Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-251-son)
20.05.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor oʻsimliklarni keng qoʻllash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etish uchun yer maydonlarini ajratishning yigʻma maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarida dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etishning maqsadli koʻrsatkichlari 1.1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻrmon fondi yerlarida dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etishning maqsadli koʻrsatkichlari 1.2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yaylov yer maydonlarida kavrak madaniy plantatsiyalarini barpo etishning maqsadli koʻrsatkichlari 1.3-ilovaga muvofiq;
“Bir tuman — bir mahsulot” tamoyili asosida dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlashni kengaytirish hamda aholi oʻrtasida undan foydalanishni targʻib qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari dorivor oʻsimliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun mos boʻlgan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga oyma-oy grafik asosida qoʻyib borishni taʼminlasin.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N.J. Bakirov) dorivor oʻsimliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun mos boʻlgan, oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga 2022-yil 1-avgustdan boshlab oyma-oy grafik asosida qoʻyib borishni taʼminlasin.
Jizzax viloyati hokimligi (E.A. Saliyev) 2022 — 2026-yillarda zaʼfaron oʻsimligi madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun mos boʻlgan 2 000 gektar yer uchastkasini qonunchilikda belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin hamda 2022-yilda zaʼfaron plantatsiyalarini kamida 2 baravarga koʻpaytirish choralarini koʻrsin.
2. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) ikki oy muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda sertifikatlangan dorivor oʻsimliklarning urugʻchiligi va koʻchatchiligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalar boʻyicha grant tanlovlarini eʼlon qilishni taʼminlasin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
davlat tibbiyot muassasalarida, jumladan har bir poliklinikada, dorivor oʻsimliklar vositasida davolashga moʻljallangan xalq tabobati xonalari va fitobarlar tashkil qilinadi;
Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasi qoshida Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining 40 oʻrinli davolash boʻlimi va hududlarda filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
2022-yil 1-sentabrdan boshlab xalq tabobatini keng targʻib qilish maqsadida “Ibn Sino ilmining bilimdonlari” tanlovi oʻtkaziladi.
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev):
2022-yil 1-iyundan boshlab samarasi isbotlangan dorivor oʻsimliklarni bosqichma-bosqich tibbiy yordam koʻrsatish standartlari va protokollariga kiritish. Bunda, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yangi yaratilgan hamda ishlab chiqarishga joriy etilgan dori vositalarining tibbiyot amaliyotida keng qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida klinik protokollar, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlari har olti oyda qayta koʻrib chiqiladi;
uch oy muddatda barcha davlat tibbiyot taʼlim muassasalarida dorivor oʻsimliklar va xalq tabobati boʻyicha taʼlim berishga yoʻnaltirilgan kafedralarni tashkil etish boʻyicha taklif kiritish;
shifokorlarni dorivor oʻsimliklar va xalq tabobati usullari asosida davolash boʻyicha qayta tayyorlash va ixtisoslashtirishni hamda terapevt, umumiy amaliyot va oilaviy shifokorlarni tayyorlashda chuqurlashtirilgan oʻqitishni tashkil etish;
davlat tibbiyot muassasalarida, jumladan har bir poliklinikada dorivor oʻsimliklar vositasida davolashga moʻljallangan xalq tabobati xonalari va fitobarlarni tashkil qilish;
Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasi qoshida Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining 40 oʻrinli davolash boʻlimi va hududlarda filiallari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
2022-yil 1-sentabrdan boshlab xalq tabobatini keng targʻib qilish maqsadida “Ibn Sino ilmining bilimdonlari” tanlovini oʻtkazish;
tibbiyot amaliyotida samarasi isbotlangan va asosiy dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dorivor oʻsimliklar va ulardan tayyorlangan dori vositalarining davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan xarid qilinishi choralarini koʻrsin.
5. Savdo-sanoat palatasi (D.A. Vaxabov) Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S.X. Kariyev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N.J. Bakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Sh. Qudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda aholining tibbiy madaniyatini oshirish, dorivor oʻsimliklarning afzalliklarini aholi va shifokorlar orasida keng targʻib qilish, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va chuqur qayta ishlashda ilm-fan va ishlab chiqarish korxonalarining kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash uchun har yili “Ibn Sino merosi” xalqaro koʻrgazmasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
7. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
dorivor oʻsimliklar bozori konyunkturasini oʻrganishni tashkillashtirish, aholi va sogʻliqni saqlash muassasalarining dorivor oʻsimliklar mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
dorivor oʻsimliklar va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tibbiy ahamiyati hamda ularni qoʻllashga oid maxsus koʻrsatuvlar va roliklarni muntazam namoyish etilishini tashkil qilish;
dorivor oʻsimliklarga oid ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda koʻmaklashish, dorivor oʻsimlikshunoslik tarmogʻiga ilgʻor xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
dorivor oʻsimliklar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar talabini tahlil qilgan holda har yili Qishloq xoʻjaligi vazirligiga dorivor oʻsimliklar yetishtirish hajmlari toʻgʻrisida taklif kiritish.
