“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 75-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-907-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2073-IV-son)
26.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 21-aprelda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 75-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-907-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-aprel,
2073-IV-son
