17-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
“Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (614-I-son) · Sana: 01.05.1998 · Amalda
Garovga oluvchi talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoʻli bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi qoidalarga rioya qilgan holda garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini qonunchilikka muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazishga haqli.
Garovga oluvchining garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan taʼminlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham oʻsha shaxs foydasiga voz kechilgan boʻlsa, haqiqiy boʻladi.
Agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni ham anglatadi.
