“220-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatini muhofaza qilishning qoʻshimcha choralari
Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-770-son) · Sana: 17.05.2022 · Amalda
Ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yoʻllangan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻliqsiz ish vaqti rejimi oʻrnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mehnatga haq toʻlash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻttiz kalendar kundan kam boʻlmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy taʼtil beriladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi”;
15) 228-moddaning matnidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 229-moddaning matnidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 230-moddaning matnidagi “Nogiron bolasini” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan bolasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 231-moddaning ikkinchi qismidagi “nogiron bolani” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 232-moddaning:
nomidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “nogiron bolasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan bolasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 290-moddaning birinchi xatboshisidagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
