Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3370-son)
03.06.2022
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3370]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 3-iyun,
14-mh-son
Kelishildi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
2022-yil 3-may
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 3-iyundagi 14-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari (bundan buyon matnda yuridik texnikumlar deb yuritiladi) bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda oliy taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yoʻllanma — yuridik texnikumlar bitiruvchilariga oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan yakka tartibdagi suhbatda ishtirok etish huquqini beruvchi hujjat;
maxsus komissiya — har yili hududiy adliya organi boshligʻining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan yuridik texnikumlar bitiruvchilariga yoʻllanmalar berish masalasini koʻrib chiquvchi komissiya;
onlayn platforma — yuridik texnikum bitiruvchilarining hududiy adliya organlariga yoʻllanma berishni soʻrab murojaat qilishlari uchun moʻljallangan elektron dastur;
talabgor — tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yuridik texnikum bitiruvchisi;
hududiy adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
2. Tanlov bitiruvchining yuksak huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, shuningdek, maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
3. Maxsus komissiya har yili, qoida tariqasida, tegishli oʻquv yilining 10-iyunidan kechikmay hududiy adliya organi boshligʻining buyrugʻi bilan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Maxsus komissiya tarkibiga adliya organlari va muassasalari xodimlari kiritiladi, shuningdek komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.
Maxsus komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Hududiy adliya organlari boshliqlari lavozimi boʻyicha maxsus komissiyaning raisi hisoblanadi.
Maxsus komissiyaning kotibi vazifasi yuridik texnikumning masʼul xodimiga yuklanadi. Kotib maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi.
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
4. Yuridik texnikumlar bitiruvchilari maxsus komissiyaga yoʻllanma berishni soʻrab onlayn platforma orqali har yili 20-iyundan kechikmay ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda, arizaga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandida koʻrsatilgan yoʻllanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlar (bundan buyon matnda tasdiqlovchi hujjatlar deb yuritiladi) elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi.
5. Maxsus komissiya 20-iyundan 30-iyunga qadar yuridik texnikumlar bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqadi.
Arizalar maxsus komissiya majlislarida koʻrib chiqiladi. Maxsus komissiya majlisi, agar unda komissiya aʼzolarining barchasi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
6. Maxsus komissiyaning majlislar oʻtkazish jadvali hududiy adliya organlari boshliqlari buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Majlisga taklif etilgan yuridik texnikumlar bitiruvchilari roʻyxati buyruqqa ilova qilinadi.
7. Majlislar oʻtkazish jadvali hududiy adliya organlari va yuridik texnikumlarning rasmiy veb-saytida, majlis boshlanishidan kamida bir hafta oldin eʼlon qilinadi.
Bunda, eʼlonda majlis oʻtkazish joyi va vaqti, tanlov yuzasidan bogʻlanish uchun masʼul xodimning telefon raqami hamda yuridik texnikumning elektron pochta manzili, shuningdek talabgorlar roʻyxati koʻrsatilishi lozim.
8. Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli oʻquv yili bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqadi.
9. Tanlovda ishtirok etgan talabgorlar jami 150 ball bilan quyidagicha baholanadi:
taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha — 100 ballgacha;
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, shuningdek, maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlashga qaratilgan savollarga bergan javoblari boʻyicha — 50 ballgacha.
10. Tanlovda talabgorlarga beriladigan savollar yuridik texnikumning oʻquv reja va fan dasturlari asosida hududiy adliya organlarining malakali mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tomonidan tuziladi hamda ushbu savollarning yakuniy roʻyxati hududiy adliya organi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Tasdiqlangan savollar roʻyxati maxsus komissiya majlislari boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin hududiy adliya organlari va yuridik texnikumlarning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Tasdiqlangan savollar maxsus komissiya majlisi boshlanishidan bir kun oldin komissiya kotibi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dasturga kiritiladi.
12. Maxsus komissiya majlisi yuridik texnikum binolarida, tanlov jarayoni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini taʼminlaydigan maxsus xonada (bundan buyon matnda maxsus xona deb yuritiladi) oʻtkaziladi.
Tanlov jarayoni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali onlayn rejimda translatsiya qilinadi.
Maxsus xonani tayyorlash, tanlov jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tarzda kuzatib borish uchun zarur boʻlgan texnik vositalar bilan taʼminlash va boshqa shart-sharoitlarni yaratish uchun javobgarlik yuridik texnikum direktori zimmasiga yuklanadi.
13. Talabgorlar tanlov oʻtkaziladigan xonaga biometrik pasportini (identifikatsiya ID-kartasini) koʻrsatgan holda navbat bilan kiritiladi.
Tanlovga belgilangan vaqtda yetib kelmagan talabgorlar tanlovga qoʻyilmaydi hamda bunday talabgorlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilmaydi.
14. Maxsus komissiya kotibi majlis boshlanishidan oldin maxsus komissiya raisi va aʼzolariga tanlovda ishtirok etayotgan, shuningdek tanlovga belgilangan vaqtda kelmagan talabgorlar haqida axborot beradi.
