54-modda. Garov toʻgʻrisidagi roʻyxatga olish yozuvining mazmuni
Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Garov toʻgʻrisidagi roʻyxatga olish yozuvi:
a) garovga qoʻyuvchining (garovga qoʻyuvchilarning) va garovga oluvchining (garovga oluvchilarning) nomi va manzilini;
b) garov toʻgʻrisidagi shartnomaning imzolanishi va amalga kirishi yoxud qonundan kelib chiquvchi garov yuzaga kelishi sanasini;
v) garov bilan taʼminlangan majburiyat miqdorini;
g) garov narsasining qisqacha tavsifi;
d) garovga qoʻyuvchining garov narsasiga boʻlgan huquqlari xususiyatini oʻz ichiga olishi lozim.
Agar garov narsasi kelgusida garovga qoʻyuvchi tomonidan sotib olinishi lozim boʻlsa, unda uni sotib olish mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
