20-modda. Organik mahsulotlarning muvofiqligini baholash
Organik mahsulotlar toʻgʻrisida (O‘RQ-766-son) · Sana: 25.04.2022 · Amalda
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlashning muvofiqligini baholashni tashkil etish organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun ixtiyoriydir.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamgʻalash va realizatsiya qilishning muvofiqligini baholash chogʻida inspeksiya nazorati organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.
Organik jihatdan muvofiqlik sertifikati organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamgʻalash va realizatsiya qilishning muvofiqligini baholash natijasidir.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi organik mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomilidan oʻtganidan va organik jihatdan muvofiqlik sertifikatini olganidan keyin organik mahsulotlarning milliy muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Organik mahsulotlarning milliy muvofiqlik belgisining tavsifi, shakli va unga doir texnik talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
