“58-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish”;
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-775-son) · Sana: 06.06.2022 · Amalda
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan tartibda beriladi”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
17) 61-moddaning:
nomi “yer uchastkalarini berish” degan soʻzlardan keyin “(realizatsiya qilish)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “tuman, shahar va viloyat hokimining qarorlari bilan tasdiqlanadi” degan soʻzlar “amalga oshiriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 62-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish va oʻzga ehtiyojlar uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin”;
19) 64-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektlarni saqlash vazifalari oʻz zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday obyektlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida boʻladi”;
