Atoqli olimlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash hamda ular faoliyatini targʻib etish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (223-son)
28.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimiz ilm-fani, madaniyati va sanʼati, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish yoʻlida faol ijod qilgan hamda bugungi kunda ham bu borada ibrat namunalarini koʻrsatib kelayotgan atoqli adiblar, yozuvchi va shoirlar, bastakorlar, kino va teatr sanʼati namoyondalarining ijodiy merosini oʻrganish hamda uni xalqimiz, ayniqsa, navqiron avlod vakillari oʻrtasida keng targʻib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Atoqli olimlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini nishonlash hamda ular faoliyatini keng targʻib etish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Atoqli olimlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tashkiliy qoʻmita:
Dasturga muvofiq belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etilishi yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirsin;
Dasturga koʻra belgilangan har bir yubiley sanalarni nishonlash yuzasidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini nazorat qilsin;
Dasturga koʻra tadbirlarni zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda yuqori badiiy saviyada oʻtkazish ishlarini amalga oshirsin;
zarur hollarda, Dasturga koʻra tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlar qabul qilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Kinematografiya agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni milliy qadriyatlarga mos ravishda, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda oʻtkazish choralarini koʻrsin.
4. Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻtkazishga masʼul etib belgilangan vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu tadbirlarni yuqori tashkiliy va badiiy saviyada oʻtkazishga shaxsan masʼul etib belgilansin.
5. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tegishli vazirlik va idoralarning har yilgi tadbirlar uchun ajratilgan mablagʻlar, metsenatlik koʻmagi, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-aprel,
223-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 223-son karoriga 1-ILOVA
Atoqli olimlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini nishonlash hamda ular faoliyatini keng targʻib etish
DASTURI
T/r Tadbirlar komi Oʻtkaziladigan sanasi Moliyalashtirish manbasi Masʼul ijrochilar 1. Taniqli baxshi Fozil Yoʻldosh oʻgʻli tavalludining 150 yilligi 2022-yil may Madaniyat vazirligining xar yilgi madaniy tadbirlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Samarkand viloyati hokimligi (E. Turdimov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 2. Taniqli baxshi Qodir Raximov tavalludining 85 yilligi 2022-yil may Madaniyat vazirligining har yilgi madaniy tadbirlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qashqadaryo viloyati (M. Azimov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 3. Akademik Botir Valixujayev tavalludining 90 yilligi 2022-yil may Fanlar akademiyasi mablagʻlari Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 4. Oʻzbekiston xalq artisti Turgʻun Alimatov tavalludining 100 yilligi 2022-yil may Madaniyat vazirligining xar yilgi madaniy tadbirlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi Nazarbekov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar 5. Oʻzbekiston xalq artisti Berta Davidova tavalludining 100 yilligi 2022-yil may Madaniyat vazirligining har yilgi madaniy tadbirlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar 6. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muxammad Ali tavalludining 80 yilligi 2022-yil may Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 7. Atoqli adabiyotshunos olima, Oʻzbekiston Qahramoni Suyuma Ganiyeva tavalludining 90 yilligi 2022-yil may Fanlar akademiyasi mablagʻlari Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 8. Tarix fanlari doktori, akademik Edvard Rtveladze tavalludining 80 yilligi 2022-yil may Fanlar akademiyasi mablagʻlari Fanlar akademiyasi (B'. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 9 Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov tavalludining 70 yilligi 2022-yil iyun Madaniyat vazirligining xar yilgi madaniy tadbirlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar 10. Taniqli olim„ akademik Habib Abdullayev tavalludining 110 yilligi 2022-yil iyul Fanlar akademiyasi mablagʻlari Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (Q Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 11. Oʻzbekiston. xalq shoiri Mahmud Toir tavalludining 70 yilligi 2022-yil avgust Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 12. Taniqli teatr rejissori Toshxoʻja Xoʻjayev tavalludining 100 yilligi 2022-yil sentabr Madaniyat vazirligining har yilgi madaniy tadbirlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar 13. Oʻzbekiston Qahramoni, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Shavkat Ayupov tavalludining 70 yilligi 2022-yil sentabr Fanlar akademiyasi mablagʻlari Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 14. Taniqli qoraqalpoq adibi, Qoraqalpoq xalq yozuvchisi Sharap Usnatdinov tavalludining 80 yilligi 2022-yil sentabr Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 15. Atoqli olim, tibbiyot fanlari doktori Oʻktam Aripov tavalludining 95 yilligi xamda “Immunologiya va transplantologiyaning zamonaviy muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2022-yil sentabr Sogʻliqni saqlash vazirligi mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar 16. Tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Sulaymon Boqirgʻoniy tavalludining 900 yilligi 2022-yil oktabr Din ishlari qoʻmitasi mablagʻlari Din ishlar qoʻmitasi (S. Toshboyev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 17. Mir Arab madrasasi tashkil topganligining 500 yilligi 2022-yil noyabr Turizm va madaniy meros vazirligi mablagʻlari Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Shaxriyorov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar 18. Filologiya fanlari doktori, akademik Naim Karimov tavalludining 90 yilligi 2022-yil dekabr Fanlar akademiyasi mablagʻlari Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirliklar va idoralar
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 223-son qaroriga 2-ILOVA
Atoqli olimlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
1. A. Abduxakimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, Tashkiliy qoʻmita rahbari 2. O. Nazarbekov — madaniyat vaziri 3. B. Musayev — sogʻliqni saqlash vaziri 4. B. Shaxriyorov — turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari 5. F. Abduxalikov — Kinematografiya agentligi bosh direktori 6. S. Toshboyev — Din ishlar qoʻmitasi raisi 7. B. Yuldashev — Fanlar akademiyasi prezidenti 8. S. Saidov — Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi 9. M. Xodjimatov — Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori 10. A. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori 11. A. Xadjayev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi 12. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 13. A.Nazarmuxamedov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi, Tashkiliy qoʻmita kotibi
Izoh. Tashkiliy koʻmita aʼzolari boshka ishgaoʻtgan takoirda, uning tarkibigaushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklaigai shaxslar kiritiladi.
