Moliya organlarida budjetdan tashqari mablagʻ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning xarajatlari toʻlovini nazorat qilish tartibi haqida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida (1475-son)
21.05.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 21-mayda 1475-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
“Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-sonli qarorining 20-bandiga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda) hamda budjetdan mablagʻ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalar (kontraktlar)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning xarajatlarini toʻlashga budjet mablagʻlarini oʻtkazish ustidan nazorat qilishni tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan Moliya organlarida budjetdan tashqari mablagʻ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning xarajatlari toʻlovini nazorat qilish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-may,
63-son
