Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (133-son)
26.05.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilishga bozor mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur bandga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar paxta xom ashyosi yetishtirish uchun — 2005-yil hosilidan boshlab, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla yetishtirish uchun — 2006-yil hosilidan boshlab kuchga kiradi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 7-noyabrdagi 383-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-may,
133-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda):
a) 27-bandning toʻrtinchi xatboshiga, 29-bandning uchinchi xatboshiga, 30-bandning uchinchi xatboshiga “qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
b) Nizomga 2-ilovaga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilishda 7 va 8-ustunlar toʻldirilmaydi”.
