Vazirlar Mahkamasining Paxta va paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalarni qurishga va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflarni koʻrib chiquvchi komissiyasi tarkibini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida (543-son)
10.12.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-apreldagi 203-son qarori bilan tashkil etilgan paxta va paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalarni qurishga va ularni qayta ixtisoslashtirishga doir takliflarni koʻrib chiquvchi Komissiyasi tarkibiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri A.I. Muhitdinov Komissiya raisining oʻrinbosari etib tasdiqlansin, Q.Gʻ. Obidov ushbu vazifadan ozod etilsin.
Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Maqroiqtisodiyot va statistika vaziri oʻrinbosarlari A.M. Joʻrayev va F.P. Baratovlar kiritilsin, X.M. Muhitdinov, A.G. Korneyev, T.Gʻ. Rahimov va A.S. Qozoqxonovlar uning tarkibidan chiqarilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 10-dekabr,
543-son
