8-modda. Senatning komissiyalarini tuzish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida (523-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiya Senat majlisida senatorlar orasidan komissiya raisi va aʼzolari, zarurat boʻlganda esa komissiya raisining oʻrinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.
Komissiya tuzilgani toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi.
Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan soʻng, qaysi muddatga tuzilgan boʻlsa, shu muddat oʻtganidan keyin yoki Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari oʻz faoliyatini tugatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.
Zarur boʻlgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin.
