6-modda. Senat Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida (523-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi.
Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning oʻrinbosarlari va Senat qoʻmitalarining raislari kiradi.
Senat Kengashi:
Senat majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning majlislari oraligʻida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;
qoʻmitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
Senatning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi.
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Senat Kengashiga Senat Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
