39-modda. Ipoteka garovi qoʻyuvchisining majburiyatlari
Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Agar shartnomada yoki qonunda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, ipoteka garovi qoʻyuvchisi:
a) asosli va joriy taʼmirlashni amalga oshirishni qoʻshgan holda ipoteka narsasining saqlanishi uchun zarur choralarni koʻrishi;
b) ipoteka narsasini sugʻurta qildirishi;
v) ipoteka narsasi nobud boʻlgan taqdirda, qiymati nobud boʻlgan narsa qiymatiga teng koʻchmas mulk berishi yoki muddat kelishidan qatʼi nazar, majburiyatni toʻliq hajmda yoxud uning tegishli qismini bajarishi;
g) ipoteka narsasini ijaraga berganlik toʻgʻrisida garovga oluvchini xabardor qilishi shart.
