratish. sentyabr-noyabr 3. Targʻibot materiallarini barcha taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarga yetkazish. dekabr 38. Oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy qismlariga ekskursiyalarni tashkil qilish. 1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti 2. Hududlarda oʻquvchi-yoshlarning harbiy qismlarga ekskursiyalarini tashkil etish. 2022-2023-yillarda reja asosida 39. Yoshlar hayotida uchrayotgan muammolarni oʻrganishga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazib borish. 1. Ijtimoiy tadqiqotlarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2. Soʻrovlarni tashkil etish, soʻrov natijalaridan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 2022-2023-yillar davomida 40. Yoshlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” yoshlar aksiyasini tashkil etish. 1. Aksiyani oʻtkazishga doir chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2022-yil avgust Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 2. Aksiyani barcha hududlarda �shlarni keng jalb etgan holda tashkil etish. 3. Aksiya doirasidagi tadbirlarni OAVda keng yoritish. 2022-2023-yillarda reja asosida 41. Har bir mahallada “Bir nuroniyga oʻn nafar yosh” tamoyili ostida tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan yoshlarni obroʻ-eʼtiborli, yuqori hayotiy tajribaga ega nuroniylarga biriktirish. 1. Mahallalarda tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil iyun - “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi 2. Obroʻ-eʼtiborli nuroniylarga yoshlarni biriktirish, ular bilan tizimli ishlashni tashkil etish. 2022-2023-yillar davomida 42. Behayolik, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularning yoshlar oʻrtasida tarqatilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Barcha hududlarda mazkur masalalar yuzasidan monitoring oʻtkazish. 2022-yil iyun - Ichki ishlar vazi�ligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 3. Aniqlangan holatlarni tahlil qilish va profilaktik choralar koʻrish hamda mazkur masalalarni televideniye va boshqa OAV orqali keng yoritish. 2022-2023-yillar davomida 43. Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida Yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektori oʻrtasida tezkor maʼlumot almashinuvi va amaliy hamkorlik mexanizmlarini yaratish. 1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2022 yil iyun-iyul - Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi, 2. Tezkor maʼlumot almashinuvi va amaliy hamkorlik mexanizmlarini tartibga soluvchi qoʻshma hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Maʼlumot almashinuvi va amaliy hamkorlik mexanizmlarini joriy etish. 2022-2023-yillar davomida 44. Ichki ishlar idoralarida profilaktika va probatsiya hisobida turgan yoshlar uchun “Vatanparvarlar” harbiy-oʻquv yigʻinlarini tashkil etish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun-iyul Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Profilaktika va probatsiya hisobida turgan hamda axloq tuzatish ishlariga jalb etilgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 3. Har bir hududda “Vatanparvarlar” harbiy-oʻquv yigʻinlarini tashkil etish. 2022-2023-yillar davomida 45. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. 1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun Ijrochilar mablagʻlari Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi 2. Barcha hududlarda belgilangan masalalar yuzasidan monitoring oʻtkazish. Mazkur muammoning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish. 3. Tahlil asosida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar koʻrish. 2022-2023-yillar davomida IV. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish 46. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va nodavlat telekanallarida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni turli yot gʻoya va past saviyali “ommaviy madaniyat” taʼsiridan asrashga qaratilgan turkum teleradiodasturlar efirga uzatilishini yoʻlga qoʻyish. 1. Ijodiy guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Teleradiodasturlar konsepsiyasi va loyihasini ishlab chiqish. 2022-yil iyun-iyul Ijrochilar mablagʻlari Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 3. Turkum teleradiodasturlarni yaratish va efirga uzatish. 2022-2023-yillarda reja asosida 47. Yosh jurnalistlarning zamonaviy talablar asosida bilim va tajribalarini oshirish maqsadida “Yosh jurnalistlar oromgohi” loyihasini amalga oshirish. 1. Ishchi guruh tuzish va loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil iyun-iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi 2. Loyihaga jalb etiladigan yosh jurnalistlar roʻyxatini shakllantirish. 3. Toshkent viloyatining, Boʻstonliq tumanida “Yosh jurnalistlar oromgohi” loyihasini amalga oshirish. avgust 48. Oʻzbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan videoroliklar tanlovini oʻtkazish. 1. Ishchi guruh tuzish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. 