Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (196-son)
19.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-145-son qarori ijrosini taʼminlash hamda suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini toʻlaqonli yuritish, suv isteʼmolchilari oʻrtasidagi suv munosabatlarini takomillashtirish, ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. Quyidagilar:
Davlat suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga oladigan klasterlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektor boshqaruviga beriladigan davlat suv xoʻjaligi obyektlarining tumanlar kesimidagi asosiy koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga 2-ilovaga muvofiq klasterlar, bitta suv isteʼmolchisiga xizmat koʻrsatayotgan, shuningdek, 3-ilovaga muvofiq suv xoʻjaligi obyektlari berilayotgan xususiy sektor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan davlat sherigi qaroriga muvofiq bitim tuzishga ruxsat berilsin.
7. Davlat suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sherikka berish hamda xususiy sherikning investitsiya salohiyatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda — DXSH boʻyicha ishchi guruh) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
DXSH boʻyicha ishchi guruh 2 va 3-ilovalarga muvofiq davlat suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish uchun xususiy sektorni keng jalb qilishga masʼul ekanligi belgilansin hamda ushbu suv xoʻjaligi obyektlarini 2023-yil 1-aprelga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berishni tashkil qilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻzsuvloyiha” AJ hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash boʻyicha namunaviy ishchi chizmalarni ishlab chiqsin hamda joylarga yetkazsin;
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda xususiy sherikka berilgan obyektlarda monitoring yurituvchi masʼul xodimlar uchun davlat-xususiy sheriklik shartlarining asosiy mezonlarini monitoring qilish tartibi yuzasidan treninglar (oʻquv mashgʻulotlari) tashkil etsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari:
a) uch oy muddatda quyi boʻgʻindagi barcha sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini xatlovdan oʻtkazsin. Xatlov natijalariga asosan:
qishloq xoʻjaligi yer uchastkalari mavjud boʻlgan klasterlarga — ularga tegishli maydonlardagi barcha xoʻjaliklararo va ichki sugʻorish hamda kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini ichki suv xoʻjaligi xizmatini tashkil qilish, ulardan maqsadli foydalanish, taʼmirlash-tiklash va rekonstruksiya qilish uchun;
suv isteʼmolchilariga — ularga bevosita xizmat koʻrsatuvchi ichki sugʻorish hamda kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini ulardan maqsadli foydalanish, shuningdek, taʼmirlash-tiklash uchun dalolatnomalar asosida xoʻjaliklarga berilishini tashkil qilsin;
b) klasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarining bosh suv olish joylarini namunaviy ishchi chizmalar asosida suvni boshqarish va hisobga olish vositalarini ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqish va qurish, ularni foydalanishga qabul qilish, suvni hisobi va hisobotini yuritish hamda moliyalashtirish tartibi yuzasidan har bir viloyatda jadval boʻyicha koʻrgazmali amaliy seminarlar oʻtkazsin;
v) mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan klasterlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarining bosh suv olish joylarida suvni hisobga olish va hisobotini yuritishni raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirish boʻyicha 2022-2023-yillarda namunaviy uchastkalarni tashkil qilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
