Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (135-son)
26.05.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 24-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida” hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlari kuchga kirganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-may,
135-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatida:
20-banddagi “Oliy Majlis kotibiyati” soʻzlari “Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati apparatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Deputatlar, Toshkent shahrida turar joyga ega boʻlmagan Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining Oʻzbekistonga oid qismi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandidagi “Oliy Majlisi deputatlarini” soʻzlari “Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senati aʼzolarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
