“37-modda. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza — Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-770-son)
“37-modda. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza
Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-770-son) · Sana: 17.05.2022 · Amalda
Tekshiruvdan oʻtkazilayotgan shaxsning klinik-funksional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik maʼlumotlarini kompleks baholash asosida uning sogʻligʻi yoʻqolganligi darajasini hamda organizmining funksiyalari turgʻun buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sogʻligʻining holatiga koʻra mumkin boʻlgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, oʻzgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida tavsiyalar berish tibbiy-ijtimoiy ekspertizadir”;
ikkinchi qismidagi “Tibbiy-mehnat ekspertizasini” degan soʻzlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspertizani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Tibbiy-mehnat ekspertizasini” degan soʻzlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspertizani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 278-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda) 1-moddasining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslar uchun va nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxs uchun saqlab qolinsin”.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar) 26-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 75-modda toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 78-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nogironlarining” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 85-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 88-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 90-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 92-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlarining” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 100-moddaning ikkinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 109-modda oʻninchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 122-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 133-moddaning ikkinchi qismidagi “nogiron bolalari” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 173-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar oʻz iltimosiga koʻra, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylariga (pansionatlarga) yuboriladi”.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 490-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 19-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 21-moddaning beshinchi qismidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 970-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 105-moddaning birinchi qismidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 117-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek xotin homiladorlik davrida va oʻrtada bola tugʻilgan kundan eʼtiboran uch yil davomida, oʻrtadagi nogironligi boʻlgan bolani u oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi boʻlgan oʻrtadagi bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj boʻlgan er (xotin) yordam berishga qodir boʻlgan xotindan (erdan) sud tartibida taʼminot (aliment) olish huquqiga ega”;
3) 118-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻrtadagi nogironligi boʻlgan bolani u oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi boʻlgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj boʻlgan sobiq xotin (er)”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi 80-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 151-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 20-moddasining uchinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 215-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 11-moddasining yettinchi qismidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan bola” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.,
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 27-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 491-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 9, 905-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 21-modda ikkinchi qismining 5-bandidagi “nogiron xotini” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan xotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 45-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar toʻgʻrisida, ularning nogironlik guruhidan qatʼi nazar, tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida maʼlum qilishi shart”.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-mayda qabul qilingan “Homiylik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-96-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 218-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 4-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “nogironlarni” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 12, 881-modda; 2020-yil, № 3, 199-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nogironligi boʻlgan bolalar”;
oʻn yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nogironligi boʻlgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari mavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj boʻlgan bolalar (bola);
2) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “nogiron bolalarni” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 25-moddaning uchinchi qismidagi “nogiron bolalar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 28-moddaning:
nomidagi “Nogiron bolalar” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Nogiron bolalar” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Nogiron bolalar” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 29-moddaning:
ikkinchi qismidagi “nogiron bolalar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “nogiron bolalarning” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 803-modda) 13-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nogironligi boʻlgan shaxslar”.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 10-sentabrda qabul qilingan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-174-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 480-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda:
birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 11-moddaning uchinchi qismidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 16-aprelda qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-210-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 137-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasining” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-269-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2019-yil, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 18-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-298-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 24-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 28-moddaning ikkinchi qismidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 38-moddaning uchinchi qismidagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-353-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 9, 239-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 5, 261, 267-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova) 20-moddasining ikkinchi qismidagi “nogiron bolalar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1098-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 70-modda birinchi qismi 1-bandining oʻn birinchi xatboshisidagi “nogironlarga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 71-modda birinchi qismi 1-bandining:
toʻrtinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari, pansionatlari va sanatoriylarini, nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari”;
3) 177-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-aprelda qabul qilingan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-532-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 4, 198-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 8-moddasining uchinchi qismidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-588-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 882-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 33-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1099-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 243-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun inventarni, shu jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan buyumlar va inventarni, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga ortopedik protezlash, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlarini va inventarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarni”;
2) 337-modda yettinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “nogironlarning” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 369-modda ikkinchi qismi 15-bandining uchinchi xatboshisidagi “nogironlarni” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 380-modda birinchi qismining:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi”;
3-bandidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 421-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi”;
6) 436-modda birinchi qismining:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi”;
3-bandidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 467-moddaning 14-pozitsiyasidagi “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi boʻlgan va umumiy sonida nogironlar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironlar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlarining” degan soʻzlar “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi boʻlgan, umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda) 15-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar”.
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova) 28-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-647-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda) 35-moddasining birinchi qismidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
40-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 9-moddasining amal qilishi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi kuchga kirguniga qadar saqlanib qoladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-may,
OʻRQ-770-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “37-modda. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-770-son). neolex.uz/uz/laws/law-6020840/37 (lex.uz/docs/-6020838)