Mazkur bandga muvofiq Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga yuklatilayotgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi mavjud shtat birliklari doirasida Agentlikda direktor oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, qayta ishlashni tashkil etish va ilmiy-ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha qoʻshimcha 5 ta shtat birligidan iborat boshqarma tashkil etilsin.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S.X. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda dorivor oʻsimliklar sohasini rivojlantirish boʻyicha tajribali xorijiy mutaxassis va konsultantlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
8. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda biologik faol qoʻshimchalarning reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilgan holda reklama qilinishini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda biologik faol qoʻshimchalar, biologik faol qoʻshimcha sifatida roʻyxatga olinmagan damlama, oʻtlar, parfyumeriya-kosmetika vositalari reklamasiga oid qonunchilik talablari buzilganda javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda dorivor oʻsimliklar sifatini tahlil va nazorat qilish boʻyicha xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy laboratoriya barpo etish maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan grant mablagʻlari jalb etish choralarini koʻrsin.
10. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda ilmiy tibbiyotda va farmatsevtika sanoatida foydalaniladigan dorivor oʻsimliklar hamda dorivor oʻsimliklar yetishtiriladigan hududlar roʻyxatini oʻz ichiga oluvchi elektron maʼlumotlar bazasini yaratsin.
11. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori S.X. Kariyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari bilan birgalikda:
mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq yer maydonlarida dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etish;
2022-yil yakuniga qadar mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq tumanlarni dorivor oʻsimliklar yetishtirishga ixtisoslashtirish;
dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha davlat-xususiy sheriklik va investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tashkil etish choralarini koʻrsin;
b) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining buyurtmalariga asosan yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligi xom ashyosini yigʻish va tayyorlashga kvotalarni ajratish choralarini koʻrsin;
v) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev):
bir oy muddatda yangi yaratilgan hamda ishlab chiqarishga joriy etilgan dori vositalari tibbiyot amaliyotida keng qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida klinik protokollar, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlariga kiritish maqsadida ularni har olti oyda qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etsin;
dorivor oʻsimliklardan olinadigan fitopreparatlar isteʼmol bozorini yaratish, xususan ularning dorixonalar tizimida sotuvini yoʻlga qoʻyish, fitopreparatlar yaratish texnologiyasida xalq tabobati usullarini keng qoʻllash, sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinida dorivor oʻsimliklardan olinadigan fitopreparatlarni qoʻllash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
bir oy muddatda dorivor oʻsimliklarni aholi va shifokorlar orasida keng targʻibot qilish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlab, ijroga qaratsin;
ikki oy muddatda barcha tibbiyot oliygohlari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida, hududiy Xalq tabobatini rivojlantirish markazlarida soha uchun mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy qilish boʻyicha taklif kiritsin;
uch oy muddatda dorivor oʻsimliklarga oid ilmiy ishlanmalarni tadbirkorlik subyektlari 50 foizini moliyalashtirgan taqdirda, qolgan qismini Davlat budjetidan ilmiy loyihalarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish boʻyicha taklif kiritsin.
12. Dorivor oʻsimliklarni aholi xonadonlarida yetishtirish maqsadida:
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.A. Xaitov) Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N.J. Bakirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birga ikki hafta muddatda aholi xonadonlarida dorivor oʻsimliklar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayev Toshkent viloyatida baxmalgul, Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov Namangan viloyatida naʼmatak, Fargʻona viloyati hokimi X.H. Bozarov, Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov oʻz hududlarida ola oʻt kabi eksportbop dorivor oʻsimliklarni kooperatsiya asosida aholi xonadonlarida yetishtirishni yoʻlga qoʻysin.
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.A. Xaitov) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirishga oid materiallar, turkum telekoʻrsatuvlar namoyish etilishini tashkil etsin.
14. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-may,
PQ-251-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga 1-ILOVA
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etish uchun yer maydonlarini ajratishning
YIGʻMA MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI*
gektarda T/r Hududlar nomi 2021-yilda jami shundan 2022-yilda jami shundan 2023-yilda jami shundan oʻrmon fondi yerlari f/x, q/x korxonalarida yaylov yer maydonlari (kavrak) oʻrmon fondi yerlari f/x, q/x korxonalarida yaylov yer maydonlari (kavrak) oʻrmon fondi yerlari f/x, q/x korxonalarida yaylov yer maydonlari (kavrak) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2 284 837 1 447 2 595 1 028 1 567 2 846 1 123 1 723 2. Andijon viloyati 69 53 16 80 62 18 86 64 22 3. Buxoro viloyati 396 242 154 569 294 175 100 642 310 182 150 4. Jizzax viloyati 3 454 165 3 039 250 4 545 197 3 657 691 5 635 210 4 143 1 282 5. Qashqadaryo viloyati 9 146 776 7 850 520 10 358 979 7 941 1 438 11 983 1 041 8 066 2 876 6. Navoiy viloyati 518 296 42 180 925 375 52 498 1 457 398 64 995 7. Namangan viloyati 375 174 201 441 217 224 501 223 278 8. Samarqand viloyati 985 364 161 460 1 892 443 177 1 272 3 192 450 198 2 544 9. Surxondaryo viloyati 2 552 407 1 385 760 3 998 530 1 467 2 001 6 235 568 1 614 4 053 10. Sirdaryo viloyati 206 35 171 234 43 191 251 43 208 11. Toshkent viloyati 1 085 297 788 1 241 377 864 1 318 377 941 12. Fargʻona viloyati 282 87 195 302 103 199 413 105 208 100 13. Xorazm viloyati 313 260 53 400 337 63 437 362 75 Jami: 21 664 3 993 15 501 2 170 27 580 4 985 16 595 6 000 34 996 5 274 17 722 12 000
* Dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarining maydonlari yillar kesimida oʻsib borish tartibida koʻrsatilgan.
