Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-768-son) · Sana: 11.05.2022 · Amalda
Tirik donordan yoki inson murdasidan aʼzolarni va (yoki) toʻqimalarni transplantatsiya qilish faqat boshqa jarrohlik amaliyotlari yoki muolajalar retsipiyent hayotini saqlab qolishni yoxud uning sogʻligʻi tiklanishini kafolatlay olmagan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini retsipiyentlarga transplantatsiya qilish inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining transplantatsiyasi zarurligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6001286
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 9-modda. Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining transplantatsiyasi shartlari Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-768-son). neolex.uz/uz/laws/law-6001293/9 (lex.uz/docs/-6001286)