Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (349-son)
19.07.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1999-yil 1-avgustdan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1999-yil 19-iyuldagi PF-2339-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-avgustdan boshlab boshlangʻich razryadning oyiga 1750 soʻm miqdoridagi tarif stavkasi mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-iyundagi 247-son qarori 1999-yil 1-avgustdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-iyul,
349-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 349-son qaroriga ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif
SETKASI
