586-modda. Sud ajrimi
Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (254-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Sudning ajrimi quyidagi qoidalar boʻyicha tuziladi.
Sud ajrimining kirish qismida:
1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Sud ajrimining tavsif qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 585-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.
Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:
1) sud majlisi bayonnomasini tasdiqlash hamda jinoyat ishini tugatish yoki uni umumiy qoidalar boʻyicha dastlabki tergov yuritish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi;
2) ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi;
3) ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi;
4) zararni qoplash toʻgʻrisidagi.
Sudning ajrimiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin”.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3,38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 61-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish —
