25-modda. Organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi axborotning shaffofligi va ochiqligini taʼminlash
Organik mahsulotlar toʻgʻrisida (O‘RQ-766-son) · Sana: 25.04.2022 · Amalda
Vakolatli davlat organi fuqarolarning hayotiga va sogʻligʻiga tahdid solishi yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan qalbakilashtirilgan organik mahsulotlar chiqarilishining oldini olishga, uning oqibatlarini kamaytirishga yoki uni bartaraf etishga qaratilgan choralar toʻgʻrisida aholini xabardor qiladi.
Organik mahsulotlarni realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga organik jihatdan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan organik mahsulotlarni realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Muvofiqlikni baholash organi vakolatli davlat organiga organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish, shu jumladan ularni qonunchilikda belgilangan tartibda sertifikatlashtirishni amalga oshirish toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