15. Talabgorlarning maxsus xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator hamda boshqa telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishi va ulardan foydalanishi, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashishi yoki ularga yordam berishi, tanlov oʻtkazilishi jarayonida maxsus xonadan tashqariga chiqishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Talabgorning mazkur bandda nazarda tutilgan talablarga rioya qilmasligi uni tanlovdan chetlashtirish uchun asos boʻladi.
Bunda, maxsus komissiya kotibi tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda talabgorni tanlovdan chetlashtirish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda talabgor maxsus xonadan chiqarib yuboriladi.
Tanlovdan chetlashtirilgan talabgorlarga ball qoʻyilmaydi.
16. Tanlov jarayonida savollar talabgor tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Bunda, maxsus elektron dasturda avtomatik ravishda 2 ta savoldan iborat savollar bileti shakllantiriladi.
Mazkur savollar bileti maxsus komissiya kotibi tomonidan printerda chop etilib, talabgorga taqdim qilinadi.
17. Talabgorga savollarga tayyorgarlik koʻrishi uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. Agarda talabgor ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, unga tayyorgarlik koʻrmasdan javob berishga ruxsat etiladi.
Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan talabgorning javoblarini aniqlashtirish maqsadida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin.
Talabgor savollarga javob berib boʻlganidan soʻng, unga xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
18. Talabgorlar savollarga bergan javoblariga qarab, quyidagi mezonlar asosida har bir savol boʻyicha “25” ballik tizimda, maksimal 50 ball bilan baholanadi:
talabgor toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 20 — 25 ball;
talabgor mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 14 — 19 ball;
talabgor mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 8 — 13 ball;
talabgor bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 1 — 7 ball qoʻyiladi;
talabgor bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qoʻyiladi.
19. Talabgorlarning tasdiqlovchi hujjatlari maxsus komissiya tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Yuridik texnikumlar bitiruvchilarining yoʻllanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlarini baholash mezonlari asosida 100 ballik tizimda baholanadi.
20. Talabgorning savollarga bergan javoblarini baholash natijalari yuzasidan maxsus komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan boshqa aʼzolardan mustaqil holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tanlov natijalarini baholash varaqasi toʻldiriladi hamda maxsus komissiya kotibiga taqdim etiladi.
21. Maxsus komissiya kotibi talabgorning savollarga bergan javoblarini hamda tasdiqlovchi hujjatlarini baholash natijalarini umumlashtirgan holda unga qoʻyilgan ballarni hisoblab chiqadi.
22. Tanlov jarayoni va natijalari maxsus komissiyaning majlis bayonnomasida qayd etiladi, shuningdek majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
Maxsus komissiyaning majlis bayonnomasida talabgorlar roʻyxati kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan talabgordan boshlab joylashtiriladi.
Tanlov natijalari talabgorlarga tanlov oʻtkazilgan kuni eʼlon qilinadi hamda maxsus komissiya kotibi tomonidan onlayn platformaga kiritiladi.
23. Talabgorlarni oliy taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimlash avtomatik ravishda onlayn platforma orqali amalga oshiriladi.
Bunda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan taqsimot doirasida, tanlov natijasi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlarga ega talabgorlarga oʻzlari birinchi tanlagan oliy taʼlim tashkilotiga, qolgan talabgorlarga ularning toʻplagan ballari ketma-ketligida oʻzlari tanlagan navbatdagi oliy taʼlim tashkilotlaridan biriga yoʻllanmalar beriladi.
24. Tanlovni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Tanlov natijalari boʻyicha berilgan apellatsiyalarni koʻrib chiqish
25. Tanlovda qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan talabgorlar tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida hududiy adliya organi boshligʻi nomiga apellatsiya berishlari mumkin.
Apellatsiyani koʻrib chiqish uchun hududiy adliya organi boshligʻining buyrugʻi bilan hududiy adliya organlarining maxsus komissiya faoliyatida ishtirok etmagan xodimlari tarkibidan kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasining tarkibi hududiy adliya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
26. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellatsiyani u kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Apellatsiya koʻrib chiqiladigan kun haqida talabgorga xabar beriladi.
27. Apellatsiya komissiyasi, agar uning ishida aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va unda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
28. Apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan talabgor ishtirokida, tanlov jarayoni yozib olingan videotasvir asosida koʻrib chiqiladi.
Talabgorning apellatsiyasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Apellatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
eʼtiroz asossiz boʻlsa, apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish va qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;
eʼtiroz asosli boʻlsa, qoʻyilgan ballarga oʻzgartirish kiritish.
