“Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-515-IV-son)
28.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 26-aprel kuni qabul qilingan “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir “Yoʻl xaritasi”ning oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 28-aprel,
SQ-515-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-apreldagi SQ-515-IV-sonli Qaroriga ILOVA
“Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITA”
T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Hujjat shakli Muddat Masʼul idoralar I. Transplantatsiya jarayonlarini sifatli amalga oshirilishi uchun zarur boʻlganqonunosti hujjatlarni ishlab chiqish 1. Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya qilish tartibini belgilash. 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi “Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 859-son qarorini qayta koʻrib chiqish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyul Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar 2. “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini inobatga olgan holda, tirik donordan yoki inson murdasidan olingan inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya qilish tartibini belgilashga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: transplantatsiya obyektlari roʻyxatini tasdiqlash; i�son aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini olishni hamda ularning transplantatsiyasini amalga oshiruvchi davlat tibbiyot muassasalari roʻyxatini tasdiqlash; transplantatsiyaga nisbatan koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalar belgilash, shu jumladan transplantatsiya qilish uchun inson aʼzolari va toʻqimalari donorligiga qarshi koʻrsatma mavjud boʻlgan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash; inson aʼzolari va toʻqimalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish tartibini belgilash. 2022-yil sentyabr 3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2022-yil sentyabr 2. Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarining transplantatsiyasi vaqtida videotasvirga olish tartibini belgilash. Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarining transplantatsiyasi vaqtida videotasvirga olish tartibini belgilashga yoʻnaltirilgan buyruq loyihasini tasdiqlash. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish: retsipiyent va donorni boʻlajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan oʻz sogʻligʻi uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida ogohlantirish jarayonini majburiy tartibda videoyozuvga qayd etish; transplantatsiya jarayonini videotasvirga olish, videoyozuvni saqlash tartibini belgilash hamda videoyozuvdagi axborotni oshkor qilinishining oldini olish. Idoralararo buyruq loyihasi 2022-yil dekabr Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov) 3. Sogʻliqni saqlash vazirligining Etika Qoʻmitasi qoshidagi inson aʼzolari, toʻqimalari va xujayralarning transplantatsiya masalalari boʻyicha Etika Komissiyasini tuzish. 1. Etika Komissiyasini nizomini tasdiqlash. 2. Manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Etika Komissiyasi tarkibini belgilash. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Ad�iya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar 4. Inson aʼzolari va toʻqimalarni transplantatsiyasini oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa berish tartibini tasdiqlash. 1. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻini ijroga qaratish. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi 2022-yil iyul Sogʻliqni saqlash vazirligi(Musayev) 5. Tirik donor va retsipiyentni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha tahlillar roʻyxatini tasdiqlash. 1. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻini ijroga qaratish. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi 2022-yil iyul Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 6. Inson miya oʻlimini aniqlash qoidalari, reanimatsiya tadbirlarini toʻxtatish va inson oʻlimini aniqlash protokoli shaklini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash. 1. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻini ijroga qaratish. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi 2022-yil iyul Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) II. Transplantatsiya xizmatini aholiga yaqinlashtir�sh va barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini yoʻlga qoʻyish 7. Barcha hududlarda inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotining yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash. 1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan hududlarga chiqish boʻyicha reja-grafik tuzish. 2. Oʻzining vertikali boʻyicha quyi tibbiyot tashkilotlari bilan bemorlarni tanlab olish va inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi amaliyotlariga tayyorlash. 3. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari mutaxassislari tomonidan hududiy mutaxassislarini jalb etgan holda, hududiy tibbiyot tashkilotlarida inson aʼzolari va toʻqimalari amaliyotlarini bajarish. 4. Tadbirni OAV orqali namoyish qilish va yoritish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil iyun reja-grafik asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 8. Hududiy tibbiyot muassasalari tomonidan donor va retsipiyentlarni transplantatsiyaga tayyorlash hamda undan keyingi davolanish va kuzatuvni samarali tashkil qilish. 1. Hududlarda donor va retsipiyentlarni transplantatsiyaga tayyorlash hamda undan keyingi davolanishni va kuzatuvni olib boradigan masʼul shaxs tayinlash. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil iyun Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 2. Hududlarda donor va retsipiyentlarni transplantatsiyaga tayyorlash hamda undan keyingi davolanishni va kuzatuvni olib boradigan masʼul shaxs va tibbiy psixolog uchun ish stavkasini ajratish. 3. Hududlarda donor va retsipiyentlarni transplantatsiyaga tayyorlash hamda undan keyingi davolanishi uchun amaldagi oʻrinlar doirasida shifo-oʻrinlar koykalar (kamida — 10 ta) budjet hisobidan ajratish. 2022-2023-yillar 9. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning barcha filiallarida jigar transplantatsiyasi amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish. 1. Xorijiy universitetlar klinikalari bilan imzolangan Memorandumlar doirasida mutaxassislar bilan hamkorlikda jigar transplantatsiyasi amaliyotiga tayyorgarlik koʻrish. Bunda: jigar transplantatsiyasi amaliyotlarini bajarilishi uchun zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar roʻyxatini tuzish; tegishli asbob-uskunalarni xarid qilish; yetakchi xorijiy universitetlar va klinikalar mutaxassislarini taklif etish; jigar transplantatsiyasi uchun tibbiy kadrlarni tayyorlash. 2. Hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirni OAV orqali namoyish qilish va yoritish. 3. Kelgusidagi jigar transplantatsiyasi amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha reja-jadval tuzish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-2023yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 10. Transplantatsiya amaliyotiga muhtoj bemorlar, sh�ningdek transplantatsiya amaliyoti oʻtkazilgan bemorlarni doimiy yangilanib boruvchi roʻyxatga olish. 1. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan ishlab chikilgan yangilanib boruvchi roʻyxatga (registrga) kiritib borish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 2. Hududlarda doimiy nazoratga olish uchun masʼul shaxsni tayinlash. 2022-yil iyun 3. Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh transplantologi tomonidan registr boʻyicha https://trans.nefro.uz/ veb-saytining takdimotini oʻtkazish. 2022-yil sentyabr 4. Taqdimot natijalari boʻyicha hududlarga oʻrganish oʻtkazish va mavjud holatni taxdil qilish. 2022-yil dekabr 11. Transplantatsiya bilan shugʻullanadigan respublika tibbiyot markazlarda transplantatsiya amaliyoti oʻtkazilgan bemorlarni keyingi kuzatuvini olib borish uchun reabilitatsiya boʻlimlarini tashkil qilish. 1. Amaldagi shtatlar doirasida retsipiyentlarni transplantatsiyadan keyingi davolanishni va kuzatuvni olib boradigan xodimlar uchun ish stavkalarini ajratish. 2. Amaldagi shifo-oʻrinlar doirasida reabilitatsiya boʻlimlarini (kamida — 10 ta shifo-oʻrinlari) budjet hisobidan tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-2023-yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) III. Transplantatsiya bilan shugʻullanadigan davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar va dori vositalari bila� taʼminlash 12. Transplantatsiya bilan shugʻullanadigan davlat tibbiyot muassasalari transplantatsiya boʻlimlarini tibbiy texnika va tibbiy buyumlar bilan minimal jihozlash standartlari roʻyxatini ishlab chiqish. 1. Transplantatsiya bilan shugʻullanadigan davlat tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini inventarizatsiyadan oʻtkazish. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi 2022-yil iyul-avgust Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 2. Transplantatsiya boʻlimlarini tibbiy texnika va tibbiy buyumlar bilan minimal jihozlash standartlari roʻyxatini ishlab chiqish. 2022-yil sentyabr 3. Jihozlash standartlari roʻyxatin� tasdiqlash. 2022-yil noyabr 13. Respublika ixtisoslashtirilshgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilik koʻchirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 1. Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maxsus amaliyot kompleks binosini qurish va jihozlash. 2. Respublika gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil noyabr Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 14. Transplantatsiya oʻtkazish uchun donor tana aʼzolari va toʻqimalarini morfologik tekshiruvlarini oʻtkazish. 1. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Xirurgiya hamda Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi markazlariga sotib olish uchun asbob-uskuna va reagentlarni taxminiy sarf-harajatlari boʻyicha taklif kiritish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-2023-yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev) 2. Moliyalashtirish manbasini aniqlash. 3. Transplantatsiya amaliyotlari bilan shugʻullanayotgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarni morfologik tekshiruvlar uchun asbob-uskunasi bilan jihozlash. 2022-2023-yillar 15. Respublika tibbiyot muassasalarida va hududlardagi koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini qondagi takrolimus/siklosporin darajasini aniqlash tekshiruvini yoʻlga qoʻyish. 1. Respublika tibbiyot muassasalarini va hududlardagi koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini analizator va reagentlarni sotib olish uchun (17 dona) tahminiy sarf-xarajatlari boʻyicha taklif kiritish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil iyul Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev) 2. Moliyalashtirish manbasini aniqlash. 3. Respublika tibbiyot muassasalari va hududlardagi koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini jihozlash. 2022 — 2025 yillar 16. Donor va retsipiyentlarni transplantatsiyaga tayyorlash uchun immunogenetik tekshiruvlarni yoʻlga qoʻyish. 1. Respublika tibbiyot muassasalarini immunogenetik analizator va reagentlarni sotib olish uchun taxminiy sarf-harajatlari boʻyicha taklif kiritish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil iyul Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev) 2. Moliyalashtirish manbasini aniqlash. 3. Respublika tibbiyot muassasalarini immunogenetik analizator va reagentlar bilan jihozlash. 2022-2023-yillar 17. Transplantatsiya operatsiyasi oʻtkazilgan shaxslarni sifatli (original) immunosupressor dori vositalari bilan taʼminlash. 1. Sogʻliqni saqlash vazirining 2019-yil 15-martdagi 73-son buyrugʻini qayta koʻrib chiqish. 2. Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻini yangi tahrirda tasdiqlash. 3. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha sifatli (original) dori vositalarini xarid qilish va taqsimlash. Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi 2022-yil iyun Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 18. Transplantologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish. 1. Xorijiy tajribani oʻrganish. 2. Respublikada transplantologiya sohasida yagona ilmi-amaliy markazini tashkil etishni asoslantirish. Bunda, klinik transplantologiya, rekonstruktiv jarrohlikning nazariy va eksperimental jihatlarini yaratilishi, transplantologiya sohasida yagona ilmiy maktabni yaratilishi, aholiga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik yordam koʻrsatilishi, kattalar va bolalarda organlar transplantatsiyasini (buyrak, jigar, yurak-oʻpka) nazarda tutish. 3. Transplantologiya ilmiy-amaliy markazini tashkil etish masalasi boʻyicha Prezident Administratsiyasiga taklif kiritish. Tahliliy maʼlumot 2022-yil dekabr Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 19. Oliy tibbiy taʼlim muassasalari talabalariga murda bilan ishlashga ruhsat berish. 1. Oliy tibbiy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish. 2. Amaliy mashgʻulotlarga murda bilan ishlashga ruxsat berish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov) IV. Transplantatsiya xizmati uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularning yetakchi tibbiyot markazlarida malakasini oshirish, stajirovkadan oʻtkazish va qayta tayyorlash 20. Hududlarda transplantolog, immunolog, nefrolog, infeksionist, gastroenterolog, gepatolog va boshqa zarur shifokorlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishini tashkil etish. 1. Hududlarda transplantolog, immunolog, nefrolog, infeksionist, gastroenterolog, gepatolog va boshqa zarur shifokorlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni oʻrganish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil avgust Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 2. Ehtiyojdan kelib chiqib, tayyorlanishi zarur boʻlgan tibbiyot xodimlarni hududlar kesimida roʻyxatini shakllantirish. 2022-yil noyabr 3. Respublika tibbiy xodimlar kasbiy malakasini rivojlantirish markazida qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlash. Reja-jadval 2022-yil dekabr 4. Kelgusida ularni xorijiy klinikalarga malakasini oshirishga yuborish. 2023-2024-yillar 21. Xorijiy transplantatsiya bilan shugʻullanadigan yetakchi klinikalar bilan imzolangan Memorandum va boshqa shartnomalar doirasida mutaxassislarni tayyorlash. 1. Transplantatsiya sohasi boʻyicha zarur boʻlgan mutaxassislar sonini aniqlash. Bunda, yiliga 10 tadan kam boʻlmagan respublika yetakchi muassasalar va hududiy muassasalar mutaxassislarini malaka oshirish va stajirovkadan oʻtish uchun yuborish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlash. Reja-jadval Har yili 1-yanvarga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 2. Har yili tasdiqlanadigan reja-jadvalga muvofiq mutaxassislarni xorijda malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishini Davlat budjeti hisobidan amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2024 yillar 22. Oʻzak hujayralarini transplantatsiyasi bilan shugʻullanadigan yetakchi klinikalar bilan imzolangan Memorandum va boshqa shartnomalar doirasida mutaxassislarni tayyorlash. Oʻzak hujayralarini kattalar va bolalar transplantatsiyasi boʻyicha gematolog-transplantolog (6 nafar) va vrach-laborantlarni (4 nafar) xorijda malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishini Davlat budjeti hisobidan amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2024-yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) 23. Respublika tibbiy xodimlar kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va oliy tibbiy taʼlim muassasalarida tibbiy psixologlarni tayyorlash. 1. Tibbiy psixologlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni oʻrganish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov) 2. Ehtiyojdan kelib chiqib, psixologlardan tayyorlanishi zarur boʻlgan tibbiy psixologlarni tayyorlash uchun Respublika tibbiy xodimlar kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va oliy tibbiy taʼlim muassasalarida oʻquv dasturlarni ishlab chiqish. 2022-yil noyabr-dekabr 3. Respublika tibbiy xodimlar kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va oliy tibbiy taʼlim muassasalarida tibbiy psixologlarni tayyorlash. 2023-2024-yillar 24. Oliy tibbiy taʼlim muassasalarida transplantologiya kafedralarini tashkil qilish. 1. Oliy tibbiy taʼlim muassasalarida transplantologiya kafedralarini tashkil qilish. 2. Kafedralarning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan jihozlash. 3. Oliy tibbiy taʼlim muassasalarining transplantologiya kafedralarida faoliyat olib boradigan mutaxassislarni Akademik V. Voxidov nomidagi Xirurgiya markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasida malakasini oshirish. Am�liy chora-tadbirlar 2022-2023-yillar Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), oliy tibbiy taʼlim muassasalari (rektorlar)
Izoh. “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi va boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin.