suv xoʻjaligi obyektlarini boshqaruviga oladigan subyektlarga nisbatan tatbiq etiladigan soliq imtiyozlari yuzasidan takliflarni;
suv isteʼmolchilari tomonidan shartnoma asosida suv xoʻjaligining maxsus xizmatiga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni suvdan foydalanganlik uchun soliq hisobidan qoplash va uni joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-aprel,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 196-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga oladigan klasterlar
ROʻYXATI
T/r Tumanlar nomi Klasterlar nomi Klaster hisobidagi yer maydoni, ga klasterlar boshqaruviga oʻtkaziladigan suv xoʻjaligi obyektlari kanallar kollektorlar nasos stansiyalari soni, ta sugʻorish quduqlari soni, ta soni, ta uzunligi, km soni, ta uzunligi, km Jami respublika boʻyicha 290 311 194 1 641 1 007 3 402 104 229 Andijon viloyati 1. Jalaquduq “Ishonch zamin klaster” MCNJ 902 1 2,0 2. Marhamat “Marhamat tekstil agro” MCHJ 2 533 1 3,5 3. Ulugʻnor “Bunyodkor magistral” MCHJ 2 168 1 2,8 Jami 5 603 1 3,5 2,0 4,8 Buxoro viloyati 4. Peshku “Buxoro Agro cluster” MCHJ 8 657 10 139,3 77 234,4 3 24 Jami 8 657 10 139,3 77 234,4 3 24 Qashqadaryo viloyati 5. Gʻuzor “Kitob ip yigiruv” AJ 576 5 44,1 6 6. “Canadian Soy Integrated Pro” MCHJ 2 151 1 2,0 7. Qarshi “Qarshi Agroklaster” MCHJ 423 1 6,2 8. “Qarshi Xilal klaster” MCHJ 93 1 16,4 9. Kasbi “Indorama agro” MCHJ 12 014 2 16,6 15 50 10. Mirishkor “Mirishkor textiles group kluster” MCHJ 3 125 2 23,9 11. Nishon “Indorama agro” MCHJ 252 4 24,8 227 163 12. Chiroqchi “Chiroqchi gʻalla klaster” MCHJ 305 1 18,6 1 13. Shahrisabz “Oqsaroy klaster” MCHJ 1 262 8 64,4 13 14. Yakkabogʻ “Yakkabogʻ Boshoqlari Agro” MCHJ 78 4 75,2 1 Jami 20 279 29 292,2 242 212,6 1 Namangan viloyati 15. Mingbuloq “Art Soft Nolding” MCHJ 4098 16 18,2 16. Pop “Art Soft Nolding” MCHJ 23579 25 144 17 104,5 25 17. Toʻraqoʻrgʻon “Namangan Toʻqimachi” MCHJ 705 1 1,2 18. Chust “Namangan Toʻqimachi” MCHJ 1271 5 11,5 Jami 29 653 25 144,0 39 135,4 25 Samarqand viloyati 19. Bulungʻur “Samarqand Garden Plast” MCHJ 1 314 1 0,3 20. Ishtixon “Marokand Sifat Tekstil” MCHJ 2 438 25 14,9 5 21. Kattaqoʻrgʻon “Amina gold invest” MCHJ 6 367 2 3,2 1 5,0 1 22. “Aminagold klaster” MCHJ 4 338 4 15,0 2 23. “Fayz bashirbek yuksalish” MCHJ 100 2 5,0 24. Oqdaryo “Prestij don” MCHJ 3 500 1 25. Paxtachi “Paxtachi klaster” MCHJ 15 20,0 26. Payariq “Samarqand Sotton klaster” MCHJ 21 38,0 27. Pastdargʻom “Samarqand kamalak tekstil” MCHJ 2 463 40 70,0 28. Toyloq “Bogʻizagʻon” MCHJ 3 260 5 2,0 Jami 23 780 2 3 114 170,2 2 7 Surxondaryo viloyati 29. Angor “Zamin Angor klaster” MCHJ 9 213 6 58,8 16 107,7 30. Bandixon “Bandixon tekstil klaster” MCHJ 354 1 31. Jarqoʻrgʻon “Termiz Jayxun klaster” MCHJ 6 480 2 13,0 2 13,9 32. Qiziriq “Surxon Kotton tekstil” MCHJ 22 402 2 53,4 13 125,0 4 33. Qumqoʻrgʻon “Termiz Jayxun klaster” MCHJ 494 1 10,0 34. “Bek agro klaster” MCHJ 372 1 18,0 35. Muzrabot “Muzrabot RES” MCHJ 365 2 34,0 4 36. “Muzrabot Indenim” MCHJ 8 700 17 164,8 37. “Surxon Boshoqli don” MCHJ 11 200 3 38. Oltinsoy “Denov tekstil klaster” MCHJ 84 7 65,9 39. Termiz “Termiz Klaster” Agrofirmasi 473 1 2,0 40. Sherobod “Surxondaryo Agroxizmat” MCHJ 329 4 38,7 41. “Barakali Dunyo-M eksport” MCHJ 226 9 41,0 42. “Surxon-Sherobod klaster” MCHJ 55 4 26,8 