“Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida (KQ-340-IV-son)
27.04.2022
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targʻib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. “Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda “Yil ayoli” milliy tanlovi har yili yuqori saviyada tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida”gi KQ-214-IV-sonli Qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati tizimli ravishda tanlovning mazmun-mohiyati, ularni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari davlat va xorijiy tillarda Senat rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 27-aprel,
KQ-340-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga1-ILOVA
“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Yil ayoli” milliy tanlovini (bundan buyon matnda — Tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tanlov tashkilotchilari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, xalqaro tashkilotlar tanlovda hamkor tashkilotchi boʻlishi mumkin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan 35 yoshdan yuqori hamda oʻz yoʻnalishi boʻyicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shugʻullanib kelayotgan ayollar, shuningdek, uy bekalari tanlov ishtirokchilari hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tanlovning ishchi organi hisoblanadi.
5. Tanlov ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
6. Tanlov ishtirokchilarini baholash:
ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq “Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasining;
ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibdagi “Yil ayoli” milliy tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitasining;
ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibdagi “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitasining qarorlari bilan tuziladigan Hakamlar hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Tanlovning maqsadi
7. Tanlovning maqsadi — mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirishdan iborat.
8. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli, isteʼdodli ayollarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish;
ayollar orasida professionallik, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik muhitini shakllantirishga imkon berish va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
tanlov ishtirokchilari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan, sohaning fidoyi mutaxassislarini tanlash va ular haqidagi maʼlumotlar bazasini doimiy ravishda boyitib borish.
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
9. Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:
Birinchi bosqich — tuman (shahar) bosqichi;
Ikkinchi bosqich — hududiy bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi);
Uchinchi bosqich — respublika bosqichi.
10. Tanlovning respublika, hududiy, tuman (shahar) bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun belgilangan namunaviy tarkib asosida tuzilgan tashkiliy qoʻmitalar tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
joylarda tanlovni yuqori saviyada oʻtkazilishiga koʻmaklashish;
tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish uchun tashkiliy qoʻmitalar aʼzolarini hududlarga biriktirish;
tashkiliy qoʻmitalar aʼzolari tomonidan tanlovning tegishli bosqich gʻoliblari faoliyatining joyiga chiqib oʻrganilishini taʼminlash;
har bir bosqich ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkazilishini nazorat qilish;
har bir bosqichda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik holatlari aniqlansa, uni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash;
hududiy bosqich natijalari toʻgʻrisida Respublika tashkiliy qoʻmitasiga mazkur Nizomda belgilangan tartibda ishtirokchilarning hujjatlari, maʼlumot va fotoalbomlarini tadbir oʻtganidan soʻng uch kun muddat ichida taqdim etish.
11. Tashkiliy qoʻmitalar tanlovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlashga masʼuldir.
12. Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan tashkiliy qoʻmitalar tuman (shahar)lardagi tashkiliy qoʻmitalar ishini muvofiqlashtirib boradi.
13. Tanlovning tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuman (shahar) bosqichlarida tanlovda qatnashish istagini bildirgan ayollarning ishtirokini, gʻoliblarni aniqlash va keyingi bosqichga tavsiya etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni belgilaydi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi.
4-bob. Tanlov bosqichlarini oʻtkazish muddatlari
14. Tanlov bosqichlari har yili quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
Birinchi bosqich — Tanlovning tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish tuman (shahar) tashkiliy qoʻmitalari tomonidan har yili oktabr oyida oʻtkaziladi.
Hakamlar hayʼati qarori bilan belgilangan nominatsiyalar boʻyicha bir nafardan gʻolib deb topilgan ayollarning hujjatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalariga topshiriladi.
Ikkinchi bosqich — Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi har yili noyabr oyida oʻtkaziladi.
Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha bir nafardan gʻoliblar aniqlanadi va tanlovning respublika bosqichida qatnashishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hakamlar hayʼati qarori bilan tasdiqlangan gʻoliblarning hujjatlari har yili 30-noyabrga qadar respublika tashkiliy qoʻmitasiga topshiriladi.
Uchinchi bosqich — Respublika bosqichi har yili dekabr oyining oxirgi 10 kunligida tantanali tarzda oʻtkaziladi.
