Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-224-son)
26.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada qoʻy va echkichilikni yanada rivojlantirish, tarmoq ozuqa bazasini koʻpaytirish, ushbu yoʻnalishdagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, aholi tomonidan chorvachilik xoʻjaliklari va chorva mahsulotlarini qayta ishlovchilar bilan hamkorlikda oʻz xonadonlarida mayda shoxli mollarni boqishni tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022-2023-yillarda respublika hududiga olib kiriladigan qoʻy va echkilar soni boʻyicha prognoz parametrlar 1-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda mayda shoxli mollar uchun ozuqa ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha prognoz parametrlar 2-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda hududlarda goʻsht, jun va sutni qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha prognoz parametrlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarori asosida ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha quyidagi tartib belgilansin:
a) mazkur mablagʻlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha kreditlar sifatida ajratiladi;
b) ushbu kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:
tadbirkorlik subyektlariga xorijdan goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi qoʻy va echkilar xarid qilish uchun — 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
tadbirkorlik subyektlariga ularning ozuqa sexlari (granulyator)ni, goʻsht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha loyihalarini moliyalashtirish uchun — 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yaylovlarda chorva mollarining suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun suv chiqarish (quduqlar burgʻilash yoki mukammal taʼmirlash) va suv inshootiga resurs tejamkor uskunalar oʻrnatish uchun — 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.
3. Moliya vazirligi qoʻy va echki bosh sonini koʻpaytirish hamda aholining bandligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 2022-yil 15-mayga qadar 30 milliard soʻm miqdoridagi kredit resurslarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga tijorat banklariga 10 foiz stavkada ajratsin.
Bunda, mazkur mablagʻlar tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga qoʻy va echki xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarorida belgilangan tartib boʻyicha kredit sifatida ajratiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qaroriga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun ikki ming soʻmdan subsidiyalar ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, mazkur subsidiyalar:
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan beriladi;
xonadonida chorva boquvchi aholiga ular tomonidan junni qayta ishlashga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan barcha zotdagi qoʻy va echkilarning har bir kilogramm juni uchun ajratiladi.
5. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi va uning Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi “Qorakoʻl” hududiy uyushmalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi “Qorakoʻlchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3603-son qaroriga asosan Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi “Qorakoʻl” uyushmalarining AT “Xalq banki” filiallarida ochilgan maxsus hisob raqamlar shaklidagi Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga qoʻshish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, AT “Xalq banki” va Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari “Qorakoʻl” hududiy uyushmalari bir oy muddatda AT “Xalq banki” filiallarida Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmalari bilan bogʻliq pul oʻtkazmalarini Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazib berish choralarini koʻrsin va ushbu mablagʻlar hisobidan kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan tartibda ajratilishiga ruxsat berilsin.
6. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi va Moliya vazirligining ipak qurti urugʻi, tut koʻchatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan subyektlar, qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun koʻzda tutilgan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Soliq va Bojxona kodekslariga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-aprel,
PQ-224-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qaroriga 1-ILOVA
2022-2023-yillarda respublika hududiga olib kiriladigan qoʻy va echkilar soni boʻyicha
PROGNOZ PARAMETRLAR
T/r Hududlar nomi Jami loyihalar (soni) Import qilinadigan mayda shoxli mollar soni (bosh) Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) shundan 2022-yilda 2023-yilda Loyihalar soni Import qilinadigan mayda shoxli mollar soni (bosh) Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) Loyihalar soni Import qilinadigan mayda shoxli mollar soni (bosh) Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) Respublika boʻyicha jami 415 379 724 1029 28232 124 150192 407,5 11050 291 229532 621,5 17182 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 10 17 700 46,9 1 772 6 10 920 27,8 513 4 6780 19,1 1259 2. Andijon viloyati 7 36 000 77,2 5 720 3 17 000 36,1 2 710 4 19000 41,1 3010 3. Buxoro viloyati 7 21 100 42,9 1 100 3 7 000 14,2 300 4 14100 28,7 800 4. Jizzax viloyati 19 22 300 82,3 381 8 6 100 27,2 119 11 16200 55,1 262 5. Qashqadaryo viloyati 19 51 300 114 1 622 9 17 100 36,7 438 10 34200 77,3 1184 6. Navoiy viloyati 227 22 860 53,4 1 198 34 9 372 18,4 401 193 13488 35 797 7. Samarqand viloyati 27 22 417 49,8 1 869 13 8 784 19 489 14 13633 30,8 1380 8. Sirdaryo viloyati 33 36 800 179,2 6 163 13 13 800 62,5 2 155 20 23000 116,7 4008 9. Surxondaryo viloyati 10 57 550 146,8 1 744 5 29 700 76,8 918 5 27850 70 826 10. Toshkent viloyati 26 21 640 66,8 717 17 10 270 31,2 363 9 11370 35,6 354 11. Xorazm viloyati 10 20 000 66,7 1 986 5 10 500 39,1 1 516 5 9500 27,6 470 12. Fargʻona viloyati 4 11 650 31,8 367 1 2 600 6,5 19 3 9050 25,3 348 13. Namangan viloyati 16 38 407 71,2 3 593 7 7 046 12 1 109 9 31361 59,2 2484
