Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3362-son)
08.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3362]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 234-son “Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-mart,
10-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-mart,
14qq-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-mart,
8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 28-martdagi 10-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 19-martdagi 14qq-son va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 28-martdagi 8-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” boʻlimida:
a) 1-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 30-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 30. Kukenov Sherifbay 1950-y. ”.
2. “Jizzax viloyati” boʻlimida:
a) 1 va 3-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 14-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 14. Azizov Amin Xakimovich 1959-y. ”.
3. “Samarqand viloyati” boʻlimidan 15, 27, 36, 55, 57, 58, 65 va 85-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
4. “Surxondaryo viloyati” boʻlimi quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 11. Kurbanov Abdulla 1946-y. ”.
5. “Toshkent viloyati” boʻlimidan 55, 78 va 87-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
6. “Fargʻona viloyati” boʻlimidan 4-pozitsiya chiqarib tashlansin.
7. “Xorazm viloyati” boʻlimidan 2-pozitsiya chiqarib tashlansin.
8. “Toshkent sh.” boʻlimidan 56-pozitsiya chiqarib tashlansin.
9. Izohdagi “282” raqami “268” raqami bilan almashtirilsin.
