22-modda. Garov huquqini toʻxtatish
Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
Garov huquqi:
a) garov bilan taʼminlangan majburiyat ijro etilganda;
b) garovga qoʻyilgan mol-mulk nobud boʻlganda;
v) garov narsasiga boʻlgan huquq garovga oluvchiga oʻtganida;
g) garovga qoʻyilgan mol-mulk majburan sotilganda;
d) daʼvo muddati oʻtib ketganligi oqibatida garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha kreditorning oʻz talablari qanoatlantirilishi mumkin boʻlmaganda;
e) garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugaganda;
j) Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda toʻxtatiladi.
