Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Agar garov shartnomasida oʻzga qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, takroriy va keyingi garovlarga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda avvalgi garovga oluvchining (avvalgi garovga oluvchilarning) garovi oʻz kuchini saqlab qoladi.
2. Garov huquqi keyinroq vujudga keladigan garovga oluvchining talabi avvalgi garovga oluvchining talablari toʻliq bajo etilgandan keyin qondiriladi.
3. Garovga qoʻyuvchi har bir garovga oluvchiga barcha avvalgi va keyingi garovlari haqida, shuningdek bu garovlar bilan taʼminlangan majburiyatlarning xususiyati va miqdori haqida maʼlum qilishi shart. Garovga qoʻyuvchi garovga oluvchilardan har birida u bu majburiyatni bajarmasligi oqibatida paydo boʻladigan zararni qoplashi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-59746
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 14-modda. Navbatdagi garov Garov toʻgʻrisida (736-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-59750/14 (lex.uz/docs/-59746)