11-modda. Mikromoliya tashkilotining faoliyatini toʻlov tashkilotlari tomonidan amalga oshirish
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-765-son) · Sana: 20.04.2022 · Amalda
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini toʻlov tashkilotlari ham toʻlov tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob roʻyxatidan (bundan buyon matnda hisob roʻyxati deb yuritiladi) oʻtganidan keyin amalga oshirishga haqli.
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlariga ushbu Qonunda mikromoliya tashkilotlari uchun quyidagilarga nisbatan nazarda tutilgan talablar qoʻllaniladi:
ularni tashkil etishga, shuningdek filiallarni ochishga;
ishtirokchilar (aksiyadorlar) tarkibini oʻzgartirishga;
hisob roʻyxatidan oʻtish tartib-taomillariga;
faoliyatni amalga oshirishga;
nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshirishga, shu jumladan prudensial normativlarga rioya etishga;
mikromoliya tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilishga.
Ushbu Qonunda nobank kredit tashkilotlarining firma nomiga nisbatan belgilangan talablar, nobank kredit tashkilotlarining rahbar xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari, shuningdek ushbu Qonun 20-moddasining birinchi qismida hisob roʻyxatidan oʻtish uchun hujjatlarni taqdim etishga belgilangan muddat mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkiloti ijro etuvchi organining aʼzolaridan biri ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan, mikromoliya tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga nisbatan qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari oʻzida mavjud boʻlgan kredit axborotini kredit byurolariga va Kredit axborotining davlat reyestriga kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq taqdim etishi shart.
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotidan toʻlov tashkilotining faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi chaqirib olinganligi uning mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan chiqarilishi uchun asos boʻladi, bundan uning mikromoliya tashkiloti sifatida qayta roʻyxatdan oʻtishi hollari mustasno. Toʻlov tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan mikromoliya tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur tashkilot:
