25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish va maʼqullash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida (523-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi ularning nomzodlari Senat tomonidan maʼqullanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomalari Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlar boʻyicha qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklif etgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod Senat bilan oʻtkazilgan maslahatlashuvlardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
