Qarz bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida (533-son)
03.12.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvaytning Arab Iqtisodiy Rivojlanish Fondi oʻrtasida Nukus va Urganch shaharlarining suv taʼminotini takomillashtirish boʻyicha 1997-yil 27-iyunda Toshkent shahrida tuzilgan bitim tasdiqlansin.
2. Bosh vazirning oʻrinbosarlari (B.S. Demidov, R.R. Yunusov), Tashqi ishlar vaziri (A.H. Komilov) Oʻzbekiston Respublikasining mazkur bitimda nazarda tutilgan majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 3-dekabr,
533-son