davomi gektarda T/r Hududlar nomi 2024-yilda jami shundan 2025-yilda jami shundan 2026-yilda jami shundan oʻrmon fondi yerlari f/x, q/x korxonalarida yaylov yer maydonlari (kavrak) oʻrmon fondi yerlari f/x, q/x korxonalarida yaylov yer maydonlari (kavrak) oʻrmon fondi yerlari f/x, q/x korxonalarida yaylov yer maydonlari (kavrak) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 3 143 1 242 1 901 3 401 1 304 2 097 3 756 1 369 2 387 2. Andijon viloyati 96 70 26 103 74 29 110 77 33 3. Buxoro viloyati 715 325 190 200 791 341 200 250 867 358 209 300 4. Jizzax viloyati 6 474 219 4 331 1 924 8 380 230 5 585 2 565 9 872 241 6 425 3 206 5. Qashqadaryo viloyati 13 666 1 107 8 246 4 313 15 348 1 162 8 436 5 750 17 062 1 220 8 652 7 190 6. Navoiy viloyati 1 982 412 77 1 493 2 513 433 89 1 991 3 040 454 98 2 488 7. Namangan viloyati 562 230 332 620 242 378 672 254 418 8. Samarqand viloyati 4 493 460 217 3 816 5 813 483 242 5 088 7 123 507 257 6 359 9. Surxondaryo viloyati 8 571 633 1 834 6 104 10 899 665 2 078 8 156 13 273 698 2 368 10 207 10. Sirdaryo viloyati 273 45 228 295 47 248 318 50 268 11. Toshkent viloyati 1 391 381 1 010 1 446 400 1 046 1 510 420 1 090 12. Fargʻona viloyati 469 105 214 150 531 105 226 200 587 105 232 250 13. Xorazm viloyati 475 387 88 506 406 100 536 427 109 Jami: 42 310 5 616 18 694 18 000 50 646 5 892 20 754 24 000 58 726 6 180 22 546 30 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga 1.1-ILOVA
Respublikasi va viloyatlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarida dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI*
gektarda T/r Hududlar nomi 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 2026-yil Respublika boʻyicha 16 595 17 723 18 694 20 753 22 546 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 567 1 723 1 901 2 097 2 387 1. Toʻrtkoʻl 60 66 75 2. Beruniy 141 155 166 183 208 3. Ellikqalʼa 141 155 166 183 208 4. Xoʻjayli 107 117 125 138 157 5. Qonlikoʻl 133 146 156 172 196 6. Qoʻngʻirot 145 159 170 188 214 7. Nukus t. 97 107 114 126 143 8. Kegeyli 115 126 135 149 170 9. Boʻzatov 142 156 166 183 209 10. Chimboy 132 145 155 171 195 11. Qoraoʻzak 141 155 166 183 208 12. Taxtakoʻpir 115 126 135 149 170 13. Moʻynoq 159 175 187 206 235 Andijon viloyati 18 22 26 29 33 1. Ulugʻnor 6 7 9 10 11 2. Marhamat 6 7 9 10 11 3. Paxtaobod 6 7 9 10 11 Buxoro viloyati 175 182 190 200 209 1. Buxoro 40 41 43 45 47 2. Vobkent 27 27 28 30 31 3. Jondor 4 4 4 4 5 4. Kogon 1 1 1 5. Qorakoʻl 3 3 6. Qorovulbozor 1 1 1 1 7. Peshku 34 35 37 38 40 8. Romitan 57 59 61 63 66 9. Shofirkon 10 10 11 11 12 10. Gʻijduvon 4 4 4 4 4 Jizzax viloyati 3 657 4 143 4 331 5 585 6 425 1. Arnasoy 72 75 78 81 86 2. Baxmal 382 592 851 1 262 1 628 3. Gʻallaorol 1 444 1 444 962 1 628 1 731 4. Sh.Rashidov 193 201 208 217 231 5. Zarbdor 2 2 2 2 2 6. Zomin 400 611 970 1 082 1 350 7. Forish 428 447 463 482 513 8. Yangiobod 737 770 797 831 883 Qashqadaryo viloyati 7 941 8 066 8 246 8 436 8 652 1. Gʻuzor 10 10 10 11 11 2. Dehqonobod 7 274 7 390 7 556 7 732 7 932 3. Koson 5 5 5 5 5 4. Nishon 20 20 21 21 22 5. Shahrisabz 632 641 654 667 682 Navoiy viloyati 52 64 77 89 98 1. Qiziltepa 12 14 17 18 2. Nurota 52 52 63 72 80 Namangan viloyati 224 278 332 378 418 1. Kosonsoy 53 65 78 89 98 2. Pop 53 65 78 89 98 3. Toʻraqoʻrgʻon 2 2 2 3 3 4. Chust 118 146 174 198 219 Samarqand viloyati 177 198 217 242 257 1. Jomboy 25 28 31 34 36 2. Ishtixon 20 22 25 27 29 3. Kattaqoʻrgʻon 30 34 37 41 44 4. Nurobod 50 56 61 68 73 5. Pastdargʻom 20 22 25 27 29 6. Urgut 12 13 15 16 17 7. Qoʻshrabot 20 22 25 27 29 Sirdaryo viloyati 191 208 228 248 268 1. Boyovut 186 203 222 242 261 2. Xovos 5 5 6 6 7 Surxondaryo viloyati 1 467 1 614 1 834 2 078 2 368 1. Bandixon 24 26 29 33 38 2. Boysun 145 160 181 205 234 3. Sariosiyo 22 25 28 32 36 4. Uzun 64 70 80 91 103 5. Sherobod 1 186 1 305 1 482 1 680 1 914 6. Shoʻrchi 27 29 33 38 43 Toshkent viloyati 864 941 1 010 1 046 1 090 1. Pskent 51 56 60 62 65 2. Yuqorichirchiq 68 74 80 83 86 3. Parkent 23 25 27 28 29 4. Oʻrtachirchiq 74 80 86 89 93 5. Boʻstonliq 23 25 27 28 29 6. Ohangaron 568 619 664 688 717 7. Qibray 57 62 66 69 72 Fargʻona viloyati 199 208 214 226 232 1. Quvasoy sh. 62 65 67 70 72 2. Beshariq 42 44 45 48 49 3. Uchkoʻprik 38 40 41 43 44 4. Fargʻona 57 60 61 65 66 Xorazm viloyati 63 75 88 100 109 1. Gurlan 7 10 12 20 23 2. Urganch t. 56 65 76 80 86
*Dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarining maydonlari yillar kesimida oʻsib borish tartibida koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga 1.2-ILOVA
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻrmon fondi yerlarida dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI*
gektarda T/r Oʻrmon xoʻjaliklar nomi 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 2026-yil Respublika boʻyicha 4 985 5 274 5 616 5 892 6 180 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 028 1 123 1 242 1 304 1 369 1. Boʻzatov DOʻX 64 65 68 70 73 2. Moʻynoq DOʻX 63 68 70 73 78 3. Xoʻjayli DOʻX 64 68 74 79 84 4. Nukus DOʻX 64 69 72 74 79 5. Taxtakoʻpir DOʻX 63 69 74 80 82 6. Beruniy DOʻX 64 69 74 79 84 7. Qipchoq DOʻX 64 69 74 80 85 8. Ellikqalʼa DOʻX 58 64 70 74 80 9. Chimboy DOʻX 61 69 74 79 84 10. Toʻrtkoʻl DOʻX 62 65 70 75 80 11. Qoraoʻzak DOʻX 64 66 74 79 84 12. Nukus MDOʻX 65 65 70 75 80 13. Shumanay IDOʻX 136 158 189 193 198 14. Qonlikoʻl IDOʻX 136 159 189 194 198 Andijon viloyati 62 64 70 74 77 1. Andijon DOʻX 62 64 70 74 77 Buxoro viloyati 294 310 325 341 358 1. Buxoro DOʻX 30 33 35 37 39 2. Jondor DOʻX 38 40 42 44 46 3. Olot DOʻX 15 15 15 17 19 4. Qorakoʻl DOʻX 27 28 30 32 33 5. Qizilqum DOʻX 14 15 15 17 19 6. “Neftchi” DOʻX 13 14 15 15 17 7. Shofirkon DOʻX 34 36 38 39 40 8. Qorovulbozor DOʻX 22 25 27 29 32 9. Gʻijduvon DOʻX 38 40 41 41 42 10. Qorakoʻl IDOʻX 63 64 67 70 71 Jizzax viloyati 197 210 219 230 241 1. Jizzax DOʻX 57 60 62 69 77 2. Baxmal DOʻX 54 56 60 60 70 3. Zomin DOʻX 40 42 45 49 47 4. Forish DOʻX 35 40 40 43 36 5. Xoʻjamushkent DOʻX 11 12 12 9 11 Qashqadaryo viloyati 979 1 041 1 107 1 162 1 220 1. Qashqadaryo DOʻX 81 81 84 89 94 2. Qamashi DOʻX 81 83 82 89 94 3. Muborak DOʻX 15 15 15 20 26 4. Kitob DOʻX 82 83 86 92 97 5. Dehqonobod DOʻX 270 316 368 374 379 6. Jovuz DOʻX 70 71 71 77 83 7. Shoʻrtan DOʻX 29 29 33 36 42 8. Yakkabogʻ IDOʻX 63 69 70 76 81 9. Qumdaryo DOʻX 17 19 20 27 32 10. Shahrisabz IDOʻX 271 275 278 282 292 Navoiy viloyati 375 398 412 433 454 1. Navoiy DOʻX 67 70 73 76 79 2. Konimex DOʻX 19 19 19 20 21 3. Xatirchi DOʻX 38 40 42 42 43 4. Uchquduq DOʻX 80 90 90 100 106 5. Tomdi DOʻX 80 85 90 94 100 6. Navbahor DOʻICHK 21 21 21 22 23 7. Nurota DOʻX 70 73 77 79 82 Namangan viloyati 217 223 230 242 254 1. Namangan DOʻX 49 53 55 59 63 2. Kosonsoy DOʻX 34 35 36 38 40 3. Oʻrtaorol DOʻICHK 25 27 29 32 34 4. Pop IDOʻX 109 108 110 113 117 Samarqand viloyati 443 450 460 483 507 1. Samarqand DOʻX 106 108 109 110 114 2. Paxtachi DOʻX 33 33 34 39 41 3. Saroyqoʻrgʻon DOʻX 36 37 38 43 46 4. Kattaqoʻrgʻon DOʻX 76 75 75 80 83 5. Jomboy DOʻX 55 56 56 60 61 6. Oqdaryo DOʻX 50 50 52 53 55 7. Dargʻom DOʻICHQ 30 30 31 31 34 8. Fozilmon IDOʻX 57 61 65 67 73 Sirdaryo viloyati 43 43 45 47 50 1. Sirdaryo DOʻX 43 43 45 47 50 Surxondaryo viloyati 530 568 633 665 698 1. Surxondaryo DOʻX 38 45 47 52 54 2. Boysun DOʻX 68 55 59 65 68 3. Qiziriq DOʻX 48 50 52 56 59 4. Uzun DOʻX 39 39 41 44 44 5. Bobotogʻ DOʻX 271 314 368 373 388 6. Hisor IDOʻX 66 65 66 75 85 Toshkent viloyati 377 377 381 400 420 1. Toshkent DOʻX 64 63 64 67 70 2. Bekobod DOʻX 43 42 43 48 51 3. Saksonota DOʻICHQ 27 27 27 30 33 4. Burchmulla DOʻX 113 113 114 118 122 5. Ohangaron DOʻX 92 92 92 95 98 6. Quyichirchiq IDOʻX 38 40 41 42 46 Fargʻona viloyati 103 105 105 105 105 1. Qoʻqon DOʻX 50 52 52 52 52 2. Fargʻona DOʻX 53 53 53 53 53 Xorazm viloyati 337 362 387 406 427 1. Xorazm DOʻX 337 362 387 406 427
*Dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarining maydonlari yillar kesimida oʻsib borish tartibida koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga 1.3-ILOVA
2022 — 2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yaylov yer maydonlarida kavrak madaniy plantatsiyalarini barpo etishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI*
