2022-yil hosilidan bugʻdoyni xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (284-son)
30.05.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki bozorni bugʻdoy va un mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qaroriga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022-yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonnadan — jami 2 550 ming tonna bugʻdoyning:
1 783 ming tonnasini tovar bugʻdoy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasini urugʻlik uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan xarid qilish;
500 ming tonnasini fermer xoʻjaliklari hamda boshqa gʻalla yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamgʻarmaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2022-yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonna jami 2 550 ming tonna bugʻdoyni “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga qabul qilish dislokatsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, tumanlar hokimliklari bir hafta muddatda “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga davlat resurslariga xarid qilinadigan, vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan hamda urugʻlik bugʻdoy hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tuman hokimligi rasmiy veb-saytida fermer xoʻjaliklari hamda boshqa gʻalla yetishtiruvchilar (keyingi oʻrinlarda — bugʻdoy yetishtiruvchilar) kesimida joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan bugʻdoyni saqlash, birja savdolariga chiqarish va xaridorga yuklab joʻnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Belgilansinki, davlat resurslariga xarid qilinadigan bugʻdoy uchun toʻlovlar dastlabki bosqichda 2-ilovaga muvofiq narxlarda bugʻdoy topshirilgan kundan boshlab ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning toʻlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-maydagi PF-141-son Farmoni talablari asosida roʻyxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan bugʻdoy yetishtiruvchilarning maxsus hisobvaraqlariga toʻliq oʻtkazib beriladi.
2022-yilning iyul-avgust oylarida birjada bugʻdoy sinflari uchun shakllangan oʻrtacha narxdan (oʻrtacha kotirovka) kelib chiqib, 2022-yil sentyabr oyida toʻliq qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
6. “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tomonidan urugʻlik bugʻdoyning har bir tonnasi 3 mln soʻmdan tegishli nav ustamalari hisobga olingan holda xarid qilinadi.
Bunda urugʻlik bugʻdoyni xarid qilish va tayyorlash uchun Jamgʻarma tomonidan “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga olti oy muddatga yillik 1,5 foiz stavkada qarz mablagʻlari ajratiladi.
7. Jamgʻarma oʻn kun muddatda:
Transport vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil hosili uchun bugʻdoyni tashishning tavsiyaviy tariflarini;
“Oʻzdonmahsulot” AK va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda bugʻdoyni qabul qilish, ichki tashish, saqlash va yuklab joʻnatish boʻyicha xizmatlar tariflarining eng yuqori cheklangan darajasini tasdiqlab joylarga yetkazilishini taʼminlasin.
8. Moliya vazirligi:
ijtimoiy muassasalar va boshqa budjet tashkilotlarining oziq-ovqat xarajatlari uchun haqiqatda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlarni keyingi oylarda rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish boʻyicha xarajatlar parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
2022-yil 1-sentabrga qadar ijtimoiy soha muassasalari va boshqa budjet tashkilotlarining oziq-ovqat xarajatlari uchun yil yakuniga qadar talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlarni moliyalashtirish manbalarini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Jamgʻarma bilan birgalikda:
davlat resurslariga xarid qilinadigan va vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyish boʻyicha oylik grafik ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
birja savdolariga qoʻyiladigan bugʻdoy hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kalendar oyi boshlanishidan besh kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun taqdim etib borsin;
zarur hollarda, ichki bozorda narx barqarorligini taʼminlash maqsadida bugʻdoy tanqisligi kuzatilgan hududlar uchun birja savdolariga qoʻshimcha hajmlar ajratish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga:
birja savdolaridan bugʻdoy xarid qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan un mahsulotining grafik asosida birja savdolariga chiqarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish vazifasi yuklansin;
zarur hollarda, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan bugʻdoy va un mahsulotining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda unga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.
11. Belgilansinki, davlat zaxirasidagi bugʻdoyni yangilash (almashtirish) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi va Jamgʻarmaning yozma koʻrsatmasiga asosan tijorat vakili tomonidan xarid qilinadigan yangi hosilni jamlash va avval zaxirada saqlangan bugʻdoyni birja savdolariga chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Bunda bugʻdoyni yangilash jarayonida ajratib olinadigan donli aralashma (oraliq mahsulot) birja savdolari orqali sotiladi hamda yuzaga kelgan salbiy farq va qoʻshimcha xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar bugʻdoyni Jamgʻarma nomidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan sotib olish, saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklash tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat vakili hisoblanadi.
13. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzdonmahsulot” AK bilan birgalikda 2023-yil 10-iyun holatiga “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarning elevatorlarida davlat zaxirasi maqsadlari uchun saqlanayotgan bugʻdoy hajmlari toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
14. 2022-yil 1-iyundan boshlab 2021-yil hosilidan davlat resurslariga xarid qilingan bugʻdoy qoldigʻi un mahsulotini ishlab chiqarishga qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bir tonnasi uchun 3 mln soʻmdan qayta baholansin.
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Markaziy bank hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Omborxona guvohnomasi” moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslarini yaratsin.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari va sektor rahbarlarining quyidagilar uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin:
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining, birinchi navbatda, qolipli non ishlab chiqaruvchi va un mahsulotining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarning mahalliy un mahsuloti boʻyicha oʻtkaziladigan birja savdolarida ishtirok etishiga imkoniyat yaratish va ularning ushbu savdolarga jalb etilishini taʼminlash;
barcha aholi punktlarida, ayniqsa, olis va chekka hududlardagi isteʼmolchilarga un mahsuloti va qolipli nonning uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;
hududlardagi maxsus isteʼmolchilar, ijtimoiy soha muassasalari, budjet tashkilotlari va ularga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birja savdolarida qatnashishini va ularni doimiy un mahsulotlari bilan taʼminlash;
2022-yil iyun oyida mahalliy bozorlarda un va un mahsulotlari narxlarining oʻzgarishiga qarab, ijtimoiy soha muassasalari uchun mahalliy hokimliklar huzuridagi komissiyalar tomonidan belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlarini har hafta yangilab borish;
bozorlar hamda doʻkonlarda un va un mahsulotlari narxlarining sunʼiy ravishda oshib ketishining oldini olish boʻyicha har bir tuman (shahar)da shtab tashkil etish hamda uning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
17. Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning toʻlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-maydagi PF-141-son Farmoni talablari asosida roʻyxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan tijorat vakiliga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hamda vaqtincha saqlash uchun bugʻdoy topshirgan bugʻdoy yetishtiruvchilarning mahsulot sotishdan tushgan mablagʻlarining harakati qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlarda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
18. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida hamda Internet jahon axborot tarmogʻida aholi oʻrtasida keng yoritilishi va tushuntirilishini taʼminlasin.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-may,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-maydagi 284-son qaroriga 1-ILOVA
2022-yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonna jami 2 550 ming tonna bugʻdoyni “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga qabul qilish
DISLOKATSIYASI
tonna T/r Korxonalar nomi Jami qabul qilinadigan bugʻdoy shu jumladan: Tovar bugʻdoy shundan: Urugʻlik bugʻdoy Davlat resurslariga xarid qilinadigan bugʻdoy Vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoy Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ 17 850 14 100 11 013 3 087 3 750 2. “Chimboy don mahsulotlari” MChJ 13 330 11 470 8 959 2 511 1 860 3. “Taxiatoshdonmahsulotlari” AJ 21 695 17 435 13 617 3 818 4 260 4. “Qoʻngʻirot un zavodi” AJ 6 195 5 745 4 487 1 258 450 5. “Toʻrtkoʻl don mahsulotlari” MChJ 14 930 12 000 9 373 2 627 2 930 JAMI 74 000 60 750 47 448 13 302 13 250 Andijon viloyati 6. “Andijondonmahsulotlari” AJ 83 497 74 827 58 443 16 384 8 670 7. “Asakadonmahsulotlari” AJ 75 173 72 023 56 253 15 770 3 150 8. “Qoʻrgʻontepadonmahsulot” AJ 61 918 54 658 42 690 11 968 7 260 JAMI 220 588 201 508 157 386 44 122 19 080 Buxoro viloyati 9. “Buxorodonmahsulotlari” AJ 68 720 58 280 45 519 12 761 10 440 10. “Qorakoʻldonmahsulotlari”AJ 57 320 52 820 41 255 11 565 4 500 11. “Kogondonmahsulotlari”AJ 26 410 26 200 20 463 5 737 210 JAMI 152 450 137 300 107 237 30 063 15 150 Jizzax viloyati 12. “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ 94 424 81 924 63 986 17 938 12 500 13. “Zarbdor elevatori” AJ 42 403 41 228 32 201 9 027 1 175 14. “Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ 101 258 91 558 71 511 20 047 9 700 JAMI 238 085 214 710 167 698 47 012 23 375 Qashqadaryo viloyati 15. “Qashqadaryodonmaxsulotlari” AJ 40 842 38 000 29 680 8 320 2 842 16. “Koson DMQQ” MChJ 93 967 85 462 66 749 18 712 8 505 17. “Don-xalq rizqi” AJ 48 819 44 140 34 475 9 665 4 679 18. “Dunyo-M” AJ 129 022 117 356 91 660 25 696 11 666 19. “Qamashi DQQ” MChJ 50 608 43 300 33 819 9 481 7 308 JAMI 363 258 328 258 256 383 71 874 35 000 Navoiy viloyati 20. “Navoiydonmahsulotlari” AJ 65 715 55 522 43 365 12 157 10 193 21. “Qiziltepa un zavodi” AJ 20 778 20 778 16 229 4 549 JAMI 86 493 76 300 59 594 16 706 10 193 Namangan viloyati 22. “Namangandonmahsulotlari” AJ 73 996 67 761 52 925 14 837 6 235 23. “Uchqoʻrgʻondonmahsulotlari” AJ 60 131 51 542 40 257 11 286 8 589 24. “Popdonmahsulotlari” AJ 49 331 47 215 36 877 10 338 2 116 JAMI 183 459 166 519 130 059 36 461 16 940 Samarqand viloyati 25. “Samarqanddonmahsulotlari” AJ 76 036 64 978 50 751 14 227 11 058 26. “Oqtosh don” �J 77 093 64 272 50 199 14 073 12 821 27. “Juma elevatori” AJ 45 421 45 421 35 476 9 945 28. “Jomboydonmahsulotlari” AJ 66 442 60 921 47 582 13 339 5 521 JAMI 264 992 235 592 184 007 51 585 29 400 Surxondaryo viloyati 29. “Surxondaryodonmahsulotlari” AJ 92 867 79 563 62 142 17 421 13 304 30. “Shoʻrchidonmahsulotlari” AJ 120 453 110 457 86 272 24 185 9 996 JAMI 213 320 190 020 148 414 41 606 23 300 Sirdaryo viloyati 31. “Oqoltin don mahsulotlari” AJ 109 100 89 100 69 591 19 509 20 000 32. “Xovos don mahsulotlari” AJ 55 300 55 300 43 191 12 108 JAMI 164 400 144 400 112 782 31 617 20 000 Toshkent viloyati 33. “Toshkentdonmahsulotlari” AJ 124 377 112 867 88 154 24 713 11 510 34. “Ohangaron don” AJ 96 260 85 760 66 982 18 778 10 500 35. “Gʻalla-Alteg” AJ 49 580 44 080 34 428 9 652 5 500 JAMI 270 217 242 707 189 565 53 142 27 510 Fargʻona viloyati 36. “Fargʻonadonmahsulotlari” AJ 68 535 61 445 47 991 13 454 7 090 37. “Bogʻdoddonmahsulotlari” AJ 54 411 48 491 37 874 10 617 5 920 38. “Soʻx don” MChJ 1 933 1 433 1 119 314 500 39. “Qoʻqondonmahsulotlari” AJ 114 953 104 963 81 981 22 982 9 990 40. “Quvadonmahsulotlari” AJ 15 168 13 668 10 675 2 993 1 500 JAMI 255 000 230 000 179 640 50 360 25 000 Xorazm viloyati 41. “Xorazmdonmahsulotlari” AJ 20 037 17 437 13 619,4 3 818 2 600 42. “Bogʻot don” AJ 13 138 11 388 8 894,8 2 494 1 750 43. “Shovot don mahsulotlari” AJ 14 930 13 005 10 157,5 2 848 1 925 44. “Xonqa don mahsulotlari” AJ 15 682 13 657 10 666,7 2 990 2 025 JAMI 63 788 55 488 43 338,4 12 149 8 300 Respublika boʻyicha jami 2 550 050 2 283 552 1 783 552 500 000 266 498
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-maydagi 284-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yil hosilidan davlat resurslariga xarid qilinadigan bugʻdoy uchun dastlabki bosqichda toʻlovni amalga oshirish narxlari
(1 tonna uchun soʻm) Bugʻdoy sinflari Kleykovina miqdori (foizdan kam boʻlmaganda) Narx (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan birga) Qattiq bugʻdoy 1 sinf 28 4 922 280 2 sinf 25 4 341 270 3 sinf 22 3 949 490 4 sinf 18 3 000 000 Yumshoq bugʻdoy 1 sinf 32 4 098 100 2 sinf 28 3 484 940 3 sinf 23 3 000 000 4 sinf 18 2 683 920 5 sinf qattiq va yumshoq bugʻdoy chegaralanmagan 2 481 520
