26-modda. Zakalat qoʻyilganda garovga oluvchining majburiyatlari
Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Agar shartnomada yoki qonunda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi:
a) zakalat narsasini yoki shartnomada nazarda tutilgan narsasini saqlab qolish uchun zarur choralarni koʻrishi;
b) shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab garovga qoʻyilgan ashyodan daromad chiqarib olishi;
v) garov narsasining nobud boʻlishi yoki shikastlanishi xavfi paydo boʻlganida zudlik bilan garovga qoʻyuvchiga xabar qilishi;
g) qarzdor yoki uchinchi shaxs majburiyatni bajarganidan keyin garov narsasini darhol qaytarib berishi;
d) ashyoga – garov narsasiga egalik qilish bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarni garovga qoʻyuvchi hisobidan toʻlashi shart.
