23-modda. Organik mahsulotlarni tamgʻalash
Organik mahsulotlar toʻgʻrisida (O‘RQ-766-son) · Sana: 25.04.2022 · Amalda
Organik mahsulotlarni tamgʻalash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar organik mahsulotlarning milliy muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqiga ega.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvlar tomonidan organik mahsulotlarni tamgʻalashda:
“organic” (organik), “biologic” (biologik), “ecologic” (ekologik), “natural” (tabiiy) degan soʻzlardan va ularning qisqartmalaridan yoki ushbu soʻzlardan hosil qilingan soʻzlardan alohida tarzda yoxud organik mahsulotlarning nomiga qoʻshib foydalanilishi mumkin;
organik jihatdan muvofiqlik sertifikatini bergan muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestrida nazarda tutilgan roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi.