Talabgorning apellatsiyasini koʻrishda uning ilgari olgan ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Yakuniy qoida
29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
30. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Talabgorni tanlovdan chetlashtirish toʻgʻrisida DALOLATNOMA __________________ (joy nomi) 20__ yil “___” ___________ Biz quyida imzo chekuvchilar, Maxsus komissiya aʼzolari ushbu dalolatnomani quyidagilar haqida tuzdikki, talabgor_______________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________ (F.I.O.) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga asosan 20___ yil “___” ___________da tanlovdan _______________________________________________ _______________________________________________________________________________________________ (chetlashtirish sababi) sabablarga koʻra chetlashtirildi. Maxsus komissiya aʼzolari: _______________ (imzo) ________________________ (F.I.O.) _______________ (imzo) ________________________ (F.I.O.) _______________ (imzo) ________________________ (F.I.O.) _______________ (imzo) ________________________ (F.I.O.) _______________ (imzo) ________________________ (F.I.O.) _______________ (imzo) ________________________ (F.I.O.) _______________ (imzo) ________________________ (F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarining yoʻllanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlarini
BAHOLASh MEZONLARI
Baholash uchun qoʻyilgan talablar Ballarni hisoblash Ball 100 a) oʻquvchi kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiganda: 1. Yuridik texnikum bitiruvchisining har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari (yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma asosida aniqlanadi) 71 — 75,9 foiz 10 ball 30 76 — 85,9 foiz 20 ball 86 — 100 foiz 30 ball 2. Bitiruvchining chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi B2 10 ball 30 C1 20 ball C2 30 ball 3. Yuridik texnikum bitiruvchisining maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etishi, shaxsiy yutuqlari mavjudligi (tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi) yuridik texnikum bitiruvchisining texnikum faoliyatidagi klublar, toʻgaraklar, loyihalar va jamoat ishlaridagi muntazam ishtiroki va tadbirlar oʻtkazishdagi tashkilotchiligi: klub yoki toʻgaraklardagi ishtiroki — 1 ball; jamoat ishlaridagi ishtiroki — 1 ball; “Street law” loyihasi va boshqa loyihalarda ishtiroki — 1 ball; bitiruvchining oʻz tashabbusi bilan yuridik texnikum koʻmagida tashkil etgan tadbirlari — 2 ball. 5 ball 30 yuridik texnikum bitiruvchisining tanlovlardagi sovrinli oʻrinlar (1, 2, 3-oʻrinlar) va nominatsiyalarni qoʻlga kiritganligi: texnikum bosqichida — 3 — 5 ball; mintaqaviy bosqichda — 7 — 9 ball; respublika bosqichida — 10 — 12 ball; xalqaro tanlovlarda — 13 — 15 ball. (bitiruvchi birdan ortiq tanlovning turli bosqichlarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiriti�, umumiy qoʻshib hisoblaganda 20 balldan ortiq ball toʻplasa ham, ushbu mezonda faqat 20 ball beriladi) 20 ball bitiruvchining maqolalari respublika ilmiy jurnallari va mahalliy ilmiy nashrlarda chop etilganligi — 3 ball; bitiruvchining yuridik texnikum faoliyatini OAVlarda yoritganligi — 2 ball. (bitiruvchining har bir chop etilgan maqolasi uchun 1 ball, uch va undan ortiq maqola uchun jami 3 ball, yuridik texnikum faoliyatini OAVlarda bir marta yoritishi 1 ball, ikki va undan ortiq OAVlarda chiqishlar uchun jami 2 ball beriladi) 5 ball 4. Yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi (yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma asosida aniqlanadi) bitiruvchining yuridik texnikumda butun oʻquv davri mobaynidagi dars mashgʻulotlarida ishtiroki: 75 foizdan 90,9 foizgacha boʻlsa — 3 ball; 91 foizdan 100 foizgacha boʻlsa — 5 ball. 5 ball 10 yuridik texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, fakultet dekani va guruh rahbarining imzosi bilan tasdiqlanganbitiruvchining namunali xulq-atvori haqida tavsifnoma 5 ball b) oʻquvchi sirtqi yoki masofaviy taʼlim shaklida oʻqiganda: 1. Yuridik texnikum bitiruvchisining umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi (yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma asosida aniqlanadi) 85 — 90,9 foiz 25 ball 50 91 — 100 foiz 50 ball 2. Bitiruvchining chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi B2 10 ball 30 C1 20 ball C2 30 ball 3. Yuridik texnikum bitiruvchisining yuridik texnikumda oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi (yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma asosida aniqlanadi) bitiruvchining yuridik texnikumda butun oʻquv davri mobaynidagi dars mashgʻulotlarida ishtiroki: 75 foizdan 90,9 foizgacha boʻlsa — 6 ball; 91 foizdan 100 foizgacha boʻlsa — 10 ball. 10 ball 20 yuridik texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, fakultet dekani va guruh rahbarining imzosi bilan tasdiqlanganbitiruvchining namunali xulq-atvori haqida tavsifnoma 10 ball
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yoʻllanmalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tanlov natijalarini baholash VARAQASI Sana __________________ Talabgorning F.I.O.____________________________________________________________________ T/r Baholash mezonlari Ballar 1. Talabgorning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini aniqlash 2. Talabgorning maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash Izoh: ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ Maxsus komissiya aʼzosi: ____________________________________________________________________________________ ________________________ ____________________
