28-modda. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida (523-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Senat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani Qonunchilik palatasi tomonidan mazkur masala boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganidan va Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin koʻrib chiqadi.
Tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda eʼlon qilinishi lozim.
