1-modda. Garov tushunchasi
Garov toʻgʻrisida (736-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Garov majburiyatlar bajarilishini taʼminlash usullaridan biri hisoblanadi.
2. Garov tufayli kreditor (garovga oluvchi) qarzdor majburiyatlarni bajarmagan taqdirda garovga qoʻyuvchi garovga qoʻygan mol-mulk qiymatidan taʼminlanish huquqiga egadir.
3. Qonun boʻyicha haqiqiy boʻlgan har qanday majburiyatning: zayom, (bank beradigan qarz), ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) oʻrtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan taʼminlanishi mumkin.
