30-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi
Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Korxonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 4-moddasida uqtirib oʻtilgan boshqa mol-mulk garovga qoʻyilgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi boʻlishi mumkin.
2. Boʻlaklarga ajraladigan samara, agar u ajralish chogʻidan boshlab uchinchi shaxs huquqlari obyektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan garov narsasi boʻlishi mumkin.
3. Garovga qoʻyuvchi tomonidan uchinchi shaxsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qoʻyilgan mol-mulk garovi uni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov hisoblanadi.
