30-modda. Ichki audit xizmati
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-765-son) · Sana: 20.04.2022 · Amalda
Aktivlarining balans qiymati oʻn milliard soʻmdan ortiq boʻlgan mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari, aktivlarining balans qiymati besh milliard soʻmdan ortiq boʻlgan lombardlar, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari ichki audit xizmatini tashkil etishi shart.
Nobank kredit tashkilotining ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotining kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsi, shuningdek filiallari tomonidan qonunchilikka, taʼsis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga, moliya-xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida maʼlumotlar toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish hamda monitoring qilish orqali ushbu organ yoki shaxs, shuningdek filiallar ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