gektarda T/r Tumanlar nomi 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 2026-yil Respublika boʻyicha 6 000 12 000 18 000 24 000 30 000 Buxoro viloyati 100 150 200 250 300 1. Gʻijduvon 100 150 200 250 300 Jizzax viloyati 691 1 282 1 924 2 565 3 206 1. Forish 691 1 282 1 924 2 565 3 206 Qashqadaryo viloyati 1 438 2 876 4 313 5 751 7 190 1. Dehqonobod 1 438 2 876 4 313 5 751 7 190 Navoiy viloyati 498 995 1 493 1 991 2 488 1. Nurota 498 995 1 493 1 991 2 488 Samarqand viloyati 1 272 2 544 3 816 5 088 6 359 1. Nurobod 1 000 2 000 2 728 3 912 5 007 2. Qoʻshrabot 272 544 1 088 1 176 1 352 Surxondaryo viloyati 2 001 4 053 6 104 8 156 10 207 1. Qumqoʻrgʻon 500 1 000 1 500 1 700 2 100 2. Sherobod 400 800 1 100 1 700 2 100 3. Shoʻrchi 300 651 800 1 100 1 500 4. Boysun 500 1 000 1 500 1 800 2 200 5. Uzun 301 602 1 204 1 856 2 307 Fargʻona viloyati 100 150 200 250 1. Quvasoy sh. 100 150 200 250
*Dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarining maydonlari yillar kesimida oʻsib borish tartibida koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga 2-ILOVA
“Bir tuman — bir mahsulot” tamoyili asosida dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar
ROʻYXATI
T/r Dorivor va ozuqabop oʻsimliklar turlari Viloyatlar Tuman (shahar)lar, hududlar 1. Kavrak Namangan Pop Qashqadaryo Yakkabogʻ, Kitob 2. Dalachoy Toshkent Boʻstonliq, Ohangaron Namangan Pop Qashqadaryo Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ, Dehqonobod Jizzax Baxmal, Zomin Surxondaryo Uzun, Sariosiyo, Boysun 3. Togʻrayhon Toshkent Boʻstonliq, Ohangaron Namangan Pop Qashqadaryo Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ, Dehqonobod Jizzax Baxmal, Zomin Surxondaryo Uzun, Sariosiyo, Boysun 4. Andiz Qashqadaryo Yakkabogʻ Toshkent Boʻstonliq 5. Anzur piyozi Jizzax Baxmal, Zomin Qashqadaryo Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ, Dehqonobod 6. Achchiq ermon Namangan Pop Toshkent Boʻstonliq 7. Boʻymadaron Qashqadaryo Yakkabogʻ, Kitob Namangan Pop Toshkent Boʻstonliq 8. Gazanda oʻti Namangan Pop Toshkent Boʻstonliq 9. Dastarbosh Jizzax Baxmal, Zomin Qashqadaryo Yakkabogʻ, Kitob Toshkent Boʻstonliq 10. Zira Jizzax Zomin Qashqadaryo Qamashi Samarqand Urgut 11. Zirk (barbaris) Qashqadaryo Qamashi Surxondaryo Boysun 12. Kiyik oʻti Jizzax Baxmal, Zomin, Forish Qashqadaryo Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ, Dehqonobod Namangan Pop Surxondaryo Boysun, Bobotogʻ 13. Kovul Jizzax Forish, Gʻallaorol Namangan Kosonsoy, Chust 14. Qalampir yalpiz Surxondaryo Sariosiyo, Uzun, Boysun Namangan Pop Toshkent Boʻstonliq 15. Malina Toshkent Boʻstonliq, Ohangaron, Yuqorichirchiq Fargʻona Fargʻona tumani, Qoʻqon shahri 16. Moychechak Toshkent Pskent, Oqqoʻrgʻon, Yangiyoʻl, Oʻrtachirchiq, Qibray Qashqadaryo Qarshi, Shahrisabz, Qamashi Surxondaryo Oltinsoy, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon Fargʻona Fargʻona tumani, Qoʻqon shahri Andijon Barcha tumanlarida 17. Naʼmatak Namangan Kosonsoy, Chust, Pop Qashqadaryo Kitob, Qamashi, Yakkabogʻ, Dehqonobod, Shahrisabz Surxondaryo Boysun, Bobotogʻ, Sariosiyo, Oltinsoy, Qiziriq Jizzax Forish, Gʻallaorol, Baxmal, Zomin Toshkent Ohangaron, Boʻstonliq, Oʻrtachirchiq, Pskent 18. Oshqovoq Sirdaryo Barcha tumanlarida Toshkent Barcha tumanlarida Qashqadaryo Nishon, Koson, Muborak, Kasbi 19. Rovoch Surxondaryo Sariosiyo, Uzun, Boysun Samarqand Urgut 20. Sedana Xorazm Barcha tumanlarida Jizzax Baxmal 21. Temirtikan Buxoro Barcha tumanlarida Navoiy Barcha tumanlarida Surxondaryo Qiziriq, Termiz, Sariosiyo , Angor Qashqadaryo Nishon, Shoʻrtan, Koson, Muborak 22. Isiriq Qashqadaryo Nishon, Shoʻrtan, Koson, Muborak, Kasbi Buxoro Barcha tumanlarida Navoiy Barcha tumanlarida Jizzax Forish 23. Tirnoqgul Barcha viloyatlar Barcha tumanlarida 24. Tojik kavrak Qashqadaryo Dehqonobod, Qamashi Samarqand Urgut, Qoʻshrabot Jizzax Forish, Arnasoy, Yangiobod Surxondaryo Uzun, Boysun Navoiy Nurota 25. Chakanda Samarqand Jomboy, Kattaqoʻrgʻon 26. Shirinmiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Barcha tumanlarida Xorazm Barcha tumanlarida 27. Shumgʻiya Buxoro Qorakoʻl, Olot, Jondor 28. Steviya Barcha viloyatlar Barcha tumanlarda 29. Exinatseya Toshkent, Fargʻona, Andijon, Namangan Barcha tumanlarda 30. Lavanda Toshkent Boʻstonliq, Ohangaron, Yuqorichirchiq, Pskent, Oqqoʻrgʻon, Yangiyoʻl, Oʻrtachirchiq, Qibray Samarqand Qoʻshrabot, Urgut Fargʻona Uchkoʻprik, Fargʻona tumanlari, Qoʻqon shahri 31. Zaʼfaron Jizzax Baxmal 32. Baxmalgul (dorivor gulxayri) Toshkent Boʻstonliq
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga 3-ILOVA
Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlashni kengaytirish hamda aholi oʻrtasida undan foydalanishni targʻib qilish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Ijro uchun masʼullar 1. Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetining aniq hisob-kitoblariga asosan, Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti va Toshkent davlat agrar universitetida dorivor oʻsimliklar tarkibida maqsadli biologik faol moddalar mavjudligini tekshirish laboratoriyalarini tashkil etish va ularni jihozlashga xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb etish. 1. Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining hamda Toshkent davlat agrar universitetining hisob-kitoblariga asosan laboratoriyalar jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish. 2022-yil iyul Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev) 2. Laboratoriyalarni tashkil etish va jihozlashga yoʻnaltiriladigan xalqaro moliya institutlarining jalb etiladigan mablagʻlar manbalarini aniqlash. 2022-yil avgust 3. Zaruriy jihozlarni xarid qilish uchun tenderlarni oʻtkazish va pudratchi tashkilotni tanlash. 2022-yil oktabr 4. Laboratoriya binolarini taʼmirlash hamda zarur jihozlarni xarid qilish va oʻrnatish. 2022-yil dekabr 5. Dorivor oʻsimliklar tarkibida maqsadli biologik faol moddalar mavjudligini tekshiruvchi laboratoriyalarni ishga tushirish. 2023-yil fevral 2. Dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarning farqini (aniq chegarasini) belgilash boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 1. Dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarning farqini (aniq chegarasini) belgilash. 2. Biologik faol qoʻshimchalar hisoblangan komponentlarning aniq roʻyxatini tasdiqlash. 2022-yil iyul Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) 3. Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida dorivor oʻsimliklar yetishtiruvchi klasterlarni jalb etgan holda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Fanlar akademiyasi Botanika bogʻi huzurida namunaviy Dorivor oʻsimliklar botanika bogʻini tashkil etish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. Loyihada: mazkur bogʻni tashkil etish uchun talab etiladigan yer maydonini aniqlash; Qoʻqon shahri hokimligi tomonidan mazkur bogʻ uchun yer ajratish hamda boshlangʻich xarajatlarni hisoblash va uni qoplash uchun mahalliy budjetdan mablagʻlar ajratish; Dorivor oʻsimliklar botanika bogʻini tashkil etish uchun talab etiladigan dorivor oʻsimliklar va manzarali daraxtlarning urugʻ va koʻchatlarini yetkazib berish mexanizmi; ushbu bogʻda yetishtirilgan dorivor oʻsimliklarni parvarishlash hamda xom ashyosini qayta ishlashni tashkil etuvchi tashabbuskorlarni aniqlash nazarda tutiladi. 2022-yil iyul Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 4. Yetakchi xalqaro ekspertlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, shifokorlar va ilmiy xodimlarni jalb qilgan holda “Dorivor oʻsimliklar va biologik faol qoʻshimchalarning afzalliklari va oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida xalqaro forum oʻtkazish. 1. Forumni oʻtkazish muddati va joyini aniqlash va tegishli masʼullarni belgilash. 2022-yil avgust Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 2. Forum dasturini ishlab chiqish hamda unda qatnashuvchi yetakchi xalqaro ekspertlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, shifokorlar va ilmiy xodimlarni aniqlash. 2022-yil sentabr 3. Forumning yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash. 2022-yil oktabr 5. “Qizil kitob”ga kiritilgan dorivor oʻsimliklarni qayta tiklash, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, urugʻchiligi va onalik koʻchatzorlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan grantlar eʼlon qilish. 1. “Qizil kitob”ga kiritilgan dorivor oʻsimliklarni tiklash, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, ularning urugʻchiligi va onalik koʻchatzorlarini tashkil etish boʻyicha grantlar yoʻnalishlarini belgilash. 2. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlarini aniqlash. 3. Tanlov asosida mazkur loyihalar gʻoliblarni aniqlash. Har yili Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblamurodov) 6. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida dorivor oʻsimliklardan yangi biologik faol moddalarni ajratib olish, ularni chuqur qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish, dorivor oʻsimliklarning sertifikatlangan urugʻchiligini tashkil etish, dorivor oʻsimliklar koʻchatlarini “in-vitro” usulida koʻpaytirish, ularni yetishtirish agrotexnologiyasini yaratish mavzularida loyihalar tanlovlarini eʼlon qilish. 