Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (203-son)
20.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini taʼminlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Belgilansinki, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2022-yil 1-iyuldan boshlab, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma berish, bu borada tanlov oʻtkazish va uning shartlariga rioya etish ishlari amalga oshiriladi.
Bunda, ijtimoiy buyurtmalar quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi:
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblardan va bunday shaxslarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, ularni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha faoliyat yurituvchi davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltirish;
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvota belgilangan eng kam sondan ortiq oʻringa ishga qabul qilgan hamda ish oʻrinlarini moslashtirgan ish beruvchilarning mavjud imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish;
nogironligi boʻlgan shaxslarni tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish, ular uchun ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisida axborot va maslahat berish hamda ularning huquqiy ongini oshirish.
4. 2022-yilda imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish milliy dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng yoritilishini va aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-aprel,
203-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yil davomida imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish MILLIY DASTURI
nafar T/r Hudud nomi 2022-yilda bandligiga koʻmaklashiladigan imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar soni shundan, quyidagilar hisobiga: tashkilotlardagi mavjud boʻsh hamda zaxiralangan ish oʻrinlariga ishga joylashishga koʻmaklashish kasb-hunarga hamda tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlikka oʻqitish haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berish orqali ishga joylashishga koʻmaklashish Respublika boʻyicha 12146 3759 2993 3010 2384 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 671 195 171 164 141 2. Andijon viloyati 1692 512 428 411 341 3. Buxoro viloyati 1080 349 345 127 259 4. Jizzax viloyati 813 154 150 398 111 5. Qashqadaryo viloyati 1062 306 310 191 255 6. Navoiy viloyati 587 168 141 166 112 7. Namangan viloyati 832 259 163 285 125 8. Samarqand viloyati 866 321 176 213 156 9. Sirdaryo viloyati 210 75 43 45 47 10. Surxondaryo viloyati 1257 316 345 342 254 11. Toshkent viloyati 789 268 168 213 140 12. Fargʻona viloyati 967 382 225 175 185 13. Xorazm viloyati 682 196 181 161 144 14. Toshkent shahri 638 258 147 119 114
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-banddagi uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Quyidagi mazmundagi 41-band qoʻshilsin:
“41. Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda jamoatchilik kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan har yili oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari xarajatlari smetasida bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori nazarda tutiladi”.
3. 2 va 3-boblar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. 23-banddagi, 25-bandning birinchi xatboshidagi va 1-ilovaning “Tadbirlar” ustunidagi “jamoatchilik kengashiga” soʻzlari “tegishli davlat boshqaruvi organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“35. Davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosini nazorat qilish boʻyicha tuziladigan maxsus komissiya aʼzolarining teng yarmi jamoatchilik kengashi tarkibidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat boʻlishi lozim”.
