“Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (614-I-son) · Sana: 01.05.1998 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi.
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovida bu qimmatli qogʻoz, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchiga yoxud saqlash uchun notarial idoraga depozitga topshiriladi.
Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatli qogʻozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-59914
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 45-modda. Qimmatli qogʻozlar garovi “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (614-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-59847/45 (lex.uz/docs/-59914)