Xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonliklarga oid masalalar haqida (KQ-345-IV-son)
05.05.2022
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari himoyasini kuchaytirish, aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yildagi barcha islohotlarimiz aholiga munosib turmush sharoitini yaratishga qaratilganligi mazkur islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi.
Amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻrlik ishlatish, ularning huquqlarini kamsitish holatlari hamon uchramoqda.
Shu sababli xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqqan holda ularni takomillashtirish talab etiladi.
Yuqoridagilarga asosan xotin-qizlar va bolalarga nisbatan ishlatilgan zoʻravonlik holatlariga qarshi murosasiz kurashish, shuningdek, ular kelgusida sodir etilishining oldini olish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tuzilsin.
3. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda xalqaro tajribani oʻrganish;
respublika hududlarida xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar orasida sodir etilayotgan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining kelib chiqish sabablarini oʻrganish;
qonunchilikni takomillashtirish maqsadida amaliyotchi olimlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining takliflarini oʻrganish hamda umumlashtirilgan tahliliy xulosa tayyorlash;
xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlashni takomillashtirish maqsadida tegishli takliflar ishlab chiqish.
4. Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ishchi guruh (Sh. Choʻlliyev) mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha 2022-yilning 5-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot taqdim etsin.
6. Belgilansinki, Ishchi guruh faoliyatiga koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Yuridik boshqarmasi zimmasiga yuklanadi.
7. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Kengashining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 5-may,
KQ-345-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-maydagi KQ-345-IV-sonli Qaroriga 1-ILOVA
Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan ishchi guruh
TARKIBI
1. Choʻlliyev Shuxrat Askarovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari 2. Parpiyev Mahmud Mamatovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari Ishchi guruh aʼzolari 3. Yunusova Aliya Tuygunovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) 4. Nurmatov Zafarbek Abduvaxobovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori 5. Safarov Toxir Baxadirovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori 6. Ermatov Doniyor Saidqulovich Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bolalar huquqlarini himoya qilish shuʼbasi mudiri 7. Xudoyorov Uchqun Tilavovich Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar masalalari shuʼbasi mudiri 8. Karimov Sherzod Abdurasulovich Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim shuʼbasi mudiri 9. Xalikov Firdavs Davronqulovich Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi 10. Karimov Sardorbek Ravshanbekovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi 11. Abdullayeva Umida Hazratovna Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi oʻrinbosari — xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boshqarmasi boshligʻi 12. Sultanova Madina Maxkamovna Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi 13. Raxmanov Dmitriy Qalandarovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti boʻlim boshligʻi 14. Nazarov Utkir Erkinovich Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshligʻi 15. Davletova Nozimaxon Eldarovna “Mass-media” fondi direktori 16. Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori 17. Kabulova Dilovar Nasimovna Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi direktori 18. Karimova Nodira Erkinovna Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi raisi 19. Kamalova Nazifa Mirzaliyevna “ISTIQLOL AVLODI” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi rahbari 20. Rashidova Shirin Afzalovna “Nihol” tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish markazi rahbari 21. Kuralova Dilfuza Murodullayevna Huquqshunos, mustaqil ekspert 22. Sanaqulova Barnogul Iqtisodiyot fanlari doktori, professor 23. Axayeva Safinas Vaafovna “YUNISEF”ning Oʻzbekistondagi bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha ma�lahatchisi 24. Axmedov Mirjalol Axmedovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-maydagi KQ-345-IV-sonli Qaroriga 2-ILOVA
Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Bajarish muddati Masʼullar 1. Ishchi guruhning dastlabki yigʻilishini oʻtkazish. 2022-yil 11-may Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi 2. Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish. 2022-yil 17-may Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti 3. Xalqaro tajribani oʻrganish. 2022-yil 20-may Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti 4. Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining buzilganligi, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan uyatsiz-buzuq harakatlar va qoʻllanilgan javobgarlik choralari toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish. 2022-yil 23-may Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti 5. Respublika hududlarida xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar orasida sodir etilayotgan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining kelib chiqish sabablarini oʻrganish. 2022-yil 10-iyun Ishchi guruh aʼzolari 6. Oʻrganish natijalari yuzasidan amaliyotdagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi boʻshliqlar va ularni bartaraf qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2022-yil 15-iyun Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolar i va parlament tadqiqotlari instituti 7. Qonunchilikni takomillashtirish maqsadida amaliyotchilar, ekspertlar, olimlar va mutaxassislar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining takliflarini oʻrganish. 2022-yil 25-iyun Ishchi guruh aʼzolari 8. Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish boʻyicha umumlashtirilgan tahliliy xulosa tayyorlash. 2022-yil 30-iyun Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti 9. Qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda loyiha yuzasidan tushuntirish xati, taqqoslama jadval va boshqa materiallarni tayyorlash. 2022-yil 1-iyul Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