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qaroriga 2-ILOVA
2022-2023-yillarda mayda shoxli mollar uchun ozuqa ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha
PROGNOZ PARAMETRLAR
T/r Hududlar nomi Jami loyihalarlar soni Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) shundan 2022-yilda 2023-yilda Loyihalarlar soni Loyihalarning yillik i/ch quvvati (tonna) Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Shundan bank krediti (mlrd soʻm) Talab etiladigan ekin yer maydoni (gektar) Bandlik (nafar) Loyihalarlar soni Loyihalarning yillik i/ch quvvati (tonna) Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Shundan bank krediti (mlrd soʻm) Talab etiladigan ekin yer maydoni (gektar) Bandlik (nafar) Respublika boʻyicha jami 19 137,4 250 9 105 000 56,3 25,8 2 170 130 10 173 000 81,1 28 1 230 120 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2 13,4 40 1 17 000 7,4 6,3 780 20 1 10 000 6 5,2 200 20 2. Andijon viloyati 3. Buxoro viloyati 4. Jizzax viloyati 1 2 18 1 3 000 2 1,7 200 18 5. Qashqadaryo viloyati 3 3 80 1 2 000 1,1 0,8 300 26 2 4 500 1,9 1,5 700 54 6. Navoiy viloyati 7. Samarqand viloyati 1 3,4 19 1 9 000 3,4 2,8 250 19 8. Sirdaryo viloyati 2 2,2 18 1 3 000 1,9 100 8 1 500 0,3 0,3 100 10 9. Surxondaryo viloyati 3 29,4 38 1 30 000 15,4 11,9 50 18 2 28 000 14 9,7 50 20 10. Toshkent viloyati 4 68,8 15 1 35 000 21,2 50 4 3 105 000 47,6 130 11 11. Xorazm viloyati 1 2,8 12 1 4 000 2,8 2,3 400 12 12. Fargʻona viloyati 2 12,4 10 1 2 000 1,1 40 5 1 25 000 11,3 11,3 50 5 13. Namangan viloyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qaroriga 3-ILOVA
2022-2023-yillarda hududlarda goʻsht, jun va sutni qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha
PROGNOZ PARAMETRLAR
T/r Hududlar nomi Jami loyiha (soni) Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) shundan 2022-yilda 2023-yilda Goʻshtni qayta ishlash loyihalari Sutni qayta ishlash loyihalari Junni qayta ishlash loyihalari Goʻshtni qayta ishlash loyihalari Sutni qayta ishlash loyihalari Junni qayta ishlash loyihalari Soni Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) Soni Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) Soni Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) Soni Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) Soni Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) Soni Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Bandlik (nafar) Respublika boʻyicha jami 44 619,3 1 139 4 43 24 15 271,2 199 1 2,6 15 3 38,7 35 21 263,8 866 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2. Andijon viloyati 7 63,5 730 2 13,5 70 1 2,6 15 4 47,4 645 3. Buxoro viloyati 4. Jizzax viloyati 5. Qashqadaryo viloyati 1 0,3 13 1 0,3 13 6. Navoiy viloyati 1 78,1 9 1 78,1 9 7. Samarqand viloyati 1 1 10 1 1 10 8. Sirdaryo viloyati 4 6,6 24 1 1,3 5 3 5,3 19 9. Surxondaryo viloyati 3 13,6 95 1 5,7 30 2 7,9 65 10. Toshkent viloyati 6 26,9 56 3 21,4 31 3 5,5 25 11. Xorazm viloyati 2 6,8 18 1 4,2 10 1 2,6 8 12. Fargʻona viloyati 19 422,5 184 3 41,7 19 6 147,3 39 3 38,7 35 7 194,8 91 13. Namangan viloyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2841-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisidan “va uning oʻrinbosarlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2856-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining raisi muassislar umumiy yigʻilishining qarori bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga koʻra vazirga tenglashtiriladi. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisining oʻrinbosarlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining Jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻni tijorat banklari orqali qorakoʻlchilik subyektlariga 5 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 5 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi) stavkada kredit sifatida ajratish haqidagi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisida “Oʻzbekchorvanasl” agentligi” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarorining 2-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “Turonbank” ATBga” soʻzlari “tijorat banklariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tijorat banklari mazkur bandga asosan ajratiladigan mablagʻlarni “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) aʼzolariga 5 yil muddatgacha, shu jumladan uch yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha kredit sifatida quyidagi maqsadlarga taqdim etilishini taʼminlasin:”;
v) toʻqqizinchi xatboshidagi “Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi “Turonbank” ATB” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tijorat banklari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
