32-modda. Garovning bekor boʻlishi
“Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (614-I-son) · Sana: 01.05.1998 · Amalda
Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi:
garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida;
garovga oluvchi ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni qoʻpol ravishda buzgan taqdirda garovga qoʻyuvchining talabi bilan;
garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonun 13-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa;
garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha uni realizatsiya qilish mumkin boʻlmagan taqdirda;
garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan taqdirda;
agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bermagan boʻlsa, garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda;
daʼvo muddati oʻtganligi sababli garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha oʻz talablarini qondirish kreditor uchun mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;
garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugagan taqdirda;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
