Namangan viloyatida zamonaviy meva-sabzavotchilik agrosanoat klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (309-son)
07.06.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4941-son qaroriga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hajmini oshirish, qayta ishlash va sotishning zamonaviy usullarini joriy etish, sohaga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2021-yil 17-noyabrda Namangan viloyati hokimligi va Rossiya Federatsiyasining “Sibirskoye zdorovye” kompaniyasi oʻrtasida Namangan viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolanganligi;
“Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish maqsadida qiymati 20,9 mln AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi;
“Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasining taʼsischisi boʻlgan “Sibirskoye zdorovye” kompaniyasi tomonidan korxonaning dastlabki ustav fondi (kapitali) shakllantirilishi;
“Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan yangi intensiv bogʻlar barpo etish maqsadida 10 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablagʻlari jalb etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Yangiqoʻrgʻon tumanida “Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasi hamda Chortoq tumanida “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan meva-sabzavotchilik klasterlarini (keyingi oʻrinlarda — agrosanoat klasterlari) tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Agrosanoat klasterlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini, ilm-fan yutuqlarini hamda ilgʻor innovatsiya va suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini keng joriy etish;
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashning samarali usullari va texnologiyalaridan foydalanish;
kasalliklardan xoli boʻlgan mevali daraxt koʻchatlarini yetishtirish uchun zamonaviy “in-vitro” laboratoriyasi hamda koʻchatxonalarni tashkil etish;
qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali eksport hajmlarini koʻpaytirish;
tuproq unumdorligini va qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish.
4. Quyidagilar:
mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi zaxirasidagi 301,4 gektar yer maydoni “Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasiga 25 yil muddatga;
mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq Chortoq tumani hokimligi zaxirasidagi 679,2 gektar yer maydoni “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasiga 25 yil muddatga ijaraga berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun yer uchastkasini ijaraga olish huquqining bozor qiymati Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi zaxirasidagi 301,4 gektar yer maydoni uchun — 4 198,3 mln soʻm hamda Chortoq tumani hokimligi zaxirasidagi 679,2 gektar yer maydoni uchun — 937,4 mln soʻm etib belgilansin.
5. Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasi hamda “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan 4-bandda nazarda tutilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazilgandan soʻng Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi va “Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasi oʻrtasida hamda Chortoq tumani hokimligi va “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi oʻrtasida yer ijara shartnomasi tuzilishini, shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. “Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan 2022 — 2025-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
“Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan 2022 — 2025-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Namangan viloyati hokimligi ikki hafta muddatda agrosanoat klasterlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali tashkil qilish maqsadida mazkur qarorning 3 va 4-ilovalariga muvofiq belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi boʻyicha tarmoq jadvalini ishlab chiqib, tasdiqlasin va tarmoq jadvalida belgilangan tadbirlarni amalga oshirilishini nazoratga olsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
a) “Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan 10 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish hisobiga:
Yangiqoʻrgʻon tumanida 2022-2023-yillarda 301,4 gektar maydonda intensiv bogʻ barpo etilib, yiliga 12 ming tonna meva mahsulotlari yetishtiriladi;
meva mahsulotlarini qayta ishlash quvvati yiliga 2 ming tonna boʻlgan zavod faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
ishlab chiqarilgan mahsulot toʻliq eksportga yoʻnaltiriladi va yillik xorijiy valyuta tushumlari 1,5 — 2,0 mln AQSh dollariga yetkaziladi;
investitsiya loyihasini ishga tushirish natijasida 120 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi;
b) “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan 20,9 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish hisobiga:
Chortoq tumanida 2022-2023-yillarda 679,2 gektar maydonda intensiv bogʻ barpo etilib, yiliga 27 ming tonna meva mahsulotlari yetishtiriladi;
ishlab chiqarilgan mahsulot toʻliq eksportga yoʻnaltiriladi va yillik xorijiy valyuta tushumlari 2,5 — 3,0 mln AQSh dollariga yetkaziladi;
investitsiya loyihasini ishga tushirish natijasida 180 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi.
8. Belgilansinki:
“Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasi va “Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilmaganda va yer ijara shartnomasida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-37-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinadi;
agrosanoat klasterlariga fermer xoʻjaliklari uchun mineral oʻgʻit, urugʻlik, yonilgʻi-moylash materiallari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish, shu jumladan, lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olish boʻyicha belgilangan tartib tatbiq etiladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Namangan viloyati hokimligi buyurtmanomalariga koʻra investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish vizalarini konsullik va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan viloyati hokimligi buyurtmanomalariga koʻra investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ushbu mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati belgilangan tartibda uzaytirilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi agrosanoat klasterlarining obyektlari elektr tarmoqlariga ulanishini va energiya isteʼmol qiluvchi qurilmalari loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda zarur quvvat bilan taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
309-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 309-son qaroriga 1-ILOVA
“Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasiga Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi zaxirasidan ajratiladigan yer maydonlarining konturlar kesimidagi
ROʻYXATI
gektar T/r Yer maydonlari egasi Kontur raqami Umumiy yer maydoni Shundan: ekin yerlari shundan, koʻp yillik daraxtzorlar jami qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar suv osti yerlari yoʻl osti yerlari boshqa yerlar jami shundan: bogʻ 1. Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi zaxirasida 26 17,7 17,5 17,5 0,1 0,1 2 32,1 31,5 31,5 0,1 0,5 6 20,0 19,2 19,2 0,4 0,4 8 13,9 12,8 12,8 0,7 0,2 0,2 1 2,0 1,2 1,2 0,8 459 5,2 5,0 5,0 5,0 0,1 461 8,6 7,3 7,3 0,6 0,2 0,5 462 13,0 12,0 12,0 0,3 0,4 0,3 465 10,5 9,5 9,5 0,4 0,6 480 31,1 27,0 27,0 27,0 1,5 2,6 481 4,5 3,0 3,0 3,0 0,5 1,0 482 9,3 9,0 9,0 0,3 484 1,1 1,0 1,0 0,1 485 7,8 0,3 0,3 7,2 508 21,4 0,4 0,6 20,4 509 9,0 8,1 8,1 0,3 0,6 510 16,1 10,7 10,7 0,3 0,3 4,8 511 8,3 7,5 7,5 0,4 0,4 512 4,0 3,5 3,5 0,2 0,3 514 2,9 2,6 2,6 0,2 0,1 513 19,8 5,0 11,3 11,3 16,3 0,7 1,0 1,8 516 28,3 27,6 27,6 0,5 0,2 518 2,1 1,8 1,8 0,2 0,1 519 3,8 3,4 3,4 0,2 0,2 505 7,7 7,0 7,0 0,3 0,4 506 1,2 1,0 1,0 1,0 0,1 0,1 Jami: 301,4 203,2 42,3 42,3 245,5 10,0 10,7 35,2
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 309-son qaroriga 2-ILOVA
“Siberian Wellness-Namangan” MChJ xorijiy korxonasiga Chortoq tumani hokimligi zaxirasidan ajratiladigan yer maydonlarining konturlar kesimidagi
ROʻYXATI
gektar T/r Yer maydonlari egasi Kontur raqami Umumiy yer maydoni Shundan: ekin yerlari boʻz yerlar yaylov yerlar jami qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar suv osti yerlari yoʻl osti yerlari qurilishlar boshqa yerlar 1. Chortoq tumani hokimligi zaxirasida 653 32,9 32,2 32,2 0,1 0,6 655 8,3 8,3 8,3 656 53,3 0,8 0,8 3,2 0,2 0,1 49,0 657 1,5 1,5 1,5 658 0,6 0,6 0,6 659 1,3 0,1 1,2 660 4,5 4,4 4,4 0,1 661 43,3 43,0 43,0 0,1 0,2 662 19,4 0,3 0,1 19,0 663 5,4 5,3 5,3 0,1 664 3,8 3,6 3,6 0,1 0,1 665 40,3 40,1 40,1 0,1 0,1 666 3,4 3,4 3,4 667 0,9 0,1 0,8 668 18,4 18,1 18,1 0,3 669 2,6 2,5 2,5 0,1 670 3,9 3,8 3,8 0,1 672 2,4 2,3 2,3 0,1 673 5,9 5,8 5,8 0,1 674 4,2 4,1 4,1 0,1 675 0,9 0,1 0,8 677 1,8 0,1 0,1 1,6 682 6,9 1,0 0,1 5,8 683 5,4 0,2 5,2 684 14,9 14,4 14,4 0,5 686 29,3 4,3 0,1 24,9 688 1,6 1,5 1,5 0,1 689 0,2 0,2 690 0,1 0,1 0,1 691 23,2 23,0 23,0 0,2 737 1,0 1,0 743 42,4 2,6 0,3 39,5 749 11,4 0,3 0,1 11,0 750 18,9 18,7 18,7 0,1 0,1 751 4,3 1,1 3,0 4,1 0,2 752 3,1 0,2 2,9 753 31,7 31,3 31,3 0,1 0,3 754 126,9 89,4 89,4 3,1 0,1 34,3 755 31,8 31,6 31,6 0,1 0,1 756 0,8 0,1 0,7 757 3,6 3,6 3,6 758 7,6 7,6 7,6 759 3,7 3,6 3,6 0,1 760 6,8 6,5 6,5 0,3 761 4,6 4,5 4,5 0,1 762 0,4 0,3 0,3 0,1 763 3,1 3,1 3,1 764 2,3 2,3 2,3 765 1,7 1,7 1,7 766 1,7 1,7 1,7 767 0,2 0,2 0,2 768 1,5 1,5 1,5 769 5,5 5,2 5,2 0,3 770 2,7 2,7 2,7 771 8,0 7,7 7,7 0,3 772 1,1 1,0 1,0 0,1 773 1,1 0,9 0,9 0,1 0,1 774 0,9 0,9 0,9 775 9,8 9,7 9,7 0,1 Jami: 679,2 32,6 131,5 294,5 458,6 17,1 5,5 0,1 197,9
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 309-son qaroriga 3-ILOVA
2022 — 2025-yillarda “Namangan sharbati” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
PROGNOZ PARAMETRLARI
T/r Investitsiya loyihasining nomi* Loyihaning hisoblab chiqilgan qiymati (mln AQSh doll.) Shu jumladan: Amalga oshirish muddati xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari (mln AQSh doll.)** loyiha tashabbuskorining oʻz mablagʻlari (mln AQSh doll.) 1. Yerlarni ekishga tayyorlash boʻyicha agrotexnik tadbirlar amalga oshirish 0,05 0,05 2022-2023-yillar 2. Intensiv mevali daraxt koʻchatlarini sotib olish 3,14 3,14 2022-2023-yillar 3. Suv chiqarish uchun quduqlar qazish va nasos stansiyasini qurish 0,11 0,11 2022-2023-yillar 4. Tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish 0,80 0,80 2022-2023-yillar 5. Koʻchatchilik laboratoriyasini tashkil qilish 0,02 0,02 2022 — 2024-yillar 6. Meva mahsulotlarini qayta ishlash zavodini qurish 5,77 5,77 2022 — 2025-yillar 7. Qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlarini xarid qilish 0,09 0,09 2022 — 2025-yillar 8. Boshqa xarajatlar 0,03 0,03 2022-2023-yillar Jami: 10,0 10,0
* Investitsiya loyihalarining prognoz parametrlariga “Namangan Sharbati” MChJ qoʻshma korxonasi tomonidan Namangan viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
** Investitsiya loyihalarining yakuniy parametrlari biznes-rejalarni ishlab chiqish natijalari boʻyicha belgilanadi. Zarurat boʻlganda, ularni tuzatish hisobiga kredit ajratish miqdorlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 309-son qaroriga 4-ILOVA
2022 — 2025-yillarda “Siberian Wellness Namangan” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining
PROGNOZ PARAMETRLARI
T/r Investitsiya loyihasining nomi* Loyihaning hisoblab chiqilgan qiymati (mln AQSh doll.) Shu jumladan: Amalga oshirish muddati xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari (mln AQSh doll.)** loyiha tashabbuskorining oʻz mablagʻlari (mln AQSh doll.) 1. Yerlarni ekishga tayyorlash boʻyicha agrotexnik tadbirlar amalga oshirish va chegara toʻsiqlarini oʻrnatish 1,18 1,18 2022-2023-yillar 2. Intensiv mevali daraxt koʻchatlarini sotib olish 8,9 8,9 2022-2023-yillar 3. Suv chiqarish uchun quduqlar qazish va nasos stansiyasini qurish 0,52 0,52 2022 — 2024-yillar 4. Tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish 6,84 6,84 2022-2023-yillar 5. Qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlarini xarid qilish 2,9 2,9 2022 — 2025-yillar 6. Boshqa xarajatlar 0,56 0,56 2022-2023-yillar Jami: 20,9 20,9
* Investitsiya loyihalarining prognoz parametrlariga “SIBERIAN WELLNESS NAMANGAN” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan Namangan viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
** Investitsiya loyihalarining yakuniy parametrlari biznes-rejalarni ishlab chiqish natijalari boʻyicha belgilanadi. Zarurat boʻlganda, ularni tuzatish hisobiga kredit ajratish miqdorlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
