331-modda. Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida (523-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar Senat aʼzolari orasidan tashkil etiladi, uning tarkibi Senat Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Senat va Qonunchilik palatasi birgalikda Senat aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi mumkin, ularning tarkibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatining tartibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