43. Shoʻrchi “Shoʻrchi indenim klaster” MCHJ 586 1 14,0 5 Jami 61 332 14 187,2 74 599,8 17 Sirdaryo viloyati 44. Mirzaobod “Bek Cluster” MCHJ 11 148 73 397,6 1 45. Oqoltin “Apk Okoltin” UK 4 077 8 85,0 46. “Indorama Agro” MCHJ 11 558 7 62,9 47. Sardoba “Indorama Agro” MCHJ 12 600 11 92,7 1 48. Sardoba universal claster MCHJ 800 2 8,4 49. Sirdaryo “Guliston agro grup” MCHJ 240 2 6,0 1 Jami 40 423 103 652,6 3 Toshkent viloyati 50. Bekobod “ARK Bekobod” MCHJ 6 306 6 108,0 13 170,0 14 51. Boʻka “ARK Boʻka” MCHJ 4 500 3 56,0 7 35,1 3 52. Chinoz “ARK Chinoz” MCHJ 4 250 4 58,2 6 112,0 5 53. “Chinoz Oltindon” MCHJ 5 800 20 73,0 16 116,0 54. Quyichirchiq “TST Agro cluster” MCHJ 40 071 23 160,8 39 234,0 55. Oqqoʻrgʻon “ABC Oqqorgon Agro Classter” MCHJ 9 241 11 42,0 9 55,0 56. Oʻrtachirchiq “Real Agro Cotton” MCHJ 1 514 5 43,3 3 25,0 1 Jami 71 681 72 541,3 93,0 747,1 23 Fargʻona viloyati 57. Bagʻdod “Ferghana Spinning” MCHJ 57 1 1,5 1 2,0 58. Dangara “Musavartex” MCHJ 377 1 59. Oltiariq “Xamza Ekspo Art Tekstil” XK 277 2 2,4 1 2 60. Qoʻshtepa “Global Textile Solutions” MCHJ 1 219 2 5,9 71 105,0 2 3 61. Rishton “Zamin gold invest 2020” MCHJ 28 1 0,2 62. “Rusoʻzbekteks” MCHJ 177 1 0,4 3 63. Toshloq “Yexro Kollor Print Teks” MCHJ 53 2 2,8 64. Oʻzbekiston “Bulut textile” MCHJ 350 10 65. Uchkoʻprik “Uchkoʻprik” MCHJ 32 1 0,4 66. Fargʻona “Fergana Oseana” MCHJ 6 695 4 11,9 8 154 67. Furqat “Istiqbolli Gʻalla Eksport” MCHJ 6 630 4 27,5 138 306,0 29 Jami 15 895 16 50,2 212 415,8 15 198 Xorazm viloyati 68. Bogʻot “Kobotex” MCHJ 4 000 2 22,6 12 84,0 69. Gurlan “Gurlan Global Teks” MCHJ 560 1 35,2 7 12,1 1 70. Qoʻshkoʻpir “WBM Qoʻshkoʻpir kaster” MCHJ 1 177 2 74,3 2 8,3 3 71. Urganch “Urganch Xalq Nurafshoni” MCHJ 2 495 5 24,7 5 41,2 72. Xazorasp “Xazorasp teks” MCHJ 912 3 25,5 9 25,1 5 73. Xonqa “Xorazm Tex” MCHJ 1 116 1 8,0 2 5,0 74. “Xonqa chorva nasl” MCHJ 218 1 4,0 75. Xiva “Khiva Cluster” MCHJ 1 020 2 10,1 5 17,7 3 76. Yangiariq “Yangiariq Tex” MCHJ 1 102 5 43,2 6 27,5 3 77. Yangibozor “Yangibozor textile Agro Kluster” MCHJ 167 1 12,0 2 3,2 78. Tuproqqalʼa “Tuproqqalʼa textile” MCHJ 240 2 20,6 1 5,0 Jami 13 007 25 280,2 51 229,1 15
Izoh. Klasterlar roʻyxati va klasterlar boshqaruviga beriladigan suv xoʻjaligi obyektlariga oʻrganish va xatlov jarayonida aniqlik kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 196-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektor boshqaruviga beriladigan davlat suv xoʻjaligi obyektlarining tumanlar kesimidagi
ASOSIY KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Sugʻoriladigan maydon, ga Xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladigan suv xoʻjaligi obyektlari kanallar kollektorlar nasos stansiyalari soni, ta sugʻorish quduqlari soni, ta soni, dona uzunligi, km soni, dona uzunligi, km Jami respublika boʻyicha 1 008 309 753 6 204,1 845 4 328,2 315 331 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Toʻrtkoʻl 27 920 16 288,7 3 42,1 2. Beruniy 26 910 22 323,2 5 53,8 3. Ellikqalʼa 27 450 15 248,0 1 32,4 4. Amudaryo 32 030 24 296,6 2 31,2 49 5. Nukus 23 020 8 116,4 7 146,7 5 6. Moʻynoq 3 740 12 271,6 1 36,3 7. Boʻzatov 4 540 4 153,6 3 75,7 Jami 145 610 101 1698,1 22 418,2 54 Andijon viloyati 8. Andijon 20 000 27 249,1 14 56,9 28 8 9. Asaka 16 996 31 103,9 34 71,1 15 3 10. Buloqboshi 12 500 14 66,5 17 78,4 3 11. Xoʻjaobod 11 700 20 121,6 21 68,2 1 Jami 61 196 92 541 86 275 47 11 Buxoro viloyati 12. Buxoro 16 400 10 36,4 4 74,3 Jami 16 400 10 36,4 4 74,3 