Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (2043-IV-son)
18.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 27-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 151-IV/KQ-18-IV-sonli Qoʻshma qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 2, 195-modda) 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-aprel,
2043-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 18-aprel,
QQ-333-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi № 2043–IV/KQ-333–IV-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi Ismoilov Nurdinjon Muydinxanovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Komissiya raisining oʻrinbosari Umarov Nariman Madjitovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi Komissiya aʼzolari: Shirinov Djaxongir Djabbarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi Salixov Erkin Tagirovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining raisi Polvanov Shuhrat Tagaymuratovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Xamrayev Alisher Shonazarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Aripov Davron Rahimovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi Tuxtashev Sherzod Azimovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi Xusanova Muxtabar Akbarovna – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi Choʻlliyev Shuxrat Askarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Sidikova Enaxon Abduraximovna – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining aʼzosi Soatov Arzikul Chorshanbiyevich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining aʼzosi Uralova Dilfuza Djumanovna – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining aʼzosi Xursanov Abdullo Xalmuradovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining aʼzosi Boqiyev Farxod Esanovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axboroti siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