Respublika bosqichida Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ayollar qatnashadilar.
Respublika tashkiliy qoʻmitasi qaroriga koʻra Tanlov bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish muddatlari oʻzgartirilishi mumkin.
15. Hakamlar hayʼati tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida 5 kishidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosqichlarida 7 kishidan, respublika bosqichida 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
16. Tanlovning hududiy bosqichlari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
hudud markazlarida oʻtkaziladigan taqdirlash tadbiri uchun nufuzli bino ajratiladi;
taqdirlash marosimiga eng chekka qishloqlar, ovullarda yashayotgan, fidokorona mehnati bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, oʻz mahallasi ravnaqi, tinchligi va obodligiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ onaxonlar va turli yoshdagi xotin-qizlar taklif qilinadi;taqdirlash marosimiga eng chekka qishloqlar, ovullarda yashayotgan, fidokorona mehnati bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, oʻz mahallasi ravnaqi, tinchligi va obodligiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ onaxonlar va turli yoshdagi xotin-qizlar taklif qilinadi;
tadbir davomida hudud xotin-qizlari faoliyatini aks ettiruvchi, shuningdek, ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning koʻrgazmalari, yarmarkalar tashkil qilinadi;
tadbirda taniqli xonandalar, yozuvchilar va boshqa sanʼat vakillari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etiladi;
tanlov jarayonlari Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
17. Respublika bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Toshkent shahrida oʻtkaziladigan taqdirlash tadbiri uchun bino ajratiladi;
taqdirlash marosimiga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oʻzlarining ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan faol ayollar hamda turli yoshdagi xotin-qizlar taklif qilinadi;
tadbirda taniqli xonandalar, yozuvchilar va boshqa sanʼat vakillari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etiladi.
5-bob. Tanlovni oʻtkazish shartlari
18. Barcha bosqichlarda tanlov ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida baholanadi:
Birinchi shart — “Oʻzini tanishtirish”.
Ushbu shartda tanlov ishtirokchilari 3 daqiqa ichida oʻz faoliyati, oilasi, jamiyatda tutgan oʻrni, hududidagi faolligi haqida soʻzlab berishi hamda taqdimotini namoyish etishi zarur.
Ishtirokchining oʻzi haqidagi maʼlumotni tasvirlash, libosi, tashqi koʻrinishi va ichki dunyosi (maʼnaviyati, zamonaviy ayol qiyofasi, milliylik va zamonaviylikning uygʻunligi) baholanadi.
Ikkinchi shart — “Savol va javob”.
Ushbu shartda ishtirokchilarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ayniqsa oila, xotin-qizlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat hamda jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan 2 tadan savol beriladi va 2 daqiqa vaqt ajratiladi.
Uchinchi shart — “Zamonaviy oʻzbek ayoli” mavzusidagi videorolik namoyishi.
Ushbu shartda ishtirokchilar oʻzlarining faoliyat yoʻnalishi boʻyicha 3 daqiqalik videorolik namoyishini taqdim etadi.
Bunda ishtirokchilar belgilangan yoʻnalishlardan birini tanlagan holda oʻzining faoliyat yoʻnalishini yoritib beradi.
Tanlangan mavzuni yoritishning oʻziga xosligi, rang-barangligi, mavzuga oid materiallardan mahorat bilan foydalana olishi, kreativ yondashuvi hamda keng dunyoqarashi baholanadi.
19. Barcha shartlar Hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi tomonidan 5 ballik mezon asosida baholanadi.
20. Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarida 3 ta shart natijalariga koʻra eng koʻp ball olgan ishtirokchilar gʻolib deb topiladi.
Ballar teng boʻlib qolganida tanlov gʻoliblari eng koʻp bir xil ball olgan ishtirokchilarning tashkiliy qoʻmita tomonidan tayyorlangan qoʻshimcha savollarga bergan javoblari Hakamlar hayʼati tomonidan baholash orqali aniqlanadi.
Hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi.
21. Tanlovning respublika bosqichida belgilangan 3 ta shart asosida ishtirokchilarning toʻplagan ballariga qarab, oliy oʻrin, 1, 2 va 3-oʻrin hamda belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi.
22. Tanlov oʻtkazish boʻyicha Hakamlar hayʼati majlisida bayonnoma yuritiladi va u Hakamlar hayʼati raisi, masʼul kotib va tanlovda qatnashgan Hakamlar hayʼatining boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:
tanlov oʻtkazish joyi va sanasi, tanlovning boshlanish va yakunlanish vaqti;
tanlovda qatnashgan Hakamlar hayʼati aʼzolarining roʻyxati;
tanlovda qatnashgan ayollarning roʻyxati;
baholash varaqasidagi ballarni hisoblash natijalari, shu jumladan har bir ishtirokchi tomonidan toʻplangan ballar;
tanlov gʻolibi mazkur Nizom talablariga koʻra ovoz berish yoʻli bilan aniqlangan boʻlsa — ovoz berish natijalari;
tanlov oʻtkazish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar;
tanlov yakunlari boʻyicha Hakamlar hayʼati qarori, shu jumladan tanlovda nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar;
Hakamlar hayʼati qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Ishtirokchilar tomonidan toʻplangan ballar, ovoz berish natijalari hamda Hakamlar hayʼatining qarori shu kunning oʻzida tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga oʻqib eshittiriladi.
Belgilangan shartlar asosida baholash varaqalari, Hakamlar hayʼati aʼzolari majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
6-bob. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar
23. Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan hujjatlar quyidagi muddatlarda taqdim etilishi lozim:
tanlovning tuman (shahar) bosqichi ishtirokchilari tomonidan oʻz faoliyatiga doir hujjatlar hududdagi tuman (shahar) tashkiliy qoʻmitalariga — har yili 1-oktabrga qadar;
tanlovning tuman (shahar) bosqichida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib boʻlgan xotin-qizlarning faoliyatiga doir hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalariga — har yili 1-noyabrga qadar;
tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib boʻlgan xotin-qizlarning faoliyatiga doir hujjatlar respublika tashkiliy qoʻmitasiga — har yili 1-dekabrga qadar.
24. Ishtirokchilar Tashkiliy qoʻmitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
har bir ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
tanlovda ishtirok etish uchun hududiy Tashkiliy qoʻmita raisi nomiga ishtirokchi tomonidan imzolangan ariza (2-ilova);
tanlov ishtirokchisining maxsus soʻrovnoma shakli (3-ilova);
oʻz faoliyatini aks ettiruvchi maʼlumotlar, koʻrgazmali materiallar;
mehnat faoliyati va erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
diplom hamda turli sertifikat nusxalari;
ish joyidan tavsifnoma (uy bekalari uchun mahalladagi xotin-qizlar faolining tavsifnomasi).
oʻzi, oilasi, jamiyatda tutgan oʻrni, hududidagi faolligi haqida taqdimot;
tanlagan yoʻnalishi boʻyicha faoliyatini ochib beruvchi 3 daqiqalik videorolik;
25. Belgilangan muddatlardan kechiktirib topshirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
7-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash
26. Tanlov bosqichlarida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar hududiy tashkiliy qoʻmitalarning yigʻilish qarori bilan tasdiqlanadi.
Tanlov gʻoliblari hududiy tashkiliy qoʻmitalar bilan kelishgan holda, maxsus diplom va homiylar hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanadi.
27. Tanlovlarda quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
“Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasi:
Vatanimiz tinchligini asrash yoʻlidagi munosib xizmati, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatlarning oldini olish, oilalar farovonligini taʼminlash yoʻlida olib borayotgan namunali faoliyati, chekka va olis hududlarda joylashgan harbiy qism va shaharchalarda xizmat qilayotgan huquq-tartibot (ichki ishlar, prokuratura, mudofaa, chegara qoʻshinlari, milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati, soliq, favqulodda vaziyatlar, bojxona) idoralarida xizmat qilayotgan va shu bilan birga oqila oila bekasi boʻlgan xotin-qizlarga beriladi.
“Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi:
Qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini teran anglaydigan, kamida 2 ta chet tilini biladigan, ilmiy tadqiqoti dolzarb va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshayotgan, shuningdek, ustoz-shogird yoʻnalishida yosh olimlarni yetishtirishda namuna boʻladigan, Oʻzbekiston ilm-fanini dunyoga targʻib qilgan xotin-qizlar bu nominatsiyaga erishishi mumkin.
“Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” nominatsiyasi:
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshayotgan, faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etayotgan, aholi uchun eng koʻp ish oʻrinlarini yaratgan, ehtiyojmand oilalarga mehr-muruvvat koʻrsatayotgan, tadbirkorlikning turli yoʻnalishida oqila oila bekasi, fermer xoʻjaligi rahbari, aholi turmush darajasini yaxshilashga hissa qoʻshayotgan tadbirkor, hunarmand ushbu nominatsiyaga munosib koʻriladi.
“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasi:
Yil davomida ona yurtga muhabbat, qadriyatlarimizga sadoqat, vatanparvarlik kabi gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan badiiy asarlar, xalq amaliy sanʼati, tasviriy sanʼat asarlarini yaratgan, asarlari xorijiy mamlakatlarda tarjima qilinib, eʼlon qilingan, jahon adabiyoti va sanʼatiga salmoqli hissa qoʻshayotgan hamda ushbu ijod namunalari bilan aholining eʼtirofiga sazovor boʻlgan fidoyi, xulqi bilan namuna boʻla oladigan shoira, yozuvchi, jurnalist, suxandon, rassom, aktrisa, xonanda, bastakor xotin-qizlar ushbu nominatsiya gʻolibi boʻlishi mumkin.
“Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” nominatsiyasi:
Ushbu nominatsiyada turli kasblarda yuqori choʻqqilariga erishgan yetuk mutaxassislar, oʻz kasbining sirlarini puxta egallagan, unga zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan, ogʻir va yengil sanoat korxonalarida ishlayotgan va fidoyi mehnati bilan namuna bulayotgan, yosh mutaxassislarga ustozlik qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
“Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi” nominatsiyasi:
Ushbu nominatsiya boʻyicha xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirishda faol ishtirok etayotgan, jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratish, ezgu gʻoyalarni singdirish, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan, obroʻ-eʼtiborli ayollarni oʻz safida birlashtirgan, “Oqila ayollar” harakatini namunali yoʻlga qoʻygan, oilalarni mustahkamlash boʻyicha samarali targʻibot-tashviqot ishlarini faollik bilan olib borayotgan va natijalarini koʻrsatib bera olgan, jamoatchilikka, avvalo, yoshlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsata oladigan faol ayollar taqdirlanadilar.
“Yilning eng yaxshi uy bekasi” nominatsiyasi:
Ushbu nominatsiya mahallada oʻzining maʼnaviyati, maʼrifati, madaniyati bilan eʼtiborga ega boʻlgan, farzand tarbiyasida shaxsiy namuna koʻrsatgan, yuksak fazilatli, elga munosib xizmat qilayotgan yoki jahon miqyosida yutuqlarga ega boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan xonadon ozodaligini saqlagan, xonadonda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlagan uy bekalariga beriladi.
“Yilning eng jonkuyar ustozi” nominatsiyasi:
Ushbu nominatsiya yosh avlodni tarbiyalashda munosib hissa qoʻshayotgan, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va maʼrifiy ishlarning samarali tashkil etayotgan, qizlar tarbiyasida hamkor tashkilotlar bilan yuqori natijalarga erishayotgan, shogirdlari xalqaro yoki respublika olimpiadalarida, tanlovlarda faxrli oʻrin olgan, “Qizlarjon” klubi faoliyatini namunali yoʻlga qoʻygan, ibratli hayot kechirgan namunali ayollar bilan doimiy maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻygan faol ustoz-murabbiylarga beriladi.
“Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi” nominatsiyasi:
Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlashda munosib hissa qoʻshayotgan, sportning ommaviyligini taʼminlab, mahallalarda uy bekalari va yoshi keksa ayollar oʻrtasida sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etayotgan, xotin-qizlarni Oʻzbekiston va xalqaro darajadagi musobaqalardagi ishtirokini taʼminlayotgan va yuqori natijalarga erishishiga hissa qoʻshayotgan tibbiyot yoki sport sohasidagi xotin-qizlarga beriladi.
“Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori” nominatsiyasi:
Barcha tarmoqlarda sohaga va jamiyat rivojiga yangi gʻoyalar kiritayotgan, ushbu gʻoyalarni amalda tatbiq etib, samarali natijaga erishayotgan, ilmiy yoki innovatsion ishlanmasi tijoratlashtirishga yoʻnaltirilgan, gʻoyasi orqali ilm-fanni dunyoga targʻib qilgan xotin-qizlar taqdirlanadi.
“Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyasi:
Ushbu nominatsiya boʻyicha axborot, moliya, logistika, elektron tijorat, elektron taʼlim, biotexnologiya, shuningdek, jamiyatda mavjud ijtimoiy muammolarga va boshqa yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirayotgan, kreativ yondashuvi, oʻzi faoliyat yuritayotgan tashkilotning IT infratuzilmasini yaxshilash, anʼanaviy elektron formatdan raqamli koʻrinishga oʻtkazgan yoki mustaqil ravishda dasturlash bilan shugʻullanayotgan ayollar taqdirlanadi.
28. Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida tanlovni oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash Oila va xotin-qizlar davlat maqsadli jamgʻarmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda moliyalashtiriladi va mablagʻlar taqsimlanadi.
29. Tanlovning respublika bosqichida oliy oʻrin — Gran-pri hamda 1, 2 va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Tanlovda oliy oʻrin — Gran prini qoʻlga kiritgan ishtirokchi oliy darajadagi diplom, statuetka va Prezident sovgʻasi — avtomobil bilan;
1-oʻrinni olgan ishtirokchi 1-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan;
2-oʻrinni olgan ishtirokchi 2-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan;
3-oʻrinni olgan ishtirokchi 3-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovning yakuniy respublika bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga taqdim etiladigan sovrinlar miqdori tanlovga kamida 10 kun qolgunga qadar Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Tanlovda faol ishtirok etib, belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi.
30. Tanlovning barcha bosqichlarida sovrinli oʻrinlar hamda nominatsiyalar boʻyicha maxsus diplomlar, sovrinlar, belgilangan mukofotlar va sovgʻalar tanlovda gʻolib deb topilgan ishtirokchilarga Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita aʼzolari hamda homiylar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
31. Tanlovning barcha bosqichlarida Tanlov natijalarini eʼlon qilish hamda gʻoliblarni taqdirlash jarayonlari ishtirokchilar, hayʼat aʼzolari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilingan holda amalga oshiriladi.
Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari markaziy va ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda shu jumladan tashkilotchilar nashrlarida eʼlon qilinadi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
32. Tanlovning barcha bosqichlarida gʻolib boʻlgan hamda faol qatnashgan ishtirokchilarning hujjatlari Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda hududiy boʻlimlarida 1 yil muddatda saqlanadi.
33. Tanlov ishtirokchilari Hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda Hakamlar hayʼati raisi nomiga appelyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin.
Appelyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, uch ish kuni ichida koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
34. Ishtirokchining shikoyati (arizasi) qanoatlantirilsa, tanlov natijalari Hakamlar hayʼati tomonidan qayta koʻrib chiqiladi va unga oʻzgartishlar kiritiladi. Hakamlar hayʼatining ushbu qarori yakuniy hisoblanib, qaror qayta tasdiqlanadi.
35. Tanlovni Ushbu Nizom talablari hamda qonuniylik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik kabi asosiy prinsiplarga rioya qilgan holda tashkil etish va oʻtkazishga respublika va hududiy tashkiliy qoʻmitalarning raislari va aʼzolari shaxsan javobgar hisoblanadi.
36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga1-ILOVA
“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Ishtirokchilar Muddatlar 1-bosqich Tashkiliy qoʻmita (saralash bosqichi) 1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha saralash bosqichini oʻtkazish. 2. Saralash tadbirlari natijalari boʻyicha nomzodlarni tanlovida ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. Korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan hamda uy bekalari boʻlgan xotin-qizlar oktabr 2-bosqich Tuman (shahar) tashkiliy qoʻmita, Hakamlar hayʼati (tuman va shahar bosqichi) 1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha tuman va shahar bosqichini oʻtkazish. 2. Tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Hakamlar hayʼati qarorini qabul qilish va Hududiy tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish. Birinchi bosqichda saralashdan oʻtgan xotin-qizlar noyabr 3-bosqich Hududiy tashkiliy qoʻmita, Hakamlar hayʼati (viloyat bosqichi) 1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha viloyat bosqichini oʻtkazish. 2. Tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Hakamlar hayʼati qarorini qabul qilish va Respublika tashkiliy qoʻmitasiga taqdim etish. Tuman va shahar bosqichida tanlovdan oʻtgan xotin-qizlar noyabr 4-bosqich Respublika tashkiliy qoʻmita, Hakamlar hayʼati (respublika bosqichi) 1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha respublika bosqichini oʻtkazish. 2. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash. Viloyat bosqichida tanlovdan oʻtgan xotin-qizlar dekabr
“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga2-ILOVA
“Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
T/r F.I.Sh. Ish joyi lavozimi Tashkiliy qoʻmitadagi lavozimi 1. Kadirxanova Malika Akbarovna Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Tashkiliy qoʻmita raisi 2. Parpiboyeva Ozoda Abdukadirovna Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Tashkiliy qoʻmita raisi hamraisi 3. Boʻtayeva Farida Qoʻziyevna Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (kelishuv asosida) Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 4. Toshqulov Abduqodir Xamidovich Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 5. Turdiqulova Shahloxon Oʻtkurovna Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 6. Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 7. Rahimova Nigina Xayrullayevna “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 8. Rashidova Gulzoda Ataxanovna Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 9. Lavozimiga koʻra Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻlimi boshligʻi Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi
Izoh: respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibiga kiritilgan davlat va jamoat tashkilotlarning masʼul xodimlari lavozimdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda lavozimiga koʻra ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki saylangan masʼul xodimlar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga3-ILOVA
“Yil ayoli” milliy tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
NAMUNAVIY TARKIBI
T/r F.I.Sh. Ish joyi lavozimi Tashkiliy qoʻmitadagi lavozimi 1. Lavozimiga koʻra Viloyat hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Tashkiliy qoʻmita raisi 2. Lavozimiga koʻra Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi Tashkiliy qoʻmita raisi hamraisi 3. Lavozimiga koʻra Hududdagi oliy taʼlim muassasasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 4. Lavozimiga koʻra Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 5. Lavozimiga koʻra Viloyat Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 6. Lavozimiga koʻra Xotin-qizlar faoliyati bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 7. Lavozimiga koʻra Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi
Izoh: hududiy tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritilgan davlat va jamoat tashkilotlarning masʼul xodimlari lavozimdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda lavozimiga koʻra ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki saylangan masʼul xodimlar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga4-ILOVA
“Yil ayoli” milliy tanlovining tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
NAMUNAVIY TARKIBI
T/r F.I.Sh. Ish joyi lavozimi Tashkiliy qoʻmitadagi lavozimi 1. Lavozimiga koʻra Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Tashkiliy qoʻmita raisi 2. Lavozimiga koʻra Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi Tashkiliy qoʻmita raisi hamraisi 3. Lavozimiga koʻra Hududdagi oliy taʼlim muassasasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 4. Lavozimiga koʻra Tuman (shahar) Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 5. Lavozimiga koʻra Tuman (shahar) Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 6. Lavozimiga koʻra Xotin-qizlar faoliyati bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Tashkiliy qoʻmita aʼzosi 7. Lavozimiga koʻra Oila va xotin-qizlar boʻlimining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish va boshlangʻich tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi
Izoh: tuman (shahar) tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritilgan davlat va jamoat tashkilotlarning masʼul xodimlari lavozimdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda lavozimiga koʻra ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki saylangan masʼul xodimlar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida”gi KQ-214-IV-sonli Qaroriga kiritilayotgan oʻzgartishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida”gi KQ-214-IV-sonli Qarorining:
1-bandidagi “va “Gender tenglik faoli” koʻrik-tanlovlari” degan soʻzlar “koʻrik tanlovi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandidagi “2-“a” hamda “2-“b” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
2-“a” hamda 2-“b” ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
