“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-903 sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2052-IV-son)
19.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-903-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-aprel,
2052-IV-son