Jizzax viloyati 13. Baxmal 15 870 5 41,2 3 19,5 14. Gʻallaorol 14 400 6 84,5 14 138,9 15. Zomin 18 600 10 32,9 14 34,1 16. Forish 2 395 5 26,4 2 9,7 17. Yangiobod 3 928 4 Jami 55 193 26 185,0 33 202,2 4 Qashqadaryo viloyati 18. Dehqonobod 2 215 4 19,1 19. Qamashi 23 100 6 34,5 15 65 3 20. Kitob 15 323 22 129,2 13 44,6 6 21. Chiroqchi 19 587 25 124,1 25 80 5 22. Shahrisabz 19 979 7 54,1 16 91 3 23. Yakkabogʻ 39 247 13 78,6 18 101,2 Jami 119 450 77 440 87 382 17 Navoiy viloyati 24. Xatirchi 16 700 20 202,1 6 59,4 1 Jami 16 700 20 202,1 6 59,4 1 Namangan viloyati 25. Kosonsoy 17 963 30 172,3 8 56,4 4 26. Toʻrakoʻrgʻon 12 264 16 100,2 6 35,1 1 27. Chortoq 13 432 25 170,4 2 23,4 28. Yangiqoʻrgʻon 9 527 26 283,6 13 107,8 5 10 Jami 53 186 97 726,5 29 222,7 10 10 Samarqand viloyati 29. Bulungʻur 29 859 4 50,1 34 110,2 2 36 30. Jomboy 31 600 8 66,4 21 78,1 37 31. Samarqand 17 769 9 42,6 19 80,9 7 2 32. Tayloq 16 284 7 32,6 46 102,8 55 33. Urgut 30 447 6 82,2 2 18,1 24 18 34. Qoʻshrobod 5 745 15 Jami 131 704 34 273,9 122 390,1 33,0 163,0 Surxondaryo viloyati 35. Angor 21 120 8 75,0 16 107,7 3 36. Boysun 2 938 5 45,4 37. Denov 30 281 12 144,0 13 86,4 3 15 38. Oltinsoy 19 923 3 39,0 7 65,9 4 39. Sariosiyo 13 700 6 70,0 1 5,0 4 22 40. Termiz 11 927 8 70,1 11 77,3 3 Jami 99 889 42 443,5 48 342,3 17 37 Toshkent viloyati 41. Boʻstonliq 12 849 22 140,0 14 34,6 14 42. Zangiota 10 637 19 87,2 42 153,0 4 43. Ohangaron 32 374 13 90,0 49 191,6 10 44. Parkent 13 805 8 48,6 17 52,1 8 45. Toshkent 10 221 15 83,7 43 171,5 4 46. Qibray 13 408 40 309,5 36 150,2 3 47. Yangiyoʻl 18 788 31 170,4 52 204,6 39 2 Jami 112 082 148 929,4 253 957,6 82 2 Fargʻona viloyati 48. Quvasoy sh 13 744 13 55,0 6 23,5 1 60 49. Fargʻona sh 3 216 17 50. Oltiariq 25 900 8 46,7 8 34,1 1 6 51. Rishton 24 000 15 65,4 12 65,3 1 4 52. Soʻx 4 638 11 57,0 53. Oʻzbekiston 25 400 8 36,4 5 33,5 3 54. Fargʻona 29 700 6 45,0 3 25,1 1 Jami 126 598 61 305,5 34 181,5 3 91 Xorazm viloyati 55. Bogʻot 22 000 10 140,0 20 175,2 17 56. Urganch 28 600 16 110,8 43 316,6 29 57. Xiva 19 700 19 172,3 58 331,1 18 Jami 70 300 45 423,1 121 822,9 64
Izoh. Tumanlar roʻyxati hamda xususiy sektor boshqaruviga beriladigan suv xoʻjaligi obyektlariga oʻrganish va xatlov jarayonida aniqlik kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 196-son qaroriga 4-ILOVA
Davlat suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sherikka berish hamda xususiy sherikning investitsiya salohiyatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
1. Gʻaniyev Sh. — Bosh vazir oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari 2. Xamrayev Sh. — Suv xoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. Mirzayev A. — Suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari 4. Isakov O. — Moliya vazirining oʻrinbosari 5. Mirzayev T. — Moliya vazirligi departament boshligʻi 6. Karimov A. — Adliya vazirining oʻrinbosari 7. Usmonov B. — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining oʻrinbosari 8. Bozorov Z. — Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori v.v.b 9. Duvlanov A. — Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi boʻlim boshligʻi 10. lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri va viloyat hokimliklari moliya boshqarmalari boshliqlari 11. lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari 12. Djurayev I. — Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi — Ishchi guruh kotibi
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
