Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (134-son)
26.05.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari maktab taʼlimi jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyundagi 263-son va “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshiga “pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlaridan keyin “hamda Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-may,
134-son