2022-yil iyun Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Fanlar akademiyasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2. Tanlovni OAV orqali keng targʻib qilish, videoroliklarni tanlash va Yoshlar ishlari agentligi veb-saytiga joylashtirish. iyul — sentyabr 3. Videoroliklarni Internet orqali (ovoz berish yoʻli bilan) baholashnn tashkil etish. oktyabr 49. Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini joriy etish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish, media-savodxonlik boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. 2022-yil iyul Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2. Malakali pedagog-mutaxassislarni jalb qilgan hol�a oʻquv darslarini tashkil qilish. 2022-2023-yillarda reja asosida 50. “Uzbekistansʼs club” ijtimoiy motivatsion media platformasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash orqali xorijiy davlatlarda yuqori natijalarga erishgan yosh yurtdoshlarimizga bagʻishlangan eksklyuziv kontentlar yaratish. 1. Ijodiy guruhni shakllantirish, tadbirlar rejasi va ssenariylarni ishlab chiqish. 2022-yil iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 2. Xorijda yuqori natijalarga erishgan yosh yurtdoshlarimizga bagʻishlangan filmlar yaratish. 2022-2023-yillarda reja asosida 51. “YouTube” platformasida samarali ijod qilayotgan va foydali kontent yaratayotgan yoshlarni munosib taqdirlash, “YouTube Oʼzbekiston” loyihasini amalga oshirish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish, loyiha konsepsiyasi va tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2022-yil iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi 2. Loyihani amalga oshirish orqali, yosh mualliflarni kashf etish va platformada oʻzbek tilidagi kontentni koʻpaytirish. 2022-2023-yillarda reja asosida 52. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan tajribali dizaynerlar ishtirokida yoshlarni dizaynerlik sohasiga qiziqtirish va soha sirlaridan xabardor qilish maqsadida Design Club loyihasini amalga oshirish. 1. Ishchi guruh tuzish, loyiha konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. 2022-yil iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar 2. Loyihani OAV orqali keng targʻib qilish. 3. Design Club loyihasini amalga oshirish. 2022-2023-yillarda har chorakda 53. Bolalarning dunyoqarashini qadriyatlarimizga mos ravishda shakllanishiga xizmat qiladigan zamonaviy multiplikatsion va animatsion media mahsulotlar tanlovini oʻtkazish. 1. Ishchi guruh tuzish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, Madaniyat vazirligi 2. Tanlovni OAV orqali keng targʻib qilish, multiplikatsion va animatsion media mahsulotlarni tanlash va Yoshlar ishlari agentligi veb-saytiga joylashtirish. iyul — sentyabr 3. Multiplikatsion va animatsion media mahsulotlarni Internet orqali (ovoz berish yoʻli bilan) baholashnn tashkil etish. oktyabr 4. Tanlovni gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish. noyabr 54. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijadorligi, “mahallabay” amalga oshirilayotgan ishlar haqida hikoya qiluvchi “Strategik kuch” nomli hujjatli film suratga olish. 1. Ijodiy guruhni shakllantirishi, hujjatli film ssenariysini ishlab chiqish. 2022-yil iyun-iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi xususida hujjatli film suratga olish. dekabr 55. Fan, taʼlim, sanʼat, madaniyat va sport sohasida muvaffaqiyatga erishgan yoshlar tajribasini oʻrnak sifatida koʻrsatishga qaratilgan “Modul — 5” loyihasini amalga oshirish. 1. Loyiha konsepsiyasi va tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2022-yil iyul Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 2. “Modul — 5” loyihasini amalga oshirish. 3. Loyihada ishtirok etgan yoshlarni munosib ragʻbatlantirish. 2022-2023-yillarda reja asosida V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash 56. Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Yoshlar Kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish. 1. Ishchi guruhini tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2. Yigʻilish dasturi va ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. Yigʻilishni oʻtkazish. 2022-yil iyun Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 57. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yoshlari oʻrtasida doʻstlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan “Oʻzbekiston — Qirgʻiziston yoshlar kongressi”ni tashkil etish. 1. Tadbir rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tadbir dasturi va ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. 3. Kongressni oʻtkazish. 2022-yil iyun-avgust Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 58. Samarqand shahrida yoshlar oʻrtasida mnemonika boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazish. 1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash. 2022-yil avgust Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy budjet mablagʻlari Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi 2. Turnir dasturi va ishtirokchilar roʻyxatini shakllan-tirish. sentyabr 3. Turnirni oʻtkazish. oktyabr
