68-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kimoshdi savdosida sotish
Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Garov toʻgʻrisidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida kimoshdi savdosi qilib sotishni belgilab qoʻyishga haqlidir.
2. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kimoshdi savdosi tarzida sotish tartiboti kimoshdi savdosi qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, ana shu davlat huquqi bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulk respublikadan tashqarida kimoshdi savdosida sotilsa, bunda dastavval Oʻzbekiston Respublikasining boj toʻgʻrisidagi qonunlarida koʻzda tutilgan talablar bajarilmogʻi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
736-XII-son