1. Tanlovni oʻtkazish muddati va tegishli masʼullarni belgilash, tanlov dasturini ishlab chiqish. 2022-yil iyul Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) 2. Tanlovning yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash. 2022-yil sentabr 7. “Organik ishlab chiqarish mahsuloti” hamda “Zarur dorivor oʻsimliklarni madaniylashtirish va terib olish amaliyoti — GASP” davlat standartlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish. 1. “Organik ishlab chiqarish mahsuloti” hamda “Zarur dorivor oʻsimliklarni madaniylashtirish va terib olish amaliyoti — GASP” davlat standartlarini ishlab chiqish boʻyicha ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish. 2. Davlat standartlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish. 2022-yil iyul Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev) 8. “Organik ishlab chiqarish mahsuloti” hamda “Zarur dorivor oʻsimliklarni madaniylashtirish va terib olish amaliyoti — GASP” davlat standartlariga muvofiqligini baholashni yoʻlga qoʻyish. “Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan “Organik ishlab chiqarish mahsuloti” hamda “Zarur dorivor oʻsimliklarni madaniylashtirish va terib olish amaliyoti — GASP” davlat standartlariga muvofiqligini baholash. 2023-yil iyul Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev) 9. Aholi tomorqalarida dorivor oʻsimliklar yetishtirishni kengaytirish maqsadida uch oy muddatda “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida aholi tomorqalarida dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni kooperatsiya usulida tashkil qilish boʻyicha salohiyatli tashabbuskorlarni aniqlash hamda manzilli dasturni tasdiqlash. 1. “Bir tuman — bir mahsulot” tamoyili asosida aholi tomorqalarida dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni kooperatsiya usulida tashkil qilish boʻyicha salohiyatli tashabbuskorlarni aniqlash. 2022-yil iyun Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov), Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) 2. Aholi tomorqalarida kooperatsiya usulida dorivor oʻsimliklar yetishtirishni tashkil qilish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2022-yil iyun 3. Hududlarda dorivor oʻsimliklarni yetishtiruvchi tashabbuskor subyektlar va tomorqa yer egalari uchun moʻljallangan dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda xom ashyolarini tayyorlash boʻyicha malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturlarini tasdiqlash. 2022-yil iyun 10. Umumtaʼlim maktablarida tabiatshunoslik, botanika fanlarida dorivor oʻsimliklarning xususiyatlari, ularni yetishtirish va qoʻllash usullari hamda afzalliklarini oʻrgatishga oid mavzularni kiritish. 1. Tabiatshunoslik, botanika fanlarida dorivor oʻsimliklarning xususiyatlari, ularni qoʻllash usullari va afzalliklarini oʻrgatish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. 2. Chora-tadbirlar asosida tabiatshunoslik, botanika fanlariga yuqoridagi mavzularni kiritish. 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) 11. Respublika hududida oʻsuvchi dorivor oʻsimliklarni yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, urugʻlik materiallarini tayyorlash, ajratib olingan ekstrakt va substansiyalar tarkibini va qayta ishlash texnologiyalarini oʻrgangan holda, iqtisodiy samaradorligi yuqori boʻlgan ilmiy loyihalar portfelini shakllantirish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. 1. Ishlab chiqaruvchilar, dorivor oʻsimliklar klasterlarining takliflari asosida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar yoʻnalishlarini aniqlash. 2022-yil iyun Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) 2. Mazkur yoʻnalishlar asosida ilmiy loyihalar portfelini shakllantirish hamda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. 2022-yil iyul 12. Oʻzbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan sertifikatlangan dorivor oʻsimliklar urugʻlari va koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlab, amalga oshirish. Oʻzbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan sertifikatlangan dorivor oʻsimliklar urugʻchiligi va koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2022-yil iyun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) 13. Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan dorivor oʻsimliklarning foydali xususiyatlarini targʻib qilishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida namoyish qilish. 1. Dorivor oʻsimliklarning foydali xususiyatlarini targʻib qilishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tayyorlash. Doimiy Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) 2. Dorivor oʻsimliklar va ulardan ishlab chiqilgan mahsulotlarning tibbiy ahamiyati hamda qoʻllashga oid maxsus koʻrsatuvlar va roliklarni muntazam namoyish etib borish. Doimiy 3. Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qoʻllashni targʻib qilish boʻyicha “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi telekoʻrsatuv” va boshqa nominatsiyalarni eʼlon qilish va gʻoliblarni taqdirlash. Har yili 14. Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, dorivor oʻsimliklar afzalliklarini aholi va shifokorlar orasida keng targʻib qilish, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va chuqur qayta ishlashda ilm-fan va ishlab chiqarish korxonalarining kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash uchun “Ibn Sino merosi” xalqaro koʻrgazmasini tashkil etish. 1. Xalqaro koʻrgazmani oʻtkazish muddati va tegishli masʼullarni belgilash, xalqaro koʻrgazma dasturini ishlab chiqish. 2. Xalqaro koʻrgazmaning yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash. Har yili Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 15. Respublikaning barcha hududlarida shahar va tuman kesimida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar orasida keng qamrovli kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish maqsadida ixtisoslashgan savdo yarmarkalarini oʻtkazish. 1. Savdo yarmarkalarini oʻtkazish muddati va tegishli masʼullarni belgilash. 2. Savdo yarmarkalarining yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash. Har yili mart oyi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev) 16. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzuridagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida Qishloq xoʻjaligi vazirligining Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan kredit mablagʻlari hisobidan Dorivor oʻsimliklar xom ashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish. 1. Dorivor oʻsimliklar xom ashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasi binosini qurish va jihozlash uchun zarur asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirish hamda talab etiladigan mablagʻlar miqdorini aniqlash. 2. Aniqlangan zarur mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda Jahon banki bilan kelishish. 3. Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida Dorivor oʻsimliklar xom ashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish. 2023-yil dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) 17. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzuridagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida tashkil etiladigan Dorivor oʻsimliklar xom ashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazish choralarini koʻrish. 1. Ushbu laboratoriyani Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda jahon standartlariga javob beradigan akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash. 2. Laboratoriyaning belgilangan muddatlarda akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash. 2024-yil dekabr Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov) 18. 2022 — 2026-yillarda agrotexnolog, texnolog va xalq tabobati mutaxassisligi boʻyicha malakali oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 1. Oliy taʼlim muassasalarida “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” va “Xalq tabobati” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat buyurtmasi asosida grant kvotalarini oshirish toʻgʻrisida taklif kiritish. 2022-yil iyun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) 2. Professional taʼlim muassasalarida “Dorivor va ziravor oʻsimliklarni yetishtirish agrotexnologiyasi” va “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish agronomi” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat buyurtmasi asosida grant kvotalarini oshirish toʻgʻrisida taklif kiritish. 2022-yil iyun